• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Go‘sht iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

    Bugunda ham go‘shtning zarar yoki foydali ekani haqida 10 yil oldingiga qaraganda ko‘proq savollar mavjud. Go‘shtdan butunlay voz kechish kerakmi, degan savolga fan aniq javob bermaydi: agar hayvon oqsili ratsiondan butunlay chiqarib tashlansa, organizmda nima bo‘lishini aniqlash uchun Elle nashri Real Clinic mutaxassisiga murojaat qildi. Kosmetologiya, plastik jarrohlik va gormonal qarish institutining diyetologi Alena Vladimirovna Sekinaeva barcha savollarga javob berdi.

    Foto: “Caifolog.net”

    Foto: “Caifolog.net”

    “Vegetarianizm — bu go‘shtni to‘liq yoki qisman rad etishga asoslangan ovqatlanish tizimi. Vegetarianizmning mashhurligi ko‘p yillar davomida doimiy ravishda yuqori bo‘lib kelmoqda: deyarli barcha restoranlarda asosiy menyudan tashqari, vegetarian va xom taomlarning butun ro‘yxati mavjud. Quyida go‘shtni rad etishning ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqamiz”.

    Vegetarianizmning yaxshi yoki yomon ekani haqida hech qanday aniq dalil yo‘q.

    Biroq vegetarianizmning afzalliklari haqida har doim quyidagilar qayd etiladi.

    •  O‘simlik mahsulotlari kam energiya qiymatiga ega. Bir tomondan, sabzavotlarning vazn yo‘qotishga yordam berishi yaxshi, lekin bu usulning murakkabligi shundaki, to‘yinganlik hissi juda tez tark etadi.
    • Agar go‘sht butunlay sabzavot va mevalar bilan almashtirilsa, unda nafaqat teri osti yog‘ini kamaytirish, balki toksin va shlaklarni organizmdan tozalab tashlash mumkin. Organizmdagi metabolik jarayonlarni me’yorlashtirish uchun bundan yaxshiroq narsa yo‘q. Biroq go‘shtdan voz kechishning 5 kunlik kursi ba’zida detoksni muvaffaqiyatli boshlash uchun yetarli. Hayvonlarnikidan farqli o‘laroq, o‘simlik mahsulotlari nojo‘ya ta’sirlarga olib kelmaydi, ovqat hazm qilish jarayonida inson organizmini parchalanish mahsulotlari bilan zaharlamaydi.
    • Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vegetarianizm tarafdorlari gipertoniya, qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq azoblanadi.
    • O‘simlik mahsulotlari aterosklerozning rivojlanishiga hissa qo‘shmaydi, chunki ular aterogen xususiyatga ega emas.
    Go‘sht iste’mol qilmaslik semizlik, yurak-qon tomir kasalliklari va ikkinchi toifa diabet xavfini kamaytiradi.

    Ammo tanganing ikkinch tomoni ham bor. Vegetarianizmning umumiy kamchiliklari aminokislotalar, temir, rux, kalsiy, D va B12 vitaminlari, to‘yinmagan omega-3 yog‘ kislotalari va oziq-ovqat tolalarining yetishmasligidir. Bundan tashqari, o‘simlik oqsili kam aminokislota tarkibiga ega va organizm tomonidan kamroq so‘riladi. Vaqt o‘tishi bilan oqsilning jiddiy yetishmasligi immunitet va reproduktiv tizimlarning ishiga ta’sir qilishi mumkin.

    Hayvonlardan olingan mahsulotlarda o‘simliklarnikiga qaraganda temir yaxshiroq so‘riladi. Shu bilan birga, assimilyatsiya bir-biriga bog‘liq bo‘lgan omillarga bog‘liq: masalan, choy va qahva tarkibidagi tanin, donli mahsulotlar, yong‘oq, urug‘ va don tarkibidagi fitik kislota kabi temirning so‘rilishini buzadi. Bundan tashqari, soya oqsili temir bilan erimaydigan birikma hosil qilishi mumkin.

    Shuni bilish kerakki, sut va tuxumlar temirning yetarli manbai emas, shuning uchun lakto-vegetarianlar va vegetarianlarda temir tanqisligi kuzatiladi.

