Endilikda, o‘zbek paxtasini “boykot” qilishni to‘xtatish uchun axborot kampaniyasini kuchaytirish muhimdir, deydi Xalqaro mehnat tashkilotining Vashingtondagi ofisi direktori Kevin Kassidi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

Foto: usfashionindustry.com

“O‘zbekiston majburiy mehnatni yo‘q qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etdi va keyingi bosqich — barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishdir”, — deya qayd etdi Kassidi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar mavzusini majburiy mehnat muammosidan savdo va investitsiya munosabatlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash masalalariga almashtirish zarur.

Kassidining fikricha, O‘zbekistondagi keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayoni, Amerika kompaniyalarining ishtirokini kengaytirishi, Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining “paxta boykoti”ga nomutanosibligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Qo‘shma Shtatlar mart oyining oxirida O‘zbekiston paxtasini sotib olishga ko‘p yillik taqiqni bekor qildi. Bu har qanday AQSh davlat idorasiga o‘zbek paxtasini sertifikatlashni talab qilmasdan olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, AQShning Mehnat Departamenti vakillarining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek paxtasini ushbu ro‘yxatdan olib tashlash xususiy Amerika kompaniyalari o‘zlarining ishbilarmon obro‘sini tahqirlanishidan qo‘rqmasdan O‘zbekistondan yetkazib beruvchilar bilan ishbilarmon aloqalarga kirishish imkoniyatini beradi.

Ammo o‘zbek paxtasi Cotton Campaign’ni xalqaro koalitsiyani tashkil etuvchi boshqa “qora ro‘yxat”da qolmoqda. Ular O‘zbekistonda boykotni bekor qilish hali erta ekanligini bildirgan, sababi O‘zbekistonda majburiy mehnat hali ham borligidir.

O‘zbekiston paxtasini “boykot” qilish va sotish zanjirlaridan chiqarib tashlashga rozilik bergan aniq brendlarning ro‘yxati bor. Ushbu ro‘yxat muntazam kengaymoqda — agar yanvarda 310 ta kompaniya bo‘lsa, bugun ular 313 tani tashkil qiladi.

O‘zbekiston paxtasini boykot qilayotganlar orasida Adidas, Amazon, Burberry, Disney, Forever 21, Gap, Gucci, Ikea, Lacoste, Nike, Puma, Uniqlo, Zara va boshqa ko‘plab mashhur brendlar bor.