Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qashqadaryo hokimi Murodjon Azimovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Alisher Qodirov.

Alisher Qodirov.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Avvalroq sobiq o‘rinbosar Nodir Erkayev viloyatning Chiroqchi tumaniga rahbar etib tayinlangani xabar qilingandi.

Hokimlik axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning ma’lumot berishicha, ayni kunga qadar viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Qodirov Alisher Abdulahatovich viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Alisher Qodirov 1975-yil Qarshi shahrida tug‘ilgan bo‘lib, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi