• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Umid qilamizki, jarayonlar tez orada yakunlanadi va O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shiladi” — Yevropa Ittifoqining rasmiy vakili Lyuk Devin

    Yevropaning tashqi harakatlar xizmatini Sharqiy hamkorlik, Rossiya, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Lyuk Devin boshchiligidagi delegatsiya 14-15-iyul kunlari joriy yilning 17-18-noyabr kunlarida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” barqaror o‘zaro aloqadorlik bo‘yicha konferensiyasi va vazirlar darajasidagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish uchun Toshkentda bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Lyuk Devin

    Lyuk Devin
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Janob Lyuk Devin 15-iyul kuni Toshkent shahrida tashrif yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga qirishi bo‘yicha olib borilayotgan tashkiliy ishlar yuzasidan fikr bildirib o‘tdi, bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    “Ba’zi davlatlar tezroq va ko‘proq yurgan bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi nisbiy. Jahon savdo tashkiloti o‘z yo‘nalishida yagona tashkilot hisoblanadi. O‘zbekiston uzoq yillar mana shu investitsiya doirasidan tashqarida bo‘lganini hisobga olish kerak. Ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, hamkorlikni kengaytirish kelishuvi doirasida O‘zbekistonning tashkilotga kirishi borasida bir qancha masalalar bor. Biz texnik muzokaralar o‘tkazish jarayonidagi qator tadbirlarni o‘tkazishni moliyalashtirdik. Va shu tariqa texnik masalalarda ko‘maklashdik. Umid qilamizki, jarayon tez orada yakunlanadi va O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shiladi. Agar e’tibor qaratilsa, tashkilot a’zosi bo‘lmagan davlatlar iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan mamlakatlar hisoblanadi. Tabiiy neft va gazi borasida muammosi yo‘q davlatlarni hisobga olmaganda, albatta”, – dedi janob Lyuk Devin

    Noyabr oyida YI va Markaziy Osiyoning vazirlar darajasidagi uchrashuv hamda Markaziy Osiyo bilan o‘zaro aloqadorlik bo‘yicha YIning birinchi mintaqaviy konferensiyasi o‘tkaziladi

    Markaziy Osiyo bilan barqaror o‘zaro aloqadorlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasi 2021-yil dekabr oyida qabul qilingan YIning “Global darvoza” nomli yangi strategiyasi doirasidagi o‘zaro aloqadorlik bo‘yicha birinchi mintaqaviy konferensiya bo‘ladi. Bu esa YIning Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasida keltirilgan barqarorlik, ravnaq topish va mintaqaviy hamkorlik maqsadlarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashuvchi umumiy konsepsiyalar bo‘yicha ichki-tashqi mintaqalararo muloqot uchun platformani ta’minlaydi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlariga modernizatsiyalash, investitsiyalarni rag‘batlantirish, raqamlashtirishda yordam ko‘rsatish, mintaqalararo ichki savdo va transport hamda savdo yo‘llarini diversifikatsiyalashda ko‘mak berish borasida YI sa’y-harakatlarining bir qismi bo‘ladi.

    Har yili o‘tkaziladigan “YI - Markaziy Osiyo” vazirlar darajasidagi uchrashuvda beshta Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili - Yevropa komissiyasi raisining o‘rinbosari Jozep Borrel va xalqaro hamkorlik bo‘yicha YI komissari Yutta Urpilaynen ishtirok etadi, bu esa, o‘z navbatida, YI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorligini muhokama qilish imkonini beradi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning noyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan kelgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani bilan suhbatda O‘zbekistonning tez fursatda Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq masalalarda yaqindan hamkorlik qilish zarur ekani ta’kidlangan edi.

    Respublikaning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni 2019-yil iyul oyida O‘zbekiston mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni ko‘rib chiqishga taqdim etgan paytda boshlangan edi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonining davom ettirilishi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasida davlatning savdo-iqtisodiy sohasida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangandi.

    Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabrida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi davomida 2021-yilda JSTga a’zolik masalasi bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozimligini ta’kidlagandi. O‘sha yili O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uchun idoralararo komissiya tuzildi.

    2021-yil 26-oktabr kuni Sardor Umurzoqov JST rahbariyati bilan O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish masalasini muhokama qildi. Tashkilot rahbariyati respublikani JSTga a’zo bo‘lish jarayonida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirgan.

    Mavzuga doir:

    • AQSh O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida qo‘llab-quvvatlamoqda
    • Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishida zarur ko‘mak berishga tayyormiz”
    • Yevroittifoq O‘zbekistonning JSTga kirishi uchun 5 mln yevro ajratdi

    16.07.2022, 18:16   Izoh (0)   8348
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish iyun oyida kamaydi

    16.07.2022, 17:15

    Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarini pasportini olib qo‘yib, tekinga ishlatgan shaxs ushlandi

    16.07.2022, 16:56

    Vaqf fondi tomonidan 6 oyda 7 mlrd so‘m mablag‘ xayriya qilingan

    16.07.2022, 16:35

    Namanganda sobiq kuyov qaynotasi bilan mojaroga aralashgan fuqaroning boshiga beton g‘isht bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    16.07.2022, 15:13

    Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani tasdiqlanmadi

    16.07.2022, 14:39

    Farg‘onadagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda 18–24-iyul kunlari sel toshqinlari hodisalari yuzaga kelishi mumkin

    16.07.2022, 14:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Singapur modeli asosida iqtisodiy zona tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 18 avgust, 18:15

    Tadbirkorlarning uchdan bir qismida biznes faoliyati yaxshilangan — tadqiqot

    Iqtisodiyot | 18 avgust, 18:00

    Olimpiya shaharchasida barcha sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 17:46

    Nigeriyada qayiq ag‘darilib ketdi: 50 dan ortiq yo‘lovchi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 18 avgust, 17:45

    Ulg‘aygandan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan “Garri Potter” aktyorlari (foto)

    Kino | 18 avgust, 17:35

    “PSJ”ning rossiyalik hamda ukrainalik futbolchilarining o‘zaro munosabatlari haqida ma’lumot berildi

    Sport | 18 avgust, 17:30

    Namanganda “hujralar” tashkil etib, diniy ta’lim berish yo‘li bilan daromad topayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 17:17

    Qozog‘iston armiyasi WhatsApp va Telegram’dan foydalanishni to‘xtatadi

    Qozog‘iston | 18 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.