• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bayden Ukraina uchun lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu nimani anglatadi?

    Bayden Ukrainaga qurol yetkazib berishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. 

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    AQSH qonunchilari ittifoqchilarga uzoq muddatli kreditlar yoki harbiy texnikani ijaraga berishga ruxsat beruvchi Ikkinchi jahon urushi qonunini qayta tiklamoqda. 

    Qonun AQSH prezidentiga 2022- va 2023-moliya yillari uchun mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va tinch aholini himoya qilish uchun mudofaa aktivlarini vaqtincha foydalanish yoki ijaraga berish to‘g‘risida Ukraina hukumati bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha kengaytirilgan vakolatlarni beradi. 

    Shunga o‘xshash qarorlar Amerika hukumati tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi urushi ta’sir ko‘rsatgan Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan qabul qilinishi mumkin.

    Tarixiy tajriba

    Amerikaning lend-liz to‘g‘risidagi qonuni 1940-yilda natsizmga qarshi kurashda Fransiya va Britaniya ekspeditsiya kuchlari mag‘lubiyatga uchraganidan keyin paydo bo‘ldi. 

    1941-yil yanvar oyida ushbu qonun Prezident Franklin Ruzvelt tomonidan Kongressga taklif qilingan. Qonun loyihasining maqsadi ssuda va ijara asosida jang qilayotgan ittifoqchilarga yordam berish edi.

    Bungacha Qo‘shma Shtatlarda urishayotgan davlat bilan faqat naqd pul evaziga savdo qilishga ruxsat beruvchi qonun mavjud edi.

    Ruzvelt qonunchilarga o‘z taklifini shunday tushuntirdi:

    Faraz qilaylik, qo‘shnimning uyi yonib ketdi va menda 15 dollarlik bog‘ shlangi bor. Qo‘shnim buning yordamida yong‘inni o‘chira oladi. Men qo‘shnimga 15 dollar to‘lashini aytmagan bo‘lardim — bu menga kerak emas, yong‘in o‘chganida shlangni qaytarib olaman, xolos.
    Shunday qilib, 1941-yil mart oyida mudofaasi Qo‘shma Shtatlar xavfsizligi uchun muhim deb hisoblangan mamlakatga har qanday sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini “sotish, o‘tkazish, almashtirish, ijaraga berish, qarz berish yoki boshqa yo‘llar bilan yetkazib berish” imkonini beruvchi lend-liz qonuni qabul qilindi. Qonun Ruzvelt tomonidan imzolandi.

    Avvaliga qonun faqat Buyuk Britaniya va Gretsiyaga tegishli edi. Ammo 1941-yil noyabriga kelib, SSSR ham bu ro‘yxatga qo‘shildi.

    Tanklar bo‘yicha tarixchi Mixail Baryatinskiy Sovet Ittifoqi AQSH, Angliya va Kanadadan 10 395 tank olganligini hisoblab chiqdi. Natijada, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan yetkazib berilgan tanklarning ulushi Sovet ishlab chiqarishining qariyb 16 foizini tashkil qilgan. 

    AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada SSSRga 477 785 dona avtomobil yetkazib bergan — bu o‘sha paytda Sovet Ittifoqida ishlab chiqarish sonidan 2,3 baravar ko‘p. Uskunalardan tashqari, telefon kabellari va telefonlar, radiolokatsion stansiyalar, neft mahsulotlari, porox, portlovchi moddalar va ularning butlovchi qismlari keng miqyosda olib kelingan. AQSH SSSRga 610 ming tonna shakar va 664,6 ming tonna go‘sht konservasini topshirgan.

    Urush yillarida SSSR Buyuk Britaniya, AQSH va Kanadadan jami 13 mlrd dollarga yaqin yuklarni oldi, shundan 11,3 mlrd dollari AQSHdan keldi.

    Shu bilan birga, kredit foizsiz bo‘lib, urush paytida yo‘q qilingan, yo‘qolgan yoki foydalanilgan harbiy texnika va turli materiallar uchun to‘lanmaydi. 

    Urushdan keyin qolgan va fuqarolik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli mol-mulk to‘liq yoki qisman to‘lanishi kerak edi.

    Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR qarzni to‘lash uchun AQSH bilan uzoq muzokaralar olib bordi. 

    Amerikaliklar omon qolgan fuqarolik jihozlari uchun amortizatsiyani hisobga olgan holda Sovet Ittifoqining 2,6 mlrd dollar qarzi borligini hisoblab chiqdi. 

    Keyinchalik bu miqdor ikki baravar kamaytirilib, 1,3 mlrd dollarga yetkazilgan. Biroq SSSR bunga rozi bo‘lmaydi. 

    Kreditor davlatlarni birlashtirgan Parij klubiga oxirgi to‘lov 2006-yil 21-avgustda amalga oshirilgan.

    11.05.2022, 18:31   Izoh (0)   40670
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Shri-Lankada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda

    11.05.2022, 17:39

    Rossiya iqtisodiyoti oyoqqa turdi. Bunga bir nechta sabab bor — The Economist

    11.05.2022, 15:51

    Donbassdagi minalangan yo‘llar. “Azovstal”ning yarador himoyachilari. Urushning 76-kunidan fotoreportaj

    11.05.2022, 15:06

    Finlyandiya va Shvetsiya kelasi hafta bir vaqtda NATOga a’zolik uchun ariza topshirishi mumkin — OAV

    11.05.2022, 14:35

    Vengriyada mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident o‘z lavozimiga kirishdi

    11.05.2022, 14:11

    “Onam meni dunyoga keltirgani menga qilingan eng katta yaxshilik bo‘lgan”. Morgan Frimen bilan suhbat

    11.05.2022, 13:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.