Rossiyalik kosmonavt Oleg Artemyev hozirgi paytda Orol dengizi koinotdan qanday ko‘rinishini namoyish qildi. Xalqaro koinot stansiyasidan olingan videoni u o‘z Telegram-kanaliga joyladi.
“XKS bortidan xayrli tong! Orol dengizi… aniqrog‘i, undan nima qolgan bo‘lsa, shuning ustidan uchib o‘tyapmiz…”, — deya videoni izohladi kosmonavt.
Sayyorada kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi bo‘lgan qit’a ichidagi dengiz-ko‘l — Orolning qurishi global ko‘lamdagi ekologik falokatga aylandi.
Orol dengizi havzasi 68,9 mingdan 8,6 ming kvadrat kilometrgacha qisqardi. Dengizning qurigan tubi — 4,5 million gektar maydondan har yili 100 million tonnagacha zaharli tuz-chang aralashmasi ko‘tariladi. U mahalliy aholi salomatligiga hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi rivojlanishiga zarar yetkazib, cho‘llar maydonini kengaytirish bilan birga, butun qit’a va hatto uning tashqarisida ham atrof-muhitni zaharlamoqda.
Mavzuga doir:
- AQSH Orolbo‘yi aholisi uchun tibbiy asbob-uskunalar va anjomlarni o‘z ichiga olgan gumanitar yordamni yubordi
- Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda
- Orol dengizi tubidan ko‘tariladigan qum va chang bo‘ronlari har yili qancha iqtisodiy zarar keltirishi ma’lum qilindi
Izoh (0)