• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    600 mlrd dollargacha yo‘qotish: Ukraina iqtisodiyotiga endi nima bo‘ladi?

    Ukrainadagi urush jahon iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Rossiya iqtisodiyoti bu urush ortidan chuqur tanazzulga yuz tutishi mumkin.

    Foto: Bloomberg

    Mudofaa va qochqinlar uchun sarf-xarajatlarning ko‘payishi urushning G‘arbiy Yevropa yalpi ichki mahsulotiga salbiy ta’sirini cheklashi mumkin, ammo bu resurslarga bosimni oshiradi va inflyatsiyani kuchaytiradi.

    Uning asosiy oqibatlari — energiya narxining oshishi va iqtisodiyot va moliya bozorlariga ishonchning pasayishi bo‘lishi mumkin.

    Urush oqibatlariga Rossiyaga qo‘yilgan kuchli xalqaro sanksiyalar ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, buning natijasida global yalpi ichki mahsulot pasayish ehtimoli bor.

    Foto: NiGEM

    Bu xarajatlar Yevropada keskin seziladi. Yevropa davlatlari Ukrainadan qochqinlar oqimini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat xarajatlarini oshirishi, shuningdek, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni yumshatish uchun o‘z harbiylariga katta sarmoya kiritishi kerak bo‘ladi.

    Garchi bu xarajatlar Yevropa yalpi ichki mahsulotiga salbiy ta’sirni cheklashi mumkin bo‘lsa-da, bu resurslarga bosimni va inflyatsiyani oshirishi mumkin.

     

    Ukraina har qanday yirik iqtisodiyot uchun muhim savdo sherigi bo‘lmasa-da, Rossiya Yevropa Ittifoqiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Rossiya va Ukraina titan, palladiy, bug‘doy va makkajo‘xori kabi ba’zi mahsulotlarning muhim yetkazib beruvchilari hisoblanadi.

    Ushbu materiallardan foydalanuvchilar, jumladan, avtomobillar, smartfonlar va samolyot ishlab chiqaruvchilari uchun ta’minot zanjiri muammolari bilan bog‘liq xavotirlar ortib bormoqda.

    Rossiya yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda urushdan oldingi qishki ko‘rsatkichga nisbatan 10 foizdan ko‘proqqa qisqaradi.

    Urush, shuningdek, Ukraina iqtisodiyotini 30 foizdan ko‘proqqa qisqartirishi va 2022-yilda jahon yalpi ichki mahsulotini taxminan 1 foizga qisqartirishi kutilmoqda.

    Foto: WSJ

    Savdo aloqalari, energiya va oziq-ovqat ta’minoti, shuningdek, Ukrainaga yaqinligi hisobga olinsa, Yevropa hali ham eng ko‘p zarar ko‘rgan mintaqa bo‘lib qolmoqda. Yevropada yalpi ichki mahsulot 2022-yildagi prognozga nisbatan 1 foizdan ko‘proq qisqarishi kutilmoqda.

    Urush Rossiyaning chuqur iqtisodiy tanazzuliga hissa qo‘shadi, 2022-yilda yalpi ichki mahsulot qishki taxminlarga nisbatan 12 foiz punktga, 2023-yilda yana 11 foizga qisqaradi. Rossiyaning YaIMga umumiy ta’siri mamlakatning energiya eksportidan yuqori daromadlari bilan to‘liq qoplanmaydi.

     

    Ukrainadan oziq-ovqat va boshqa eksportning uzilishi va Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar tufayli tovarlar narxining yanada oshishi kutilmoqda.

    Modellashtirish taxminlari shuni ko‘rsatadiki, urush neft narxining 30 foiz, Yevropa gaz narxining 90 foiz va oziq-ovqat narxining 17 foiz oshishiga olib keldi. Urush 2022-yil fevral oyidagi prognozga nisbatan global inflyatsiyani taxminan 2 foizga, 2023-yilda 1 foizga oshiradi.

    Rossiya inflyatsiyasi 2022-yilning ikkinchi choragida import narxlarining oshishi sababli 20 foizga yaqinlashadi. Salbiy ta’sirlar ishonchning pasayishiga, real daromadlarning zaiflashishiga va savdoning buzilishiga olib keladi.

    Qaysi sohalar ko‘proq xavf ostida?

    Foto: Shutterstock

    Oziq-ovqat

    AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina bug‘doy eksporti jami global eksportning chorak qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari, makkajo‘xori va boshqa yirik donlarning sezilarli eksporti mavjud.

     

    Ukraina va Rossiya jahon eksportining deyarli beshdan bir qismini tashkil qiladi. Global kungaboqar yog‘i eksportining qariyb 80 foizi Ukraina va Rossiyadan keladi.

    Sanksiyalar va to‘xtab qolgan bug‘doy va boshqa donlar eksporti narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa jahon iqtisodiyotida allaqachon kuchli inflyatsiya bosimini qo‘shmoqda.

