Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi o‘limning asosiy sabablaridan biri  yurak-qon tomir kasalliklari hisoblanadi: yurak xuruji yoki yurak ishemik kasalligi va insult. Bu holatlarning barchasi ko‘p narsalar bilan bog‘liq — masalan, yuqori qon bosimi, ya’ni 120/80 dan ortiq bo‘lganda. Qon bosimi ayyor, darrov sezilmaydigam va xavfli kasallik. Ertami-kechmi u buyraklar, ko‘z to‘r pardasi, miya va yurak faoliyatini ishdan chiqaradi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ortiqcha xavotirlarsiz qon bosimini qanday pasaytirish mumkin?

Bunday odatlarga o‘rganishingiz uchun o‘zingizning minimal asosiy liniyangizni tushunib olishingiz kerak. Bu — siz aniq bajara oladigan va o‘zingizdan mamnun bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan miqdor va yondashuv. Misol uchun, haftada bir marta 19.00 dan keyin shirinlik iste’mol qilmang. Bu miqdorni ko‘tarish mumkin, lekin asosiysi, o‘zgarishlar natijasini his qilishdir.

Xavf omillari bilan qanday kurashish kerak?

Bosimni o‘lchashni odat qilib olganingiz ma’qul. Bunga tanangiz haqida ko‘proq ma’lumot olishga bo‘lgan qiziqishingiz yordam berishi mumkin.

Yuqori bosim sezilmaydi, shuning uchun uni tekshirish muhimdir. Agar u 120/80 dan yuqori bo‘lsa, tashvishlanishga arziydi. Keyin esa hayot tarzingizni o‘zgartirishni boshlang.

Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish

Agar alkogolni tashlashga qiynalsangiz, sekin-astalik bilan bu odatdan voz keching, ammo birdaniga emas. Birinchi kun oz miqdorda ichsangiz, keyingi kuni do‘stlaringiz bilan kinoga borishingiz yoki futbol o‘ynashingiz mumkin.

Qahvaga bo‘lgan muhabbat

Agar qahvani yaxshi ko‘rsangiz, kofeinsizidan ham ichib ko‘ring. Odatda ichadiganingizdan har kuni bir stakan kamaytirib boring. Yozda esa muzli qahva o‘rniga yangi apelsin sharbati iching. Xuddi shu narx, lekin zarari kamroq.

Stress

Bundan tashqari, radikal yechimlarsiz stress darajasini ham biroz kamaytirish mumkin. Agar ishingizni o‘zgartirishni yoki psixoterapevt bilan ishlashni xohlamasangiz, kechqurun piyoda yurishga harakat qiling, oyda bir marta hammomga boring yoki haftada kamida bir marta vanna qabul qiling.

Kamharakat turmush tarzi

Millionlab YouTube videolari yordamida sport bilan uyda shug‘ullanishingiz mumkin: fitnes, yoga, pilates, raqs. Uyda uyaladigan hech kim yo‘q va ba’zan mashg‘ulotlar orasida tanaffus qila olasiz — hech qanday murabbiy sizga bosim o‘tkazmaydi. Hamkasblaringiz bilan yugurishingiz va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlashingiz ham yaxshi tanlov.

Sho‘r ovqatlarga bo‘lgan muhabbat

Tuzni biroz kamaytirish mumkin. Agar tuzdan butunlay voz kechsangiz, shunchaki apatiyaga tushib qolasiz. Axir, u taomlarga maza beradi. Sho‘rva yoki makaronli taomlarda tuz miqdorini kamaytirsangiz, o‘zgarishni unchalik sezmaysiz. Bunga juda tez ko‘nikasiz, keyin chipslar nihoyatda sho‘r bo‘lib tuyuladi.

Sabzavot va mevalar yetishmasligi

Xuddi shu qoida diyetangizga sabzavot va mevalarni qo‘shish uchun ishlaydi. Sekin-asta selderey yoki brokkoli emas, balki o‘zingizga juda yoqadiganlarini iste’mol qiling.

Ortiqcha vazn

Agar vazn yo‘qotishingiz kerak bo‘lsa, kam ovqatlanish va ko‘proq harakat qilish yetarli ekanligini unutmang. Porsiyalarni asta-sekin kamaytirishingiz, shirinliklardan voz kechish uchun minimal miqdorni topishingiz va har kuni kechqurun kamida 30 daqiqa yurishga harakat qilishingiz kerak.

Yomon tush

Uxlash gigiyenasiga rioya qiling. Telefonni yotishdan yarim soat oldin bir chetga surib qo‘ying. Buning o‘rniga kitob o‘qing. Bir necha sahifadan so‘ng uxlab qolasiz.

Yuqori qon bosimi bir kunmas bir kun g‘olib kelishi mumkin, ammo bu tuzni butunlay tashlab yuborib, hayotning barcha zavqlaridan voz kechishingiz kerak degani emas. Oddiy yechimlar bilan uni biroz yengillashtiring. Shunday qilingki, bir kun kelib 100 yoshga kirganingizda, tanangizga bo‘lgan bunday g‘amxo‘rlik va muhabbat uchun o‘zingizdan minnatdor bo‘ling.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi