• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Gipertoniya: o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 ta yanglish fikr

    Afsuski, qon bosimi, uning ko‘rsatkichlari, shuningdek, yuqori yoki past bosim bilan kurashish usuli haqida ko‘plab yanglish fikrlar mavjud. Ularning ba’zilari ochiqchasiga xavfli — salomatlik uchun ham, hayot uchun ham, deb yozadi “Noviy ochag”.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Yuqori qon bosimi — gipertoniya, bu surunkali kasalliklardan biri bo‘lib, uning ehtimoli 60 yoshdan keyin keskin oshadi va, afsuski, umrni sezilarli darajada qisqartirishi mumkin. Qon bosimi qanchalik baland bo‘lsa, yurak va qon tomirlari shunchalik ko‘p stressni boshdan kechiradi va yurak xuruji yoki insult xavfi yanada yuqori bo‘ladi. 40 yoshdan keyin shifokorlar muntazam ravishda bosim darajasini tekshirishni tavsiya qiladi va agar bir hafta yoki undan ko‘proq vaqt davomida uning qiymati 130/90 dan oshsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish kerakligini ta’kidlaydi.

    Faqat yuqori qon bosimi xavfli, agar u past bo‘lsa, xavotir olishning keragi yo‘q

    Ammo me’yordan har qanday og‘ish, hatto pasaysa ham, har doim xavflidir. Bosimning keskin pasayishi fonida ishemik insult paydo bo‘lishi mumkin va yoshi katta bo‘lgan gipotonik bemorlarda ham gipertoniya rivojlanishi mumkin. Bunda hatto kundalik bosimning biroz oshishiga ham chidash juda qiyin. Bundan tashqari, doimiy past bosimga ega bo‘lgan odamlarda ko‘pincha bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi va ular tezda charchoqni his qiladi.

    Yuqori qon bosimini ko‘z bilan aniqlash mumkin

    Ba’zida yuqori qon bosimi bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, zaiflik, ko‘ngil aynishi, yuz rangining xiralashishi va ko‘zlarning qizarishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ammo bu keskin ko‘tarilgan bosimning belgilaridir, agar gipertoniya asta-sekin o‘sib borayotgan bo‘lsa, inson o‘zida hech qanday o‘zgarishlarni sezmasligi va kasallik xavfli bosqichga kirgandan keyingina o‘zini namoyon qilishi mumkin.

    Qon bosimi uchun mo‘ljallangan dori-darmonlar faqat yuqori bo‘lganda qabul qilinishi kerak

    Afsuski, bu yondashuv sog‘liqqa butunlay putur yetkazishning eng ishonchli usulidir. Shifokor buyurgan barcha dorilar yig‘iluvchi ta’sirga ega va ular doimiy ravishda qabul qilingan taqdirdagina xavfsiz bosim darajasini saqlab turadi. Shu bilan birga, gipertoniyani davolashda eng muhim narsa tabletkalarni qabul qilish emas, balki turmush tarzini o‘zgartirishdir. Chunki bu oxir-oqibat vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.

    Gipertoniyani uy sharoitida davolash mumkin

    Agar qo‘lda kerakli dori-darmonlar va shoshilinch shifokorning ko‘rish imkoniyati bo'lmasa, bosimni tezda pasaytirish mumkin bo‘lgan ba’zi usullar mavjud. Ammo bu choralardan favqulodda yoki yiliga bir martadan ko‘p foydalanmaslik kerak. Bundan tashqari, agar buning yordami bilan qon bosimi muvaffaqiyatli me’yorga kelsa ham, birinchi imkoniyatda shifokor bilan maslahatlashish kerak. An’anaviy tibbiyotda arterial gipertoniyani davolashning haqiqiy samarali usullari mavjud emas. Shifokorga murojaat qilish qanchalik ortga surilsa, sog‘liq ham shunchalik xavf ostida qoladi.

    Yuqori qon bosimi yosh bilan bog‘liq kasallikdir, yoshlarning tashvishlanishiga hojat yo‘q

    Arterial gipertoniya hatto bolalarda ham rivojlanishi mumkin, bundan tashqari, so‘nggi yillarda ortiqcha vazn va harakatsiz turmush tarzi tufayli bolalarda ham gipertoniya holatlari ortib bormoqda. O‘troq turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish kabi zararli odatlar, irsiyat — bularning barchasi juda yosh davrda ham gipertoniya xavfini oshiradi. Shuning uchun qon bosimini muntazam tekshirib turish va biror o‘zgarish bo‘lsa, shifokorga tashrif buyurishni unutmaslik kerak.

    Mavzuga doir:

    • Organizmni ortiqcha zo‘riqtirmasdan qon bosimini qanday pasaytirish mumkin?
    • Qon bosimini nazorat qilamiz: gipertoniyadan saqlanishning 3 ta oson usuli
    • Qon bosimi past ekanligidan darak beruvchi hamda e’tibor qaratish talab etiladigan simptomlar
    • Qon bosimining oshishiga sabab bo‘luvchi 5 holat
    • Qon bosimi pasayganda qanday mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi?

    31.05.2022, 21:45   Izoh (0)   15402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Go‘sht iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    31.05.2022, 12:09

    Sog‘liq uchun xavfli: tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot

    31.05.2022, 10:56

    Hazm qilish jarayonini qanday yaxshilash mumkin? Oshqozon uchun foydali bo‘lgan 5 mahsulot

    30.05.2022, 21:32

    Lablarning qurishi organizmdagi qanday muammolardan so‘zlaydi?

    30.05.2022, 17:48

    Juda ham zararli: Oyoqlarning shikastlanishiga olib keladigan poyabzal turlari

    29.05.2022, 16:20

    Quyosh parhezi: Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi 7 ta mahsulot

    29.05.2022, 12:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.