• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen mahsuloti to‘liq ichki bozorga realizatsiya qilinmoqda

    “O‘zbekneftgaz” AJ Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlashga mo‘ljallangan yurtimizdagi birinchi yirik korxona hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yildagi “Polietilen ishlab chiqaradigan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barpo etilib, 2001-yil 21-dekabrda ishga tushirildi.

    Yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan majmuada 2002-yildan boshlab UzClear® tovar belgisi ostida birinchi o‘zbek polimeri ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Majmuada birinchilardan bo‘lib ISO 9001 va OHSAS 18001 xalqaro standart tizimi muvaffaqiyatli joriy etildi.

    Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi texnologiyasi 150 markadagi yuqori, o‘rta va past bosimli, chiziqli polietilen ishlab chiqarishga imkoniyati mavjud bo‘lib, yiliga 4,0 milliard kub metr quyidagi tabiiy gaz xomashyosini qayta ishlash quvvatiga ega:

    • 3,5 milliard kub metr tozalangan gaz;
    • 125 ming tonnadan ortiq polietilen granulalari;
    • 110 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gaz;
    • 90 ming tonnadan ortiq gaz kondensati;
    • 1 ming tonna oltingugurt mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
    O‘tgan 2021-yilda majmua tomonidan 4,2 milliard kub metr tabiiy gaz xomashyosi qayta ishlanib, 135,2 ming tonna polietilen granulalari, 3,5 milliard kub metr tozalangan gaz, 117,5 ming tonna suyultirilgan gaz, 103,6 ming tonna gaz kondensati, 1,1 ming tonna oltingugurt mahsulotlari ishlab chiqarilib, mahsulotlarning yillik ishlab chiqarish rejasi o‘rtacha 103 foizga bajarildi.

    Shuni aytish lozimki, so‘nggi yillarda ichki bozorda talabning keskin oshishi tufayli majmua tomonidan ishlab chiqarilgan polietilen mahsuloti to‘liq ichki bozorga realizatsiyasi qilinmoqda.

    “O‘zbekneftgaz” AJ va majmua mutaxassislari tomonidan operatsion samaradorlikni oshirish bo‘yicha barcha faoliyat yo‘nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, yuqori ko‘rsatkichlarni yillar mobaynida barqarorligini ta’minlashga erishilmoqda. Xususan, Ernst&Young kompaniyasi bilan olib borilayotgan amaliy ishlar tufayli polietilen markalarini ishlab chiqarishda o‘tish davrini va texnologik qurilmalarning ta’mirlash vaqtlarini optimallashtirish orqali majmuaning uzluksiz ishlashi ta’minlanmoqda.

    Respublikaga 2021-yilda importdan kirgan polimerlar tahlili (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra) shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan yiliga 490 ming tonna polietilen va 90 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilishiga qaramasdan, turli xil ko‘rinishda polietilen hamda polipropilen granulalari va undan olinadigan buyumlar ko‘rinishida 83,96 million dollar (59 ming tonna) polietilen va 91,47 million dollar (93 ming tonna) polipropilen Rossiya, Eron, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi davlatlardan import qilingan. Oldingi 5 yilga nisbatan import qilingan polietilen hajmi 2,5 barobarga va polipropilen hajmi esa 1,4 barobarga mos ravishda ortgan.

    Shu sababdan ichki bozorda mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida tayyor neft gaz-kimyo mahsulotlari hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish, import o‘rnini bosish hamda respublikaning eksport salohiyatini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq “Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Loyiha Uzbekistan GTL MChJda ishlab chiqariladigan yillik 430 ming tonna sintetik naftani chuqur qayta ishlash orqali importdan olib kelinayotgan va bugungi kunda muqobili bo‘lmagan qiymati 550 million dollar bo‘lgan 280 ming tonna truba, plenka, puflangan, quyma polietilen markalarini hamda 100 ming tonna gomo, quyma, trubalar uchun polipropilenning yangi markalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 800 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

    Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, respublikada gaz-kimyo sohasini rivojlantirish, mahalliy xomashyolar asosida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqaligina mamlakatimizning polimerlar xomashyosiga bo‘lgan mustaqilligini ta’minlash bilan bir qatorda, sohadagi kichik va o‘rta biznes subyektlarining kelajakda barqaror ishlashiga, rivojlanishiga mastahkam zamin yaratiladi va shu turdagi mahsulotlar eksport hajmi oshadi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    27.05.2022, 19:12   Izoh (0)   9390
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi” — Shavkat Mirziyoyev

    27.05.2022, 19:10

    Veterinariya qo‘mitasida ehtimoliy korrupsion holatlar o‘rganilmoqda — Namanganda qoramol uchun ajratilgan 400 million so‘m subsidiyani noqonuniy o‘zlashtirish bo‘...

    27.05.2022, 18:57

    Namanganda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari kuni ro‘y bergan YTHda 7-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

    27.05.2022, 18:18

    O‘zbekistonda aprel oyida “dostavka” xizmatining narxlari oshdi

    27.05.2022, 17:23

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun pastladi

    27.05.2022, 16:58

    O‘zbekistonda elektr energiyasining 200 kilovattdan ortgan qismi uchun 7,5 ming so‘mdan to‘lovlar undirilishi rad etildi

    27.05.2022, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.