O‘zbekistonda eng ko‘p ayollarni ish bilan ta’minlagan korxonalar ma’lum bo‘ldi.
Bu borada birinchi o‘rinni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati egalladi. Kompaniyada 6,5 mingga yaqin ayol faoliyat olib boradi.
Ikkinchi o‘rinda Navoiy kon-metallurgiya kombinati qayd etilgan — 5,5 mingdan ortiq ayol ishlaydi.
Kuchli uchlikni “O‘zbektelekom” yopib berdi. Kompaniyada 4,3 ming ayol ish bilan ta’minlangan.
Shuningdek, “Uztex group” va “O‘zbekiston pochtasi” kompaniyalarining har birida 3,7 mingdan ziyod ayol faoliyat olib boradi.
Ma’lum bo‘lishicha, iqtisodiyot tarmoqlarida 3 mln nafardan ortiq xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.
Ulardan:
- 2,18 mln nafari — kompaniya xodimlari;
- 889 ming nafari — o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
- 151,2 ming nafari — yakka tartibdagi tadbirkor.
Ish bilan band bo‘lgan ayollarning aksariyati ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va sanoat sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)