Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 3-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Ichan qal’adagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari Ota darvozadan kirib, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi, Toshhovlini tomosha qilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Juma masjidida Qur’on tilovat etilib, duo o‘qilgan.
“Xorazmning tarixi, ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar, boy madaniyati va san’ati mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi.
Izoh (0)