Andijon viloyatida Instagram sahifasida ekstremistik g‘oyalar aks etgan kontent ulashgan talaba qo‘lga olindi.
Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan viloyat hududida ijtimoiy siyosiy va kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash maqsadida tezkor ma’lumot olingan.
Unga asosan, Andijon davlat universiteti 3-bosqich sirtqi bo‘lim talabasi M.O.ga tegishli bo‘lgan Instagram profili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, noma’lum shaxslar tomonidan aytilgan ekstremistik g‘oyalar bilan yo‘g‘irilgan, diniy mazmundagi ma’ruzalarni va nashidalarni joylab kelgani, bundan tashqari, fuqaro M.O.ga tegishli bo‘lgan telefon apparatining ichki xotirasida terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi diniy mazmundagi ma’ruzalarni saqlab kelayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.O.ga nisbatan Andijon shahar IIOFMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 2442-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Izoh (0)