• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Inson huquqlarini himoya qilishda Milliy institutlarning o‘rni qay darajada?

    O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq har bir shaxs inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlarga murojaat qilish huquqiga ega.

    Shaxsning Milliy institutlarga murojaat qilish huquqini konstitutsiya darajasida mustahkamlashga zarurat bormi? Bu haqda yuridik fanlari doktori, professor Sherzod Zulfiqorov to‘xtalib o‘tdi.

    Asosiy qonunimizda, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi islohotlar davrida “Jamiyat -islohotlar tashabbuskori” tamoyilidan kelib chiqadigan bo‘lsak, inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi Milliy institutlarining ham bu sohadagi rolini oshirish, har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun mazkur institutlarga murojaat qilish huquqini konstitutsiya darajasida mustahkamlash masalasi nihoyatda muhim demokratik jarayon hisoblanadi. Umuman olib qaraganimizda, inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlarning asosiy maqsadi ham insonlarning haq huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.

    Mamlakatimizda islohotlar “inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyiliga asoslangan holda olib borilmoqda. Shuning uchun mamlakat inson huquqlarini lozim darajada himoya qilishni ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. Darhaqiqat, inson huquq va erkinliklarni himoya qilishda, ularga zaruriy yordam berish maqsadida inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlarning roli ham keskin oshib bormoqda. Bu institutlarning faoliyatini tartib solish maqsadida bir qancha qonunlar, Prezident farmon va qarorlari ham qabul qilindi.

    Tabiiy savol tug‘iladi, inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlarga qanday institutlar kiradi va ular faoliyatini ijobiy baholash mumkinmi?

    Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida to‘xtalar ekanmiz, asosiy institutlarga quyidagi institutlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman); Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil; Bola huquqlari bo‘yicha vakil institutlaridir. Mazkur institutlarning eng asosiy vazifalaridan, faoliyat yo‘nalishlaridan biri ham bevosita murojaatlar bilan ishlash, bu orqali yakunda murojaatlarning yechimi bo‘yicha ijobiy natijalarga erishidan iboratdir.

    Misol tariqasida, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi qonunda, Vakil fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda bu bo‘yicha o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan. Bu qoidadan shuni anglash mumkinki, vakil nafaqat shikoyatlarni ko‘rib chiqadi, balkim o‘rganishlar natijalari bo‘yicha o‘z tekshiruvlarini ham o‘tkazishlari mumkin.

    Tahlillar nimani anglatadi?

    Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2021 yil Vakil nomiga fuqarolar, jamoat tashkilotlari, yuridik shaxslardan jami 18738 ta, shulardan, fuqarolar tomonidan 16559 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlardan eng ko‘pi, Toshkent shahridan (2588 ta), Qashqadaryo viloyatidan (2530 ta). Murojaatlarning asosiy qismini qaraydigan bo‘lsak, 39,6 foizi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, 29,6 foizi ijtimoiy huquqlar, 24, 3 foizi iqtisodiy huquqlar bilan bog‘liq. Yakunda ushbu murojaatlarning 23 foizi ijobiy hal qilinib berilgan, 82 nafar xodimga hayfsan, 9 tasiga jarima, 8 ta xodim o‘z lavozimidan ozod qilingan.

    Aholimiz farovonligini ta’minlashda tadbirkorlarning huquqlarini kafolatlash muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda, 2017 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida alohida qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tadbirkorlik subyektlarining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqishligi belgilab qo‘yilgan. Bunday tartibni Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina davlatlari tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishi vakili faoliyatida ham kuzatishimiz mumkin.

    E’tibor qaratadigan bo‘lsak, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga, 2021 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga ko‘ra, jami 4 318 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, 1 801 tasi (50 foizi) ijobiy hal etilgan. Murojaatlarning asosiy qismiga qaraydigan bo‘lsak, 23 foizi (991 ta) bank-kredit masalalariga oid, 19 foizi (807 ta) yer, kadastr va bino-inshoot masalalariga oid masalalardir. Ko‘rib chiqilgan murojaatlar natijasida, qo‘llanilgan ta’sir choralar: 621 nafar mansabdor shaxs ma’muriy va 225 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, davlat organlarining 467 ta noqonuniy qarori (hujjati) bekor qilingan. Mazkur natijalar ham Milliy institutlarning samarali faoliyat olib borayotganidan dalolat beradi.

    Xalqaro talablarga qaraydigan bo‘lsak, BMT bosh assambleyasi 1993 yilda inson huquqlariga oid milliy institutlar tashkil etilishiga taalluqli bo‘lgan prinsiplarni qabul qilgan edi. “Parij prinsiplari” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu prinsiplar shunday institutlarning faoliyat yuritishi va tutadigan o‘rniga tegishli bo‘lgan asosiy mezonlarning minimum standartlari sifatida xalqaro darajada e’tirof etilgan. Mazkur talabga muvofiq zarur darajada tekshirishlar o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lishi, doimiy asosda va samarador ish olib borishi, yetarli darajada moliyalashtirilishi, uning xizmatlaridan barcha aholi qatlamlari foydalana olishi lozim.

    Yuqoridagi tahlillardan ham ko‘rinib turibdiki, inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlarning roli hamda faoliyati natijadorligi bosqichma-bosqich oshib bormoqda. Mazkur ijobiy jihatlarni inobatga olgan holda, har bir shaxsning inson huquqlari bo‘yicha Milliy institutlarga murojaat qilish huquqini konstitutsiya darajasida mustahkamlash, hozirgi islohotlar jarayonining muhim talabidir desak, xato qilmagan bo‘lamiz.

    Sherzod Zulfiqorov, yuridik fanlari doktori, professor 

    15.06.2022, 20:50   Izoh (0)   7222
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jazeera Airways Namangan—Kuvayt—Namangan yo‘nalishida doimiy reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

    15.06.2022, 20:22

    “Katta Farg‘ona kanali qurilishidan keyingi ulkan ish” — Oltiariqdagi 1000 gektarlik adirda barpo etilgan uzumzordan reportaj

    15.06.2022, 20:10

    Surxondaryoda to‘y kuni kelinni urgan kuyov javobgarlikka tortiladi

    15.06.2022, 19:07

    IIV muxlislarga O‘zbekiston—Yaponiya o‘yiniga kelmaslikni tavsiya qildi. Biroq “Bunyodkor” stadioni atrofida katta monitor o‘rnatilmoqda (video)

    15.06.2022, 18:50

    O‘zbekistondagi texnikumlar yirik sanoat korxonalari va klasterlarga biriktiriladi

    15.06.2022, 18:22

    “Bolalarga tilni o‘rgatishda atamalarni yodlatishdan ko‘ra, amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirgan afzalroq” — xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi

    15.06.2022, 18:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.