• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yerni xususiylashtirish jarayoni: zaruratmi yoki majburiyat?

    Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda yerni xususiylashtirish bilan bog‘liq munosabatlar huquqiy jihatdan mustahkamlansa, fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlari daxlsizligi kafolatlansa, bu o‘z navbatida xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi yanada ortishi, biznes yuritish muhitining yaxshilanishiga olib keladi.

    Xususiy mulk azaldan insonlarni o‘zi va kelajakka bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim iqtisodiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etishda jamiyatda mulkdorlarning o‘rni nihoyatda muhim hisoblanadi. Chunki, ular jamiyatdagi o‘zgarishlarga bevosita daxldor bo‘lgan qatlam hisoblanib, mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda ma’naviy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mulk daxlsizligiga oid islohotlar doim davlat rahbari e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

    Jumladan, joriy yilning 20-iyun kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda yurtimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish jarayonida xususiy mulk daxlsizligi, uning kafolati hamda mamlakatning taraqqiyotida tutgan o‘rnini asosli ravishda ochib berdi. Xususan, Davlat rahbarining ta’kidlashicha “...xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz, kuchli ijtimoiy davlatni qurib bo‘lmaydi. Shu bois Bosh qomusimizda xususiy mulk himoyasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishimiz lozim. Shu bilan birga, asosiy qonunimizda yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi aniq belgilanishi lozim”.

    Davlat rahbari tomonidan mazkur masalaning ko‘tarilishi haqiqatdan ham hozirgi kunda sohada yechimini kutayotgan muammolar borligidan dalolat beradi. Zero, Konstitutsiyaga fuqarolarimizning uy-joy huquqlari daxlsizligini kafolatlash bo‘yicha normalar kiritilishi, birinchidan, mamlakatimizda xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashga, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan yoki yaratgan o‘z mulki daxlsizligiga aslo shubha qilmasligi bo‘yicha kafolatlar tizimi yaratilishiga zamin yaratsa, ikkinchidan, tadbirkorlarning davlatga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Shundagina tadbirkorlar o‘z biznesiga behavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko‘paytirishi, o‘z mulkiga o‘zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi mumkin bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekistonda yerni xususiylashtirish jarayoni zaruratmi yoki davlatning majburiyatimi, degan savolga javob bersak.

    Birinchidan, mamlakatimizda yerni xususiylashtirish zarurati dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Chunki yerni xususiylashtirishning ahamiyati iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omil asosida namoyon bo‘ladi. Endi mazkur omillarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

    Iqtisodiy omil. Iqtisodiyotda yer eng muhim omil hisoblanib, har qanday ishlab chiqarish yer resursi orqali amalga oshiriladi. Yerga egalik qilish, undan foydalanish munosabatlari tadbirkorlik faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yer xususiylashgan davlatlarda tadbirkorlik keng rivojlangan. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida yer xususiy mulk sifatida tasarruf etiladi.

    Ijtimoiy omil. Amaldagi qonunlarga ko‘ra belgilangan yerlarni xususiylashtirish jarayonining amalga oshirilishi yer egalari, jumladan, tadbirkorlarning ijtimoiy faolligini oshirishga, ularda yaratuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatlarining yanada rivojlanishiga, juda ko‘p holatlarda homiylik qilish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish borasida tashabbuslari ko‘payib boradi.

    Ma’naviy omil. Konstitutsiyaning tegishli normalari orqali mamlakatimizda yerning xususiy mulkka aylantirilishi o‘z navbatida yer egalariga ma’naviy tomondan katta ishonch beradi. Shu bilan birga xususiylashtirilgan yerga mulk egalarining munosabati keskin o‘zgaradi, uni asrab-avaylashga, yerdan foydalanish bo‘yicha uzoq muddatli strategik rejalarni tuzishga olib keladi.

    Ikkinchidan, mamlakatimizda yerni xususiy mulk sifatida Bosh qonunimizda mustahkamlab qo‘yilishi o‘z navbatida davlatning fuqarolar oldidagi yana bir vazifasi majburiyat sifatida e’tirof etilishiga hamda ijtimoiy davlat tamoyillarining hayotda bajarilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan yerlarning Konstitutsiyamizda aks ettirilishi, fikrimizcha, o‘rinli.

    Umuman olganda, mamlakatimizda olib borilayotgan xususiylashtirish sohasidagi muhim yo‘nalishlardan biri bu fuqarolarning yerga bo‘lgan xususiy mulk huquqlarini amalda kafolatlash va mustahkamlash hisoblanadi. Mulk himoyasiga qaratilgan bunday chora-tadbirlarni konstitutsiya normalari orqali mustahkamlash, birinchidan, mulk huquqi kafolatini ta’minlasa, ikkinchidan bu boradagi huquqiy asosni takomillashtirishga, fuqarolarning mulkdor sifatida o‘z huquqlarini yaxshi bilishiga va himoya qila olish qobiliyati shakllanishiga asos bo‘ladi.

    Chunki so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda mulk daxlsizligi bilan bog‘liq muammolar tez-tez muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi. Bunga sabablardan biri sifatida mansabdor shaxslar tomonidan asossiz ravishda fuqarolar va tadbirkorlarning ko‘chmas mulkini buzib tashlash, ba’zi amaldorlar esa har xil vajlar bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo‘yishi, mulkdorga qasddan nomaqbul shartlar qo‘yishi kabi holatlarni ko‘rsatishimiz mumkin.

    Shuning uchun mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan yaxshilash, aholining turmush farovonligini oshirish hamda aholi orasida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda yerni xususiylashtirish, xususiy mulkning daxlsizligini kuchaytirish kechiktirib bo‘lmaydigan masalalardan biriga aylanib bormoqda. Demak, hozirgi konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish jarayonida yerni xususiylashtirish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, fuqarolarimizning uy-joyga bo‘lgan huquqlari daxlsizligini kafolatlash normalarini konstitutsiya orqali mustahkamlaydigan bo‘lsak, bu, albatta mamlakatimizning investitsion jozibadorligi oshishiga olib kelishi bilan birga investor uchun yurtimizdagi mulk huquqi qay darajada himoya qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.

    Bu holat nafaqat fuqarolarimiz balki mahalliy va xorijiy investorlarga o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish kafolati ham ta’minlaydi.

    Nodirbek Rasulov,

    iqtisodiyot fanlari doktori

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi

    28.06.2022, 16:30   Izoh (0)   9807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

    28.06.2022, 16:23

    Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni haftasiga 5 martagacha ko‘paytiradi

    28.06.2022, 16:19

    Shavkat Mirziyoyev: “To‘qimachilik bizga oltindan ham ko‘p daromad keltiradigan soha hisoblanadi”

    28.06.2022, 16:16

    O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini olib boradi

    28.06.2022, 14:52

    Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lning bir qismi velosport musobaqasi sabab transportlar harakati uchun vaqtincha yopiladi

    28.06.2022, 14:08

    “Mintaqada narkovaziyat jiddiyligicha qolmoqda”. Toshkentda 2 tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi

    28.06.2022, 13:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.