    Chakana savdo

    Rossiya palladiyning asosiy ishlab chiqaruvchisi. U chiqindilarni kamaytirish uchun dvigatel egzozlarida ishlatiladi. Rossiya jahon kon mahsulotlarining 40 foizini ishlab chiqaradi va global platina ta’minotining qariyb 10 foizini nazorat qiladi.

     

    Jahon o‘g‘itlari yetkazib berishning qariyb 13 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Ushbu tovarlarni global yetkazib berishdagi uzilishlar va pandemiyadan keyin mavjud bo‘lgan ta’minot zanjiri muammolari muayyan tarmoqlarda jiddiy oqibatlarga olib kelishi va chakana narxlarni yuqori ushlab turishi mumkin.

    Energiya

    Rossiya dunyodagi eng yirik neft qazib oluvchi va energiya eksport qiluvchi davlatlardan biridir. Urush davom etar ekan, G‘arb yaqin orada Rossiyaning neft va gaz eksport qilish qobiliyatini nishonga olishi mumkin.

    Foto: Bloomberg

    Bunday sanksiyalar energiya narxining oshishiga olib keladi. Allaqachon Brent neft narxi bir barrel uchun 120 dollardan oshgani kuzatildi, bu 2014 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Urush Ukraina iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?

    Urushning Ukraina iqtisodiyotiga ta’siri halokatli bo‘ldi. 2021-yilda Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) Ukrainaning aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti joriy yilda 3,6 foizga o‘sishini prognoz qilgan edi.

    Jahon banki aprel oyida e’lon qilgan hisobotida Ukraina iqtisodi urush tufayli 45 foizga qisqarishi mumkinligini ta'kidlagan bo‘lsa, Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalarning kuchayishi natijasida 11,1 foizga tushib ketishini taxmin qilgan.

    Iqtisodiy yo‘qotishlar

    Ukraina Iqtisodiyot vazirligi va Kiyev Iqtisodiyot maktabining ichki hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy iqtisodiy yo‘qotishlar 564 mlrd dollardan 600 mlrd dollargacha yoki mamlakatning yillik yalpi ichki mahsulotidan deyarli to‘rt barobar ko‘pdir.

    Novoselovka qishlog‘ida yashovchi erkak mart oyida Rossiya o‘qlari ostida qolgan uyining vayronalarini tozalamoqda. Hozir uning onasi issiqxonada yashaydi.

    Novoselovka qishlog‘ida yashovchi erkak mart oyida Rossiya o‘qlari ostida qolgan uyining vayronalarini tozalamoqda. Hozir uning onasi issiqxonada yashaydi.
    Foto: EPA

    Urush natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqirozning kattaligi hayratlanarli. Rossiya bosqinchiligi Ukraina iqtisodiyotiga va infratuzilmasiga katta zarar yetkazdi, — dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vise-prezidenti Anna Bjerde hisobotida.

    Unga ko‘ra, Ukraina zudlik bilan katta moliyaviy yordamga muhtoj, chunki u o‘z iqtisodiyotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

    Foiz stavkalarining oshishi va inflyatsiya

    Iqtisodiy inqirozdan tashqari, urush tufayli Ukrainada inflyatsiya va foiz stavkalari ham oshgan.

     

    Ukraina Milliy bankining iste’molchi inflyatsiyasi haqidagi so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida stavka 17 foizga oshgan.

    3-iyunda Ukraina Milliy banki gubernatori Kirilo Shevchenko mamlakat markaziy banki boshqaruvi spiral inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida kredit berish stavkasini 10 foizdan 25 foizga oshirishga qaror qilganini aytgan.

    Ukraina iqtisodiyotining kelajagi

    Global miqyosda Ukrainadagi urush pandemiya zarbalaridan tiklanish davridagi davlatlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.

    Ukrainaning iqtisodiy kelajagi haqida nima deyish mumkin? Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Bosh vaziri Denis Shimxal aprel oyi oxirida uning mamlakatiga kamida sentyabrgacha oyiga 5 mlrd dollar byudjet yordami kerakligini, shuningdek, qayta qurish ishlari uchun umumiy 600 mlrd dollar kerakligini aytgan.

    24.06.2022, 20:34   Izoh (0)   15063
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Bahora Sadirdinova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “chelnok” savdosi jonlandi. Bu o‘zi nima va nimalarga ta’sir ko‘rsatadi?

    24.06.2022, 20:10

    Bug‘doydan bo‘shagan maydonlarni yoqish katta iqtisodiy zarar keltirmoqda — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    24.06.2022, 18:22

    Germaniya Rossiyaning magistral gaz quvurini butunlay yopishi mumkinligidan xavotirda

    24.06.2022, 18:10

    Dunyo tanlov qilishi kerak: birlashish yoki parchalanish — The New York Times

    24.06.2022, 14:28

    Iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyo cho‘lga aylanmoqda

    24.06.2022, 13:41

    O‘zbekiston tashqi qarzi birinchi marta kamaydi

    24.06.2022, 13:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.