• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    10 ming so‘mlik chaqaloqlar, fuqarolar urushi ostonasidagi Tojikiston, Hajga otlanganlar bilishi lozim bo‘lgan taqiqlar. O‘zbek matbuoti 7-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    Dushanbening Shohidon maydonidagi muxolifat tarafdorlari, 1992-yil, may.

    Dushanbening Shohidon maydonidagi muxolifat tarafdorlari, 1992-yil, may.
    Foto: “News.tj”

    90 yil avval. 7-may, shanba

    1932-yil 7-may kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    60 yil avval. 7-may, dushanba

    1962-yil 7-may kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    30 yil avval. 7-may, payshanba

    Barcha markaziy gazetalarning birinchi sahifasidan o‘rin olgan xabar — O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rahim Rajabov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat kotibi etib tayinlangan. Rahim Rajabov ushbu lavozimda ishlagan birinchi va so‘nggi amaldor hisoblanadi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    Haj safariga tayyorgarlik qizg‘in. Shu munosabat bilan “Movaraunnahr musulmonlari diniy boshqarmasi (hozirgi O‘zbekiston musulmonlari idorasi) fuqarolarning Saudiya Arabistoniga ziyoratini uyushtirishda yordam berish xususida O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilgan”. Ushbu murojaat asosida Vazirlar Mahkamasi farmoyish qabul qilgan (diniy idora hukumatga bunday murojaat qilish sabablarini esa avvalroq prezident maslahatchisi Baxtiyor Nazarov tushuntirib bergan edi):

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    “Buni nafaqat Haj safariga tayyorgarlik ko‘rayotganlar, balki Saudiya Arabistoniga boruvchi barcha yo‘lovchilar bilishi shart” deyiladi “Toshkent oqshomi”dagi tagsarlavhada. O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Saidazim Oripovning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoniga, masalan, spirtli ichimliklar, xochlar (xochga o‘xshash buyumlar), qovurