Namangan shahrida 1-avgust kuni Matiz va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, soat taxminan 14:50 da Namangan shahri Amir Temur va Hamroh ko‘chalari kesishmasida Matiz hamda Gentra avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida har ikkala avtomashina texnik shikastlangan, jarohat olganlar yo‘q.
“Hurmatli harakat ishtirokchilari, yo‘llarda belgilangan tartib-qoidalarga amal qiling!” — deyiladi munosabatda.
Izoh (0)