• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Pul

    82 ming so‘mlik nonushta, 32 ming so‘m evaziga Hazar dengizi bo‘ylab sayohat, Shirvanshohlar muzeyiga 97 minglik chipta — O‘zbekistondan Ozarbayjonga hamyonbop sayohat uchun qo‘llanma

    Yoz mavsumida odamlar imkon qadar salqinlanish yo‘llariga oshiqadi. Shaxsiy budjetidan kelib chiqib, basseyn, plyaj, imkoni bo‘lganida esa dengizi bor yurtlar tomon yo‘l oladi.

    Geografik joylashuvi bo‘yicha hududida dengiz bo‘lgan mamlakatlar turistlar uchun qanchalik qulay va hamyonbop?

    “Daryo” quyida sizga foydali va qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlar va sirlar bilan bo‘lishadi. Hikoyada ozarlar yurtidagi diqqatga sazovor maskanlar, sayohatchilar e‘tiboridan qolgan joylar, milliy taomlar, kamchilik va yutuqlar haqida so‘zlanadi. 

    Masalan, bir sayyohga Ozarbayjonning Baku shahrida uch kecha-yu to‘rt kunduz bo‘lishi uchun qancha mablag‘ zarur bo‘ladi?  

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Mustaqil sayohat

    Toshkent—Baku—Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha chiptalar 4 500 000 so‘mga onlayn xarid qilindi.

    Boshqa mamlakatda duch kelishingiz ehtimoli bo‘lgan eng katta va asosiy muammo — til masalasi. Biroq ozarlar mamlakatida buni muammo deb atamasa ham bo‘ladi.

    Mahalliy aholi rus tilini yaxshi tushunadi, biroz aksent bilan bo‘lsa-da, javob ham qaytaradi. Yana ko‘pchilik ingliz tilida erkin suhbatlasha olishiga guvoh bo‘lasiz.

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Foto: “Daryo” / Gulira’no Musayeva

    Yuqoridagi ikki tildan tashqari, ularning davlat tili hisoblanuvchi ozarbayjoncha esa o‘zbekchaga juda yaqin va diqqat bilan tinglanganda tushunish mumkin til hisoblanadi.

    Bu, albatta, o‘zbek sayohatchilar uchun qulay, yordamchi til vazifasini o‘tashi mumkin.

    Mustaqil sayohatchini boshqalar kabi aeroportdan ismi yoki guruhining nomi yozilgan “tablichka” bilan kutib oluvchilar bo‘lmaydi.

    Biroq bu manzilga qanday yetib olish haqida bosh qotirishga sezilarli vaqt sarflanishini ham bildirmaydi.

    Maxsus transport va taksi xizmatlari

    Aeroportdan tashqariga chiqqanda ko‘plab avtomobil va avtobuslarga ko‘z tushadi. Aeroport tashqarisining bir chetida joylashgan “budka”da maxsus transport kartalari sotiladi.

    Baku kart xaridi uchun sotuvchiga umumiy 11 Ozarbayjon manati berilganida (1 manat = 6 400 so‘m), karta to‘lovidan tashqari 6 kishining har biriga 1,20 manat avtobus haqi uchun yetarli mablag‘ kartaga tushirilgan.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Demak, bir kartaning taxminiy narxi 2 manat (o‘rtacha 13 000 so‘m) va undan bir necha kishi bemalol foydalana oladi.

    Aeroportdan chiqqan yo‘lovchilar odatda maxsus “Aeroport ekspres” avtobusida uning so‘nggi — “28-may” bekatigacha borib oladi. Mahalliy aholining aytishicha, taksichilarga o‘sha yerdan shaharning turli nuqtalariga olib borish qulay ekan.

    Avtobusga chiqishdan avval har bir yo‘lovchi 1,20 manatdan (o‘rtacha 8 000 so‘m) karta orqali to‘lov qiladi.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Mamlakat hududida taksi xizmatlaridan juda faol foydalaniladi.

    Biz ham shulardan biri, Bolt ilovasi orqali taksi yolladik. Ushbu ilova ilk foydalanuvchilariga 50 foizli chegirma berar ekan.

    Chegirma asosida ekonom klass ta’rifida 2 kilometr, 10 daqiqali 2,40 manatli (+/- 15 000) yo‘l uchun 1,20 manat (+/- 7 700 so‘m) to‘lov qilindi.
     

    O‘zbekistonda odatda yuqori daromad egalari yoki davlat xodimlarigina hayday oladigan BMW, Mercedes kabi nemis mashinalari taksi sifatida xizmat ko‘rsatdi.

