Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojirlarini uyushgan holda yollash deyarli olti barobarga kamaydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shu vaqt mobaynida 3906 nafar o‘zbekistonlik uyushgan holda ishga yollanish orqali Rossiyaga ishlash uchun ketgan.
2021-yilning birinchi yarmida 22 mingdan ortiq odam xuddi shunday tarzda Rossiyaga ishlash uchun ketgan edi.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan 370 nafarga yaqin mehnat muhojiri qaytgani ma’lum qilingandi, bu 2021-yilga nisbatan 2,2 barobar ko‘pdir.
1-mart holatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik 2 milliondan ortiq mehnat muhojiri xorijda mehnat qilmoqda. Ularning 1,5 millioni Rossiyada mehnat qiladi.
Avvalroq Rossiyadagi qurilish maydonchalarida 2020-yilga nisbatan to‘rt baravar kam mehnat muhojirlari ishlayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)