Ukraina hukumati “KXDR suvereniteti qonuniy namoyon qilinishi” — uning Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishiga e’tiroz bildirish uchun “huquq va malakaga” ega emas. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Koreya markaziy axborot agentligi.
Xabarda Ukraina ilgari “xalqaro munosabatlarda beg‘arazlik va adolat tamoyillariga zid xatti-harakatlar qilgani”, Amerikaning KXDRga nisbatan “dushmanlik siyosati”ga qo‘shilgani ta’kidlangan.
Pxenyan uning suverenitetini hurmat qiladigan va unga do‘stona munosabatda bo‘lgan barcha dunyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantiradi, deyiladi vazirlik bayonotda.
Shimoliy Koreya 13-iyul kuni DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Pxenyan Donbass respublikalari bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Ukraina “bunday do‘stona bo‘lmagan harakat”ga javoban KXDR bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shimoliy Koreyaning LXR va DXR mustaqilligini tan olishiga qattiq javob berishni va’da qildi.
Rossiya fevral oyida DXR va LXR mustaqilligini tan olgan edi. Keyin Suriya, o‘zi qisman tan olingan Abxaziya va Janubiy Osetiya kabi davlatlar Rossiya ortidan ergashdi.
Izoh (0)