Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2-iyun kuni Toshkentda o‘tgan muzokaralarda ko‘plab kelishuvlarga erishilgan. Ikki tomonlama munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilingan. Davlat rahbarlarining muloqoti 3-iyun kuni Xorazmda davom etgan.
Oliy martabali mehmonni Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. So‘ng davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Izoh (0)