Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar—iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 foizga oshgan. Yanvardan may oyigacha benzin ishlab chiqarish 92 ming tonnadan tushmagan. Faqatgina iyun oyida bu ko‘rsatgich 87,7 ming tonnaga tushgan.
2022-yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
- yanvarda – 97,8 ming tonna
- fevralda – 98,2 ming tonna
- martda – 92,6 ming tonna
- aprelda – 93,7 ming tonna
- mayda – 92,7 ming tonna
- iyunda – 87,7 ming tonna
Izoh (0)