Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazining abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishga mo‘ljallangan sayti uzilishlar bilan ishlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. DTM holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, “my.dtm.uz” sayti oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangandan buyon hech qanday uzilishsiz ishlab kelmoqda. 2022-yil 20-iyundan hozirga qadar saytda hech qanday uzilish va to‘xtalish yuzaga kelmagan. Markaziga bu bo‘yicha hech qanday shikoyat kelib tushmagan.
Avvalroq O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 500 ming nafardan oshgani, abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20 iyulgacha tahrirlashi mumkinligi, DTM mas’uli abituriyentlar duch kelayotgan noqulaylikni izohlab, kirish imtihonlari qayerda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritgani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)