• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: OAV xodimlari va blogerlar uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga press-tur uyushtirildi

    “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan avtobenzin narxlarining shakllanishi, taqchillikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ Respublika iste’molchilari uchun qancha miqdorda benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarayotganiga oid savollarga javob berish, jamoatchilikka to‘g‘ri axborot yetkazish maqsadida OAV xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga binoan, neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlarni jamoatchilikka o‘z vaqtida taqdim etish, aholiga tezkor va to‘liq axborot yetkazish hamda jamiyat faoliyatini ochiqligi, shaffofligini ta’minlash maqsadida, OAV vakillari hamda blogerlar Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga taklif etildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur davomida dastlab qadimiy Buxoroning tarixiy obidalariga sayohat ham uyushtirildi.

    Ushbu press-turda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev, jurnalist Xurshid Daliyev, Shamsiddin Nodirbek, Qosimov Zafarjon, Kasimov Xayrulla, Yaxyoyev Fayzullo, Sanjar Said, Muslim Mirzajonov, Suhrob Sherov, Isomiddin Po‘latov, blogerlar Nurbek Alimov, Temur Malik, Bahodir Ahmedov, Otabek Ortiqov, Maqsud Muzaffarov, Sherzodbek Dehqonov hamda “O‘zbekiston 24”, Buxoro televideniyesi, “Mening Yurtim”, “Sevimli”, “Zo‘r TV” telekanalari ijodiy guruhi, “Kun.uz”, “Gazeta.uz”, “UzNews.uz”, “Xabar.uz”, “Human.uz”, “Darakchi.uz”, Geolog.uz”, “Jahon.uz”, “Nuz.uz», Bukharanews, “Sof.uz” kabi 15 ga yaqin internet nashrlari jurnalistlari va 15 ga yaqin mahalliy OAV vakillari ishtirok etishdi.

    OAV xodimlari va blogerlarga “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi korxonalar ochiqlik siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlashi va ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berilishi bildirildi.

    Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi boshchiligida zamonaviy ilg‘or innovatsion texnologiyalar, yuqori samarali uskunalar, yangi materiallar, shu jumladan, yangi katalizatorlar, eskirgan uskunalarni almashtirish, yirik investitsiya loyihalarini jalb etish orqali Buxoro neftni qayta ishlash zavodini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ishlar olib borilayotgani borasida axborot berildi.

    Yiliga 2,5 million tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega ushbu zavod 1997-yilning 22-avgustida foydalanishga topshirilgani va bugungi kunda zavodda yuqori oktanli benzin (AI-80, AI-91, AI-92, AI-95, AI-98), dizel yoqilg‘isi (EKO, Yevro-4, 5), aviakerosin (Djet A-1), mazut, suyultirilgan gaz, oltingugurt, pirolizli gazolin, uglevodorod eritgichi kabi neft mahsulotlari ishlab chiqarilishi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.

    O‘zbekiston sanoatida muhim o‘rinni egallagan, davlat strategik ahamiyatidagi zavodga tashrif qilgan jurnalistlar, blogerlar maxsus kiyim, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanib, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.

    Press-turning asosiy dasturi jurnalistlarni avtomobil benzini ishlab chiqarish bilan tanishtirishga qaratildi. Dastlabki tashrif quyish-to‘kish estakadasidan boshlandi, bu yerda press-tur ishtirokchilari zavodga xomashyo qayerdan keltirilishi va qanday keltirilishini bilib olishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

    Press-tur davomida zavodda ishlab chiqariladigan turli neft mahsulotlari, jumladan, yuqori oktanli benzin (AI-80, AI-91, AI-92, AI-95, AI-98), dizel yoqilg‘isi (EKO, Yevro-4, 5), aviakerosin (Djet A-1), mazut, suyultirilgan gaz, oltingugurt, pirolizli gazolin ishlab chiqarish jarayonlari ham ko‘rsatildi.

    Asosiy ishlab chiqarish sexining markaziy boshqaruv pultida texnologik jarayonning boshqarilish jarayonlariga guvoh bo‘lishdi. Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish jarayonida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi mahsulot sifatini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratadi. Zavodda texnologik jarayonning har bir bosqichida majburiy laboratoriya sinovlari o‘tkaziladi. Zavodning markaziy tahlilxonasiga tashrif doirasida jurnalistlar va blogerlar benzinning oktan sonini aniqlash qurilmasiga katta qiziqish uyg‘otdi.

    OAV vakillarining benzinni ishlab chiqarish borasidagi, neft mahsulotlari narxlarining shakllanishi haqidagi savollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish maydonlarida javob berildi.

    Bir so‘z bilan ifodalanganda, press-tur ishtirokchilariga zavodga xomashyoni qabul qilish, qayta ishlash, neft mahsulotlarini sotish — butun ishlab chiqarish zanjirining kuzatishlariga imkon yaratildi.

    Mehmonlar korxona obyektlariga ekskursiya paytida benzin, dizel va aviatsiya yoqilg‘isi qanday ishlab chiqarilayotganini ko‘rishdi va ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari barcha talablarga javob berishiga shaxsan amin bo‘lishdi.

    Bunday tadbirlarning tashkil etilishi soha va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqot o‘rnatish, aholini tezkor va batafsil ma’lumot bilan ta’minlashga yordam beradi.

    Ma’lumot uchun

    Buxoro neftni qayta ishlash zavodining asosiy maqsadi, O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilarini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va eksportni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan. 2021-yilda zavodga jami 1 604,1 ming tonna uglevodorod xomashyolari yetkazib berilgan bo‘lib, reja 115,3 foizga, shundan 443,6 ming tonnasi (neft 136,3 ming tonna, gazkondensat 152,3 ming tonna, gazoyl 153,9 ming tonna, birlamchi benzin 1,1 ming tonna) import qilingan bo‘lib, belgilangan reja 121,5 foizga bajarilgan. Jami 1599,4 ming tonna uglevodorod xomashyolari qayta ishlangan bo‘lib, reja 115,1 foizga bajarilgan.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    12.06.2022, 10:48   Izoh (0)   11607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro shahri aholisi ichimlik suvi ta’minotidan uzilib qoldi

    12.06.2022, 10:32

    “O‘zgidromet” 12-iyun kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi

    12.06.2022, 09:16

    Farg‘onada soliqdan qarzi bor subyektlarning qariyb 48 mlrd so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi

    12.06.2022, 08:15

    Olmazorga hokim etib tayinlangan Qudratulla Rafiqov, “guruhbozlik qiluvchi sharmandali sarqitlar”, Burchmulla choyxonalarida choy yo‘q. O‘zbek matbuoti 12-iyunda n...

    12.06.2022, 07:30

    G‘azoda botayotgan quyosh, tashlandiq tunnelda yotgan bola, qirolicha yubileyidagi o‘yinchoq itlar. Hafta suratlari

    12.06.2022, 00:34

    O‘zbekistonda 3 ballik zilzila sodir bo‘ldi

    12.06.2022, 00:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50

    Gentrani zinadan tushirib haydagan yigitga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:40

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Belgiya qurollanish va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari qurishga 7,3 mlrd yevro sarflaydi

    Dunyo | 14 avgust, 20:30

    O‘zbekistonda maishiy chiqindilarning bor-yo‘g‘i 5 foizi qayta ishlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:30

    Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonliklar AQSH va Turkiyadan topildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.