Bahodir Qodirov Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Qodirov 1976-yilda Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Bundan oldin Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlangani, Qashqadaryo viloyatining bosh soliqchisi Murodjon Azimovga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani, O‘rta Chirchiq tumaniga yangi hokim tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)