    Shahar markazidagi turar joy

    Mehmonxona tanlovi sayohatchining rejalarini o‘z vaqtida amalga oshirishiga yoki ulgurmay qolishiga bevosita ta’sir qiluvchi masala sanaladi.

    Shu sababli ham uni avvaldan, uzoqroq o‘ylab va o‘rganib tanlash maqsadga muvofiq. Uning ichki holati, zarur sharoitlaridan tashqari qayerda joylashgani va mamlakatning ko‘rishga sazovor nuqtalariga yaqinligi ham inobatga olingani ma’qul.

    Yuqorida aytilganidek, u o‘lkaga sayohat qilishning asosiy maqsadlaridan biri, bir qismi Baku shahriga to‘g‘ri keluvchi Kaspiy, mahalliy aholi tilida aytganda Hazar dengizini ko‘rish bo‘lgan.

    Avvaldan tanlangan “Central Baku” mehmonxonasi esa mamlakatdagi mashhur “Favvoralar maydoni”dan 700 metr uzoqlikda joylashgan. U yerdan taxminan 10 daqiqalik yo‘l bilan dengizga borish juda qulay.

    Yana ma’lum masofani piyoda bosib, “Ichkari shahar”ga ham borib olish muammo emas.

    Foto: “Booking.com”

    Foto: “Booking.com”

    Favvoralar maydonidan o‘z nomiga muvofiq bir necha favvora, undan tashqari turli kafe-restoran va oziq-ovqat, kiyim-kechak do‘konlari joy olgan.

     

    Uch kecha, to‘rt kunduz mehmonxonadan foydalanish olti kishi uchun umumiy 370 manat (+/- 2 369 000 so‘m)ga aylandi.

    Avval boshidan Ozarbayjonning haqiqiy oshxonasini o‘rganish maqsadida mehmonxonaning nonushta, tushlik va kechki ovqatlari tanlanmagandi.

    Mehmonxona “Booking.com” saytidagidek ko‘rinishga va bepul Wi-Fi’ga ega.

    Umuman olganda esa bu otel talablarga deyarli mos keldi. Shahar markazida, dengiz, ko‘ngilochar maydon va ovqatlanish joylariga piyoda borib, vaqtdan yutish hamda yo‘l uchun ortiqcha mablag‘ sarflamaslik — sayyohlar uchun muhim jihatlardan sanaladi.

    Mehmonxona esa faqat yuklarning xavfsiz saqlanishi hamda dam olish uchungina kerak bo‘ldi.

     

    Baku aholisiga eng ko‘p havas qilinadigan jihat ham aynan dengiz bilan bog‘liq — ular ishdan charchagan yoki shunchaki ko‘ngil yozishni xohlagan vaqtida do‘stlar bilan bir finjon choy ustida cholg‘u chalib, suhbatlashish, hordiq chiqarish imkonidan bepul foydalana oladi.

    Turk oshxonasini eslatuvchi mazali taomlar

    Ertalabki nonushta har kim uchun turlicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Masalan, kimdir issiq qahvadan tetiklashib, bir dona kruassan bilan tushlikka qadar, ba’zan undan ko‘proq muddat o‘zini to‘q va yaxshi his qilsa, boshqalar nonushtani to‘yimli va baquvvatroq qilishni afzal biladi.

    Erta tongni mashhur Starbucks va kruassan bilan boshlamoqchi bo‘lganlarga 12,8 manat, ya’ni 82 ming so‘m yetarli bo‘ladi.

    Bunda:

    • 10,1 manat (+/- 65 000 so‘m) — Starbucks’ kapuchino qahvasi uchun;
    • 2,70 manat (+/- 17 000 so‘m) — kruassan uchun.

    Foto: skrinshot

    Foto: skrinshot

    Mahalliy “Fisincan” kafesi taklif etadigan issiq Ozarbayjon choyi va mazali yeguliklardan iborat, to‘yimli nonushta seti esa bir kishi uchun 12 Ozarbayjon manati — 77 000 so‘mdan tushadi.

    Foto: “Daryo” /Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” /Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Baku aholisi kechki 12 larda ham faol, ko‘chalarni kezib yurganini ko‘rish mumkin. Hayron qolarlisi, bu vaqtda qahvaxonalar hali ham ochiq turgan bo‘ladi, mijozlari ham gavjum.

    Tonggi 8 da esa shaharda deyarli hech kim yo‘q, tinch bo‘ladi.

