Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda Nasafnews xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2022-yilning 7-may kuni sodir bo‘lgan.
2005-yilda tug‘ilgan E.Sh. (o‘g‘il bola) darsdan so‘ng uyi yaqinidan o‘tgan magistral kanalga cho‘milish uchun tushib, suv ko‘p kelishi oqibatida cho‘kib, halok bo‘lgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, baxtsiz hodisa Nishon tumani “Shirinobod” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tekshiruv o‘tkazayotgani aytilmoqda.
Bundan avval Qashqadaryoda 16 va 14 yoshli qizlar o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)