• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jaziramada tirikchiligini davom ettirayotgan o‘zbekistonliklar (foto va video)

    Mamlakatda davom etayotgan jazirama o‘zbekistonliklarning mehnat qilib daromad topishiga, tirikchilik qilishiga xalal bermayapti. Bu haqda “Daryo” muxbirlari xabar berdi.

    “Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyevning xabar berishicha, bugun tush paytida Namanganda 41 daraja issiq bo‘lgan. Shunga qaramasdan namanganlik novvoylar issiq tandir oldida mazali va to‘yimli non pishirishda davom etgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Namanganlik novvoylar yozning hozirgidek jazirama kunlarida ham bir zum tin olayotgani yo‘q, qo‘li qo‘liga tegmaydi. Tashqaridagi harorat 41 daraja bo‘lsa-da, tandir ichidagi harorat undan ikki baravar ortiq bo‘lsa borki, aslo kam emas.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Biz suhbatlashgan novvoylar “bunday jaziramada tandir ichiga kirish u yoqda tursin, ko‘chada yurish ham amrimahol bo‘lib qoldi, bunga qanday chidayapsizlar?” degan savolga javoban “savobli kasbning etagini tutganmiz, dasturxonga non ushatganda bizni duo bilan eslashsa, bas” deyishdi jilmayib.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ma’lumot uchun, novvoylar qaynoq tandirga kamida ikki marotaba — nonni yopishtirayotganda va tayyor bo‘lganidan so‘ng uzib olish uchun kirib-chiqadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Daryo”ning Buxoro viloyatidagi muxbiri Laylo Hayitova ham tirikchilik sababli jazirama oftob tig‘ida qo‘lbola soyabonlardan foydalanib, savdo qilayotganlar bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kun tig‘ida vagon-do‘kon ichida harorat juda baland bo‘ladi, issiqligini ko‘rib turibsiz. Bu mahsulotlarning sifatsiz bo‘lishiga olib keladi. Shu bois ozgina bo‘lsa-da, ko‘chadan shamol istab, vagon tashqarisiga mahsulotlarni chiqarib qo‘yamiz. Bu issiqda odamlarning jon saqlashi qiyin bo‘lyapti. Lekin tirikchilik vaji bilan jazirama issiqqa qaramay, ishlayapmiz. Oila boqish, ro‘zg‘or tebratish kerak”, — deydi Kamoliddin G‘iyosov.

    Jaziramada quyosh tig‘ida mehnat qilayotgan Obodonlashtirish bo‘limi xodimi issiq va suvsizlik sabab mehnati samarasiz bo‘layotganini aytmoqda.

    “Shu gullar har ikki kunning birida sug‘oriladi, ammo foydasiz. Bir tomondan haroratning keskin ko‘tarilgani, ikkinchi tomondan Buxoro tuprog‘ining sho‘rligi mehnatimizni natijasiz qoldirmoqda. Achinamiz, ammo qo‘limizdan hech narsa kelmaydi”, — deydi Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari katta ko‘chadagi gulzorlar haqida gapirar ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    66 yoshli onaxon esa issiq uning tirikchilik qilishiga, ishlashiga xalal bermayotganini ta’kidlamoqda.

    “Yozning issig‘i bor, qishning sovug‘i bor, non yeyish kerakmi, demak, savdo qilib o‘tiraman-da. Majburman. Shunga o‘rganganman. Topganim nonga yetsin, shunga shukr qilaman”, — deydi 66 yoshli onaxon Olima Ahmedova.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayolning aytishicha, u panoh topgan daraxt ham soat 10:00 lardan keyin o‘z soyasini quyosh tig‘iga almashadi. Bunday paytda u ro‘molidan boshiga soyabon sifatida foydalanadi.

    “Nafaqat yo‘l chekkalarida o‘tirib, tirikchilik qilayotganlarga, turli korxona-tashkilotlarda ishchi-xodimlarga ham qiyin. Siz jurnalist bo‘lsangiz, me’yordan ortiq haroratda jon saqlayotgan aholi uchun kompensatsiya to‘lanishi shartligi masalasini olib chiqing. Bu issiq shunchaki, issiqmas, yomon issiq. Havo harorati Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan me’yorlardan judayam oshib ketdi. Unga ko‘ra, kunduzi 32 darajadan, kechki payt 24 darajadan oshmasligi kerak. Anomal issiq harorat payti ko‘chaga chiqmang, ko‘proq salqin joylarda bo‘ling, deyishadi-yu, bunga ishchi-xodimlar uchun na imkon, na sharoit yaratib berishadi”, — deydi peshonasidan oqayotganlar terlarni artgan suhbatdosh.

    “Daryo”ning Andijon viloyatidagi muxbiri Umidjon Mamarasulovning ma’lumot berishicha, bugun Andijonda avvalgi kunlarga qaraganda biroz salqin bo‘lgan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Muxbir Umidjon Mamarasulov jazirama issiqda faoliyat yuritayotgan YPX inspektori faoliyatini kuzatdi va tasvirga oldi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “To‘g‘ri, havo harorati keskin ko‘tarildi. Ammo ishlash, tirikchilikni davom ettirish kerak-ku”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholi vakillaridan biri.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “Daryo” jazirama issiqda tirikchilik qilayotganlar hayotini kuzatishda davom etadi.

    25.07.2022, 22:33   Izoh (0)   35548
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda ikkita yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi

    25.07.2022, 21:56

    Toshkent viloyatida YTH sodir bo‘ldi. Qurbon bor (video)

    25.07.2022, 21:32

    Toshkentda erkak xotini, farzandi, qaynonasi va qaynsinglisini pichoqladi

    25.07.2022, 21:20

    O‘zbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning 1-bosqichi yakunlandi

    25.07.2022, 20:46

    Jizzaxda Nexia haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan qochib ketdi

    25.07.2022, 20:34

    Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan O‘zbekiston fuqarolariga minnatdorlik bildirdi

    25.07.2022, 20:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.