    Shu sababli, nonushta asosan soat 10 va undan keyin tanovul qilinadi. Buning hisobiga ko‘pincha tushlik qilishga ehtiyoj bo‘lmadi.

    Ozarbayjonning ko‘pchilikka ma’lum, anorli qaylasi bor. U asosan mangalda pishirilgan yoki qovurilgan baliq ustiga quyib, tanovul qilinadi.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Uch kishilik dasturxonda qovurilgan forel anorli qaylasi bilan, kartoshka-fri, adjika va choban salati, ayron, cho‘rek (ozarbayjoncha non) bir choynak issiq choy va Pepsi umumiy 82,17 manat (+/- 526 ming so‘m)ga aylandi.

     

    Bunda:

    • 1 choynak qora choy — 5 manat
    • 3 ta ayron — 1,50 manatdan 4,50 manat
    • 1 ta adjika salati — 2 manat
    • 1 ta choban salati — 5 manat
    • 3 porsiya kartoshka-fri — 4 manatdan 12 manat
    • 3 dona forel — 12 manatdan 36 manat
    • 3 dona 0.25 Pepsi — 3 manatdan 9 manat
    • 10 % xizmat haqi — 7,47 manat

    Tamaddi vaqti kafeda yosh yigitlar turkcha, ozarbayjoncha mashhur qo‘shiqlarni chalib, jonli ijrosi bilan hamrohlik qiladi.

    Ovqatlari ham juda mazali. Bularning barchasi uchun to‘lagan pulidan mamnun bo‘lib chiqib ketadi, kishi.

    Faqat, butun Ozarbayjondagi kafe, restoran, taksi va boshqa pulli xizmatlarda bir narsa odatga aylangan va tabiiy qabul qilinadi — shu kechki ovqat misolida olsak, 82,17 manat hisob uchun 83 manat berilsa, qaytim qaytarilmaydi.

    81,5 manat uchun 85 manat berilganida ham shunday munosabat bo‘lishi tabiiy hisoblanarkan.

    Foto: Legkim na podem

    Foto: Legkim na podem

    Agar ovqat emas, yengilroq va tez tayyor bo‘ladigan biror nima yeyishni istagan xo‘randa turli fast-fud shoxobchalariga kirishi yoki odatiy kafelarda tez tayyor bo‘ladigan yegulik buyurtma qilishi mumin.

    Masalan, “Borani Baku” kafesi menyusidan issiq ovqat ham, tez tayyor bo‘ladigan yeguliklar ham topiladi.

    Kartoshka-fri, apelsin soki, burger va uning souslaridan iborat setni 6,90 manatdan 7,90 manatgacha pul evaziga olish mumkin.

    Ozarbayjoncha pishirilgan guruch, mol yoki tovuq go‘shti, ikki xil sous, non va sabzavotlardan tayyorlangan salatdan iborat quyuq ovqatlarni 7,50 manatdan 9,40 manatgacha pulga xarid qilish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    “Ichkari shahar”dagi “Qiz qal’asi” nomli kafeda tayyorlangan Ozarbayjon milliy yeguligi sanalmish kutab taxminan biz yegan cheburekni eslatadi.

    Yupqa, yog‘siz xamirdan tayyorlangan, ichiga tabga ko‘ra ko‘kat yoki go‘shtli qiyma solingan ushbu yegulikning donasi 2 manat, tez tayyorlanadigan klab-sendvich 8 manat, cho‘ban salati 2 manat, gazlanmagan yarim litr suv 1 manat, 0.25 qadoqdagi kola 2 manat turadi.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Mahalliy ovqatlanish joylarining e’tiborga molik jihati shundaki, ular haddan ziyod zich, ketma-ket joylashgan bo‘lsa-da, har birida yetarlicha mijoz bor.

    Ular imkon qadar mijozlarga alohida munosabat ko‘rsatadi. Ba’zilari o‘zbekistonlik ekaningizni bilgach, millatga mansub qo‘shiqlar qo‘ysa, boshqasida ovqatga qadar choy buyurtma qilinsa, yonida mayda shirinliklar bilan olib keladi. Yana boshqasida jonli musiqa yangrab, ko‘chadan o‘tayotgan xo‘randani ichkariga chorlaydi.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Madaniy hordiq

    Baku markazida joylashgan “Baku akropoli”, “Ichkari shahar”, “Eski shahar” deya nomlanuvchi bu joy Baku “yuragi” sanaladi.

    Sababi aynan shu joyda, dengiz yaqinidagi tepalikda qadimgi Baku paydo bo‘lgan.

