• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimida ishlagan vaqtlaridan majburiy mehnatga qarshi kurashishni boshlaganmiz” — Tanzila Norboyeva

    Majburiy mehnat hech bir mamlakatda, jumladan, AQSHda ham 100 foiz bartaraf etilmagan. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Ma’lumot uchun, AQSHda joylashgan 300 dan ortiq korxona va tashkilotlardan iborat Cotton Campaign koalitsiyasi 2009-yilda o‘zbek paxtasini boykot qilish tashabbusi bilan chiqqandi. Koalitsiya o‘sha vaqtda O‘zbekiston hukumati “1 milliondan ortiq bolalar va kattalarni, jumladan, tibbiyot xodimlari, budjet xodimlari va talabalarni har yili terim mavsumida paxta terimiga majburlagani”ni aytgan edi.

    Cotton Campaign hamkori bo‘lgan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston forumi 2021-yilda aholi paxta yig‘im-terimi davrida hukumat tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinmagani haqida e’lon qilganidan so‘ng, boykot yakunlandi. 2022-yilning mart oyida Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi.

    Tanzila Norboyevaning “Amerika ovozi” muxbiriga aytishicha, Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir lavozimida (2003—2016-yillar) ishlagan vaqtlarida bolalar mehnati, majburiy mehnatga qarshi kurashishni boshlagan.

    “Biz ularning rahbarligida (prezident Shavkat Mirziyoyev nazarda tutilmoqda — “Daryo” izohi), men u vaqtda Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi edim (2010—2016-yillar), uch tomonlama birlashganmiz. Ya’ni Bandlik vazirligi, ish beruvchilar tomonidan, uchalamiz birlashib, boshqa tashkilotlarni ham yonimizga olib, haqiqiy kurashni boshlaganmiz. Shu kurashda bizga AQSH davlat departamenti tavsiyalari, AQSH Bandlik vazirligi tavsiyalari va albatta, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalari muhim ahamiyat kasb etgan. Bu nafaqat O‘zbekistonning muvaffaqiyati, balki hamkorlar va xalqaro tashkilotlar, qolaversa, AQSH bilan hamkorligimiz natijasi, deb o‘ylayman”, — deydi Senat raisi.

    Norboyeva xonimning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning majburiy mehnatga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatlaridan biri — mamlakat muammo borligini tan olgan.

    Kadr: Videodan lavha

    Kadr: Videodan lavha

    “Shuningdek, biz majburiy mehnatni bartaraf qilishimiz yuqori darajada aytildi. Qonunlar o‘zgardi, qonunosti hujjatlar qabul qilindi. Majburiy mehnat, bolalar mehnatiga oid 40 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va bu faqatgina Bandlik vazirligi yoki Kasaba uyushmalari federatsiyasining ishi emas, bu har bir Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining, Fermerlar uyushmasining ham – hammaning birgalikdagi ishi bo‘ldi. Va bizning katta muvaffaqiyatimiz, hammamiz birlasha oldik, bir yoqadan bosh chiqarib ishlay oldik”, — deydi Senat raisi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Cotton Campaign tomonidan e’lon qilingan boykotning bekor qilinishi katta “nuqta” bo‘ldi.

    “Biz majburiy mehnatga qarshi kurashni to‘xtatmasligimiz kerak. Bu boradagi ishlarni doim olib borish kerakligini bilamiz. Chunki bu muammo hech bir davlatda 100 foiz hal bo‘lgan emas. AQSHdagi hamkasblarimiz ham aytyaptiki, bu muammo bizda ham bor deb. Kiyim va poyabzal uyushmasining rahbari bilan gaplashganimizda yoki Modalar assosiatsiyasi bilan gaplashganimizda “bizning tarkibizdagi brendlar O‘zbekistonda ishlashdan manfaatdor, xohlashadi, faqatgina ularning ham talablari bo‘ladi. Ya’ni, standartlari bor”, deyishdi. Biz paxta boykoti bekor bo‘ldi degani bilan muammomiz hal bo‘ldi demaymiz. Aksincha, ishimiz endi boshlanyapti. Chunki yana muammoli masalalarni hal qilishimiz kerak”, — deydi Tanzila Norboyeva.

    Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev “Cotton Campaign O‘zbekistonni qora ro‘yxatidan chiqargani ham juda katta imkoniyat ekanini” ta’kidlagan edi. “Buning hisobiga iste’mol mahsulotlarining xomashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo‘shimcha 1,5 milliard dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo‘ladi”, — degan edi davlat rahbari.

    Ma’lumot uchun, uzoq yillar davomida paxta terimi mavsumida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani bois O‘zbekiston paxtasi xalqaro jamoatchilik tomonidan “qora ro‘yxat”ga kiritilgan, yetakchi ishlab chiqaruvchilar O‘zbekiston paxtasini boykot qilgan edi. Xalqaro mehnat tashkilotining Vashingtondagi ofisi direktori Kevin Kassidi esa o‘zbek paxtasi boykotini asossiz deb e’lon qilgandi. 2019-yilning 4-fevralida o‘sha vaqtdagi bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Vashingtonga ishchi tashrifida Cotton Campaign to‘qimachilik mahsulotlariga qarshi boykotni bekor qilish bo‘yicha rejasini taqdim etgan edi.

    Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari 2020-yilning 27-yanvar—6-fevral kunlari O‘zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘lgan edi. Ular bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini boykot qilishdan foyda yo‘q, deb aytgandi.

    2021-yilning mayida Mehnat vazirligi majburiy mehnat uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish hamda bolalar va majburiy mehnatdan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikning kiritilishi amalda ushbu sohada jazo samaradorligini oshirishga imkon berganini ma’lum qilgandi. 2022-yilning Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston 2021-yilgi paxta terimi davrida majburiy va bolalar mehnatiga barham berishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.

    28.06.2022, 17:07   Izoh (0)   7889
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga “sukut saqlash huquqi”ga oid yangi modda kiritilmoqda

    28.06.2022, 16:41

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    28.06.2022, 16:39

    O‘zbekistonda Paxtachilik kengashi tashkil etiladi

    28.06.2022, 16:35

    Yerni xususiylashtirish jarayoni: zaruratmi yoki majburiyat?

    28.06.2022, 16:30

    O‘zbekistonda paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

    28.06.2022, 16:23

    Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni haftasiga 5 martagacha ko‘paytiradi

    28.06.2022, 16:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.