Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi xususiy sexda yong‘in sodir bo‘ldi.
Marg‘ilon shahar Al-Forobiy ko‘chasida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan A.I.ga tegishli bo‘lgan neftni qayta ishlar uchun mo‘ljallangan xususiy sexda yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida Toshloq tumani Hamza ko‘chasida yashovchi fuqaro 1995-yilda tug‘ilgan J.T. I-II-III daraja 30 foiz kuyish, Marg‘ilon shahar “Nodirmat” MFY Amindaryo ko‘chasida yashovchi fuqaro 1987-yilda tug‘ilgan F.E. I-II-III daraja 80 foiz kuyish tan jarohatlari olib viloyat RSHYIMga yotqizilgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh (0)