    O‘simlik mahsulotlari omega-6 yog‘ kislotalariga boy, ammo omega-3 ularda kam. Omega-3 yog‘ kislotalari, jumladan, eikosapentaenoik kislota (EPK) va dokosaheksaenoik kislota (DHA) yoki ularning proformasi, alfa-linolenik kislota (ALA) yurak-qon tomir, ko‘z va miya rivojlanishi uchun muhimdir. Agar biror kishi baliq, tuxum yoki ko‘p miqdorda dengiz o‘tlarini iste’mol qilsa, unda omega-3 yog‘ kislotalarining yetishmasligi muammosi paydo bo‘lmaydi.

    Muammoni qanday hal qilish mumkin: agar ratsionda dengiz mahsulotlari va tuxum bo‘lmasa, unda zig‘ir urug‘i, yong‘oq, soya kabi alfa-linolenik kislotaning yetarli manbalarini o‘z ichiga olishiga e’tibor qaratish lozim. Tegishli qo‘shimchalar yoki tayyor nonushta bilan boyitilgan soya sutidan foydalanish mumkin.

    Vegetarianlar ratsionida qanday oqsillar bo‘lishi kerak?

    O‘simlik va hayvon oqsillari o‘rtasidagi asosiy farq aminokislotalarning tarkibidir.

    Hayvonlardan olingan mahsulotlar barcha muhim aminokislotalarni o‘z ichiga oladi, o‘simlikda esa bir yoki bir nechta muhim aminokislotalarning yetishmasligi mavjud mumkin. Bunday holda sut mahsulotlari, soya iste’mol qilish kerak, kerakli aminokislota tarkibi bilan sun’iy ravishda boyitilgan mahsulotdan foydalanish lozim.

    Rux hayvonlar va o‘simlik mahsulotlarida mavjud. Biroq donli mahsulotlar, yong‘oq, urug‘ va soyalarda mavjud bo‘lgan fitik kislota ruxning biologik mavjudligini kamaytiradi. Mahsulotlarga ishlov berishning maxsus usullari — suvga bo‘ktirish va pishirish kukuni yordamida ivitish — fitik kislotani kamaytiradi va ruxning biologik mavjudligini oshiradi.

    Vegetarianlarda kalsiy yetishmovchiligi muammosi kalsiyning so‘rilishini kamaytiradigan moddalarga (oksalatlar va fitik kislotalar) va peshobda kalsiyning ko‘payishiga yordam beruvchi o‘simlik oqsillariga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Bu muammo vegetarianlarda ko‘proq aniqlanadi, chunki lakto-vegetarianlar sut va sut mahsulotlaridan yetarli miqdorda kalsiy olishlari mumkin.

    Yuqorida aytilganlardan vegetarianlar kalsiy yetishmovchiligidan aziyat chekishlari shart emasligini tushunishi kerak, ammo agar bu muammo aniqlansa, oziqlanish xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.

    Kalsiyga boy, ammo oksalat va fitik kislotasi kam bo‘lgan mahsulotlarga  karam, xantal barglari, sholg‘om, brokkoli, quritilgan anjir kiradi. Ammo bu mahsulotlar bilan ham organizmning kalsiyga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldirish qiyin: buning uchun ularni juda ko‘p miqdorda iste’mol qilish kerak.

    Faqat sut mahsulotlari va tuxumlarda B12 vitamini yetishmasligini hisobga olsak, barcha vegetarianlar uning tanqisligidan aziyat chekishi tabiiy. Shunga ko‘ra, har kuni B12 vitaminini boshqa manbalardan olish kerak: dori shaklida yoki sun’iy ravishda boyitilgan mahsulotlar bilan.

    Mavzuga doir:

    • Qarishning tezlashishi, ko‘krak saratoni va qizil go‘shtni kamroq iste’mol qilish uchun boshqa sabablar
    • Sut mahsulotlarini iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
    • Organizmning qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

    31.05.2022, 12:09   Izoh (0)   22445
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sog‘liq uchun xavfli: tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot

    31.05.2022, 10:56

    Hazm qilish jarayonini qanday yaxshilash mumkin? Oshqozon uchun foydali bo‘lgan 5 mahsulot

    30.05.2022, 21:32

    Lablarning qurishi organizmdagi qanday muammolardan so‘zlaydi?

    30.05.2022, 17:48

    Juda ham zararli: Oyoqlarning shikastlanishiga olib keladigan poyabzal turlari

    29.05.2022, 16:20

    Quyosh parhezi: Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi 7 ta mahsulot

    29.05.2022, 12:58

    Organizmni ortiqcha zo‘riqtirmasdan qon bosimini qanday pasaytirish mumkin?

    27.05.2022, 14:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” va “Botafogo” keyingi bosqichda. “Atletiko” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 24 iyun, 07:44

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.