Bugun, 13-iyul kuni tunda Super Oy hodisasini kuzatish mumkin.
Oy Yerga eng yaqin nuqtasini kesib o‘tganidan atigi to‘qqiz soat o‘tib, Oy to‘lishadi, astronomlar bu hodisani Super Oy deb atashadi.
Shu kuni Oy bilan bog‘liq ikkita muhim astronomik hodisa ro‘y beradi: bu perigey va to‘lin Oy.
Astronomlarning tushuntirishicha, perigey — Oyning Yerga minimal masofada yaqinlashgan paytdagi orbitadagi nuqta. 2022-yilda bu hodisa 13-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:09 da sodir bo‘ladi — shu vaqtda Yer sayyorasidan uning sun’iy yo‘ldoshigacha atigi 357 ming kilometrdan bir oz ko‘proq masofa bo‘ladi. To‘lin Oy hodisasi esa Toshkent vaqti bilan 23:38 ga to‘gri keladi.
Super Oy — bu to‘lin Oyning Yerga 362 ming kilometrdan kamroq masofada yaqinlashishi va to‘lin Oyning Oy perigeyidan o‘tgan paytdan boshlab uch kundan kamroq farq bilan sodir bo‘lishi. Perigey va to‘lin Oyning o‘zaro mos kelishi har yili sodir bo‘ladi, ammo ular orasida to‘qqiz soatdan kam vaqt bo‘lgan holatlar kamdan kam uchraydi.
Izoh (0)