• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi taklifiga binoan Global taraqqiyot masalalari bo‘yicha hukumatlararo muloqotda ishtirok etdi

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24-iyun kuni “BRIKS plyus” formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotda ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xitoy tomoni raisligida o‘tgan onlayn forumda dunyoning 18 mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi. O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari bilan bir qatorda Argentina prezidenti Alberto Fernandes, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jo'mart To'qayev, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Braziliya vitse-prezidenti Gamilton Mourau, shuningdek, Kamboja, Malayziya, Tailand, Fidji va Efiopiya hukumatlari rahbarlari ishtirok etdi.

    Tashkilotchilar tomonidan tadbirning asosiy mavzusi sifatida global sheriklikni rivojlantirish va Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini birgalikda ilgari surish masalalari belgilandi.

    Xavfsizlik va barqarorlik borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik, savdo va investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport va logistika, ekologiya, gumanitar sohalarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida “BRIKS plyus” formatidagi muloqotning Barqaror rivojlanish kun tartibini ilgari surishda inklyuziv sheriklik uchun zarur platforma sifatida alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

    Bugungi dunyo qator tahlikali jarayonlar bilan kechayotgan chuqur transformatsiya davrida yashayotgani - xalqaro keskinlik tobora kuchayib borayotgani va tizimli iqtisodiy inqiroz belgilari namoyon bo‘layotgani qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ishtirokchilarning e’tibori “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida islohotlarni amalga oshirishni izchil davom ettirayotgan O‘zbekiston bunday sharoitda keng ko‘lamli hamkorlik, shu jumladan “Janub-Janub” formatidagi sheriklik uchun ochiq ekaniga qaratildi.

    Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatlarni yengib o‘tish maqsadida savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, yangi ishlab chiqarish va savdo-logistika zanjirlarini yaratish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalarga investitsiyalar jalb etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish, texnologiyalar transferi va innovatsiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, biotexnologiyalar, vaksinalar ishlab chiqish sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

    Qo‘shma loyiha va tashabbuslarni ilgari surish maqsadida “BRIKS plyus” ishbilarmon doiralari forumini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

    O‘zbekiston prezidenti transport-kommunikatsiyalar sohasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish hamda “Shimol – Janub” va “G‘arb – Sharq” transkontinental yo‘nalishlariga mintaqamizni jalb etish tashabbusini ilgari surdi.

    BMTning bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror va ochiq harakatini ta’minlash bo‘yicha da’vati qo‘llab-quvvatlandi.

    Jahon qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining yarmigacha bo‘lgan qismini ta’minlayotgan BRIKS mamlakatlarining ulkan salohiyatidan kooperatsiyani mustahkamlash, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish va ulardan foydalanishning ishonchli tizimlarini shakllantirish yo‘lida foydalanish muhim ekani ta’kidlandi.

    Kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida dasturlarni amalga oshirish, iqlim o‘zgarishlari va inson salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlikni faollashtirish sheriklikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatib o‘tildi. Mamlakat Universitetlar ligasi va Tarmoqli universitet kabi BRIKS dasturlarida ishtirok etishdan, shuningdek, professional ta’lim va yoshlarga doir siyosat sohasida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

    O‘zbekiston tomoni Shanxay hamkorlik tashkiloti raisi sifatida BRIKS va SHHTning o‘zaro amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishni ham taklif etdi.

    So‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus” shaklidagi muloqotning o‘tkazilishi tezkor ravishda umumiy tahdidlarning oldini olish, global barqarorlik va mamlakatlarimizning izchil taraqqiyotini ta’minlash yo‘lida ishtirokchilarning intilishlari mushtarakligini yana bir bor namoyish etganini ta’kidladi.

    Boshqa xorijiy yetakchilarning nutqlarida ham global sheriklikni va 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini ilgari surishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Iqtisodiyot, innovatsiyalar va “yashil” texnologiyalar, savdo, transport va kommunikatsiyalar, ekologiya, boshqa ustuvor sohalardagi ko‘p tomonlama muloqotning istiqbolli yo‘nalishlari qayd etildi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqi
    • Vladimir Norov Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
    • Shavkat Mirziyoyev SHHT bosh kotibi bilan Samarqandda o‘tkaziladigan sammit masalalarini muhokama qildi

    24.06.2022, 20:18   Izoh (0)   18093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini sifatsiz ta’mirlagan 7 ta buyurtmachiga 468 mln so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berilmagan

    24.06.2022, 19:49

    O‘zbekistonda pedagoglarning xorijda o‘qishi uchun kamida 35 ta alohida kvota ajratiladi

    24.06.2022, 19:43

    TIV o‘rinbosari Qirg‘iziston va Turkmaniston elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    24.06.2022, 19:13

    “Asosiy sovg‘a 600 ming so‘mlik vaucher edi”. Qoraqalpog‘istonda “Pilot”ga munosib ko‘rilgan IT tanlovi g‘olibi tanlovning asosiy sovg‘asi boshqa ekanini aytmoqda

    24.06.2022, 18:59

    Sergeli tumanidagi ayrim ko‘chalar bir sutkadan ko‘proq vaqtga yopiladi

    24.06.2022, 17:53

    “Qo‘yliq” bozori buzilmaydi — Toshkent shahar hokimligi

    24.06.2022, 17:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.