O‘zbekistondan Novosibirsk shahriga ishlash maqsadida borgan 2 nafar o‘zbekistonliklarga “Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatlar tayyorlab beraman”, deb pasportlari olib qo‘yilib, qaytarib berilmaydi.
Mazkur murojaat o‘rganilib, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakilligi xodimlari va hududdagi huquq-tartibot idoralari vakillari yordamida olib berildi.
Pasportlarni olib qo‘yilgan “o‘rtakash”lar Rossiyaning tegishli qonunchiligi bo‘yicha javobgarlikka tortilishi tushuntirildi.
Izoh (0)