Futbol bo‘yicha Qozog‘iston chempionatining 12-turida “Tobol” va “Maktaaral” jamoalari 22-may, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda Kostanay klubi ishonchli hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda “Tobol”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeyev dublga erishdi. Igor jamoasining birinchi va uchinchi gollariga muallif bo‘ldi.
Uchrashuvda Sergeyev asosiy tarkibda tushib to‘liq harakat qildi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisining joriy mavsumdagi gollari soni 5 taga yetdi.
Mazkur g‘alaba evaziga “Tobol” ochkolarini 18 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Maktaaral” (9) so‘nggi 14-pog‘onada bormoqda.
Premyer Liga
12-tur bahsi
22-may, yakshanba
Izoh (0)