    Bakuning “Ichkari shahar” qismi YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga Ozarbayjon hududidan qo‘shilgan birinchi obyekt hisoblanadi.

    Maydoni 22 gektardan iborat, atrofi yaxshi saqlangan mustahkam devorlar bilan o‘ralgan, diqqatga sazovor ichkari shahar hududidan bir qancha tarixiy yodgorliklar joy olgan.

    Shahardagi mashhur “Qiz qal’asi” bo‘ylab yurib, bu hududdagi o‘nlab tarixiy yodgorliklar — masjid, karvon-saroy, hammom va turar joylardan tashqari bir nechta muzey, mehmonxona, galereya, ustaxona va hunarmandchilik uylariga, qolaversa, mamlakatning milliy oshxonalariga ko‘z tushadi.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    “Ichkari shahar”ning “Kichik qal’a-8” ko‘chasida mashhur “Brilliant qo‘l” filmining kulminatsion nuqtasi suratga olingan. Unda aks etgan bino bugunga qadar yaxshi saqlanib qolgan.

    Bu ko‘chani ko‘plab turistlar suratga tushish uchun alohida izlab keladi.

    Foto: Tamtam

    Foto: Tamtam

    Bakuning eski shahariga tashrif buyurgan har bir sayyoh kirishi shart bo‘lgan joylardan yana biri bu — Shirvanshohlar saroyi sanaladi .

    Ushbu ziyoratni ko‘pchilik tarixga sayohat deb ham ataydi. Biroq har kim ham kiravermaydi. Sababi bu yerga kirish xorijlik mehmonlar uchun 15 manat miqdorida belgilangan.

    Bu nafaqat o‘zbeklar, balki boshqa millatli sayyohlar uchun ham qimmatlik qilishini Amerikaning sayohatlar haqida ma’lumotlar berib boradigan “Tripadvizor” platformasida qoldirilgan fikrlardan ham bilish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Dengizda sayohat

    Dengiz atrofida uning shovqinini tinglab, mavjlanishini kuzatishning o‘zi ham odamga bir dunyo zavq beradi.

    Biroq dengiz bo‘ylab kemada sayohat — har bir turistning orzularidan biri bo‘lishi tabiiy.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Dengiz bo‘yidagi kassada kemalarning ish vaqti 16:00 dan 22:00 gachaligi yozilgan.

    Kemalar har soat boshida, yarim soat davomida harakatlanadi.

    Chipta narxlari kattalar va bolalar uchun bir xil — 5 manat (+/- 32 000 so‘m). Lekin vip paluba uchun 10 manat to‘laysiz va dengizni 3-qavatdan tomosha qilasiz. Kemaga joylashish jarayoni ham qiziq. Avval vip joylar uchun to‘laganlar alohida yo‘lakdan kiradi, keyin pastki qavatlar uchun to‘laganlar o‘z joylarini egallaydi. Vip paluba eshiklari to kema qaytib o‘z manziliga kelmaguncha ochilmaydi. To‘lagan 10 manatingizga arziydigan xizmat.

    5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa bepul.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Tog‘ usti parkiga olib boruvchi funikulyer

    Bakudagi funikulyer — mahalliy aholi uchun unchalik faol foydalanilmaydigan jamoat transporti, turistlar uchun esa ko‘ngilochar transport hisoblanadi.

    Ushbu transportning yuqori qismi va atroflari oynalar bilan jihozlangani sababli, ichkari yorug‘ va atrofni tomosha qilish imkoni bo‘ladi. U har 15 daqiqada harakatlanadi.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Bir vagon 28 ta o‘rindiq bilan jihozlangan. Biroq oyna oldida turib, tomosha qilib ketish ham o‘zgacha zavqli.

    Funikulyer Neftchilar prospektida joylashgan xiyobondan boshlab harakatlanib, shahar yuqorisidagi “Tog‘ usti bog‘i”ga — 500 metr yuqoridagi manzilga qisqa vaqt ichida olib chiqadi. Yo‘l haqi — 1 manat (+/- 6 000 so‘m).

    Uning yaqinida joylashgan maydondan esa butun shaharni, xususan dengizni, mashhur osmono‘par Flame Towers biznes markazini, “Baku ko‘zi” deb nomlanuvchi charxpalak, lotos gulini eslatuvchi, zamonaviy Deniz mall savdo va ko‘ngilochar markazini panorama ko‘rinishida tomosha qilish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Ushbu bog‘da joylashgan maydonga zina orqali ham chiqiladi. Biroq sayyohlarga funikulyerda tog‘lar orasidan chiqish ko‘proq zavq beradi.

