Niderlandiya aholisi yonilg‘i narxining yuqoriligi sabab, shuningdek, gaz tanqisligi yuz bergan taqdirda foydalanish uchun o‘tin g‘amlamoqda, deb yozadi Volkskrant gazetasi.
Mamlakatda 2021-yilning yozidan buyon narxlar keskin ko‘tarilayotgani ortidan o‘tin yoqiladigan kamin va pechkalar savdosi deyarli uchdan birga oshgan.
Gazeta qayd etishicha, o‘tin yordamida isituvchi qurilmalarga talab shunchalik yuqori bo‘lganidan ular yetishmayapti.
Iyun oyining oxirida Niderlandiya hukumati Germaniya singari uylarni issiqlik bilan ta’minlashda ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarining quvvatini oshirishga va gazdan foydalanishni kamaytirishga qaror qildi. Hukumat, shuningdek, sanoat va fuqarolarni yonilg‘ini tejashga chaqirdi.
Yevropa Rossiyaning gaz eksportini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligidan xavotirda. Vaziyat “Shimoliy oqim” quvuri orqali yuboriladigan yonilg‘i hajmi kamayganidan keyin keskinlashdi.
Izoh (0)