Berlinda avtomobilning trotuarga chiqib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Focus.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi jarohatlangan.
Politsiya haydovchining hibsga olinganini ma’lum qildi. U piyodalar yo‘lagi tomon qasddan harakatlanganmi yoki bexosdan, hozircha noma’lum.
Baxtsiz hodisa Sharlottenburg tumanidagi Breytshaydplats maydoni yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyida 60 nafar o‘t o‘chiruvchidan iborat o‘t o‘chirish brigadasi navbatchilik qilmoqda.
Avval AQSHda yo‘ltanlamas avtomobil piyodalar ustiga bostirib borishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgandi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida 23 kishi jarohat olgan.
8-iyun kuni esa Eron sharqida yo‘lovchi poyezd ekskavator bilan to‘qnashib relsdan chiqib ketdi. Hodisa qurbonlarining soni 17 kishiga yetgan.
Izoh (0)