    Qolaversa, zina yuqori tikkalikda joylashgani uchun ham sog‘lig‘ida muammosi bor turistga bu qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

    U yerdan tushishda ham shu transportdan yoki zinadan foydalanish tanlovi bo‘ladi va zinadan tushish, chiqishdagi kabi murakkab emas.

    Haydar Aliyev markazi

    Bakudagi yana bir diqqatga sazovor nuqta — zamonaviy Bakuning taniqli belgilaridan biri sanaluvchi Haydar Aliyev madaniyat markazi sanaladi.

    Foto: “Media.az”

    Foto: “Media.az”
    Ushbu markaz o‘zida kongress zali, muzey, ko‘rgazma zallari hamda ma’muriy idoralarni qamrab olgan.

    Markazning asosiy vazifasi — mamlakat rivojiga hissa qo‘shish, Ozarbayjon tarixi, tili va urf-odati hamda madaniyatini saqlab qolishdan iborat.

    Haydar Aliyev markazining surati mamlakatning 200 manat kupyurasi hamda 20 qepik (kopeyka)li pochta markasida aks etgan.

    16 gektar maydonni egallagan markazning 13 gektari landshaft zona hisoblanadi. Arxitekturasida to‘g‘ri liniyalar deyarli yo‘q bo‘lgan binoning shakli odamlar va madaniyatlarning birlashishiga qiyoslanadi.

    Hatto binolarini ham yashilliklar qoplagan, ko‘chalari daraxt va gulzorga to‘la, ozoda va ko‘rkam bo‘lgan bu shahardagi skameykada bir finjon qahva ichib, shunchaki o‘tirishning o‘zi ham bir dam ekan.

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Biroq sayyoh mahalliy aholi emas-ki, vaqtini o‘ylamasdan, taqsimlamasdan sarflasa.

     

    Deyarli to‘rt kun bag‘ishlanib, yuqoridagi manzillarga borish, mamlakat go‘zalliklaridan hamda oshxonasidan bahramand bo‘lish, madaniyatini qisman bo‘lsa-da o‘rganish (+/-)  300 dollar, 507 Ozarbayjon manati — 3 300 000 o‘zbek so‘miga tushadi.

    Ushbu narxlar mamlakat ichidagi xarajatlar uchun sarflangan mablag‘larning yaxlitlangan miqdorini bildiradi.

    Ma’lumotlar sanalarga mos muddatlarda aktual bo‘lgan.

    17.07.2022, 18:55   Izoh (0)   47317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IT Park 13 yoshida oyiga 500 dollar topadigan yigit haqida hikoya qildi

    16.07.2022, 23:28

    Buyuk Britaniya, Germaniya va Polsha: o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ma’lum qilindi

    15.07.2022, 17:26

    Turkiyadagi vaziyat O‘zbekistonda narxlarning o‘sish xavfini yuzaga keltiradimi?

    15.07.2022, 11:49

    Bir necha oydan beri Rossiya sanksiyalar ostida. Buning oqibatlari qanday bo‘lmoqda?

    14.07.2022, 19:10

    O‘zbekistonda Rossiya va Belarusdan kelgan ekspatlar sababli uylarning ijara narxlari oshmoqda

    14.07.2022, 14:42

    Sovg‘alar va korrupsiya bir-biri bilan bog‘liqmi? O‘zbekiston va jahon tajribasi

    14.07.2022, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda bir yilda 17 pog‘onaga ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 12:58

    Instagram: Rixsitilla Abdullayev nevarali bo‘ldi, Rashid Xoliqov o‘g‘liga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, Shahlo Alijonovaga Marry me tashkillashtirishdi

    Shou-biznes | 23 iyun, 12:44

    Isroilni tark etmoqchi bo‘lganlar uchun parvozlar yo‘lga qo‘yildi

    Dunyo | 23 iyun, 12:38

    O‘zbekistonda qimor o‘yinlarini reklama qilgan 4 nafar vayner sudga berildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 12:30

    Vinisius “Real” bilan uzoq muddatli bitim imzolaydi

    Sport | 23 iyun, 12:25

    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 23 iyun, 10:30

    Suratga olish jarayonida homiladorligini yashirgan aktrisalar

    Kino | 23 iyun, 11:54

    Fransiyada kelin o‘z to‘yida o‘ldirib ketildi

    Dunyo | 23 iyun, 11:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.