Yevropa Komissiyasi sanksiyalardan bo‘yin tovlashni Yevropa Ittifoqida (YI) jinoyat deb hisoblashni taklif qiladi, deb xabar bermoqda Politico manbalarga tayanib.
Yevrokomissiya bu taklifni ikki hafta ichida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Komissiyaning fikricha, bu YI a’zolariga Rossiyaga qarshi sanksiyalar ostida muzlatilgan aktivlarini musodara qilishni osonlashtirishga yordam beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu tashabbus shartnomaning davlatlarga ta’sir qilishi jihatidan Yevroparlament bilan kelishilgan holda ilgari surilgan.
Aktivlarni musodara qilish milliy qonunchilik darajasida hal qilinishi kerak. Bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida farqlanadi.
Yevrokomissiya tomonidan ishlab chiqilayotgan chora jarayonni soddalashtiradi. Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqining barcha a’zolari, shuningdek, Yevroparlament deputatlarining ko‘pchiligi tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi kerak bo‘ladi.
YIdagi sanksiyalar doirasida aprel oyi boshida Rossiyaning qariyb 30 mlrd yevrolik aktivlari musodara qilindi.
Avvalroq AQSH yana bir rossiyalik milliarderga tegishli 325 mln dollarlik yaxtani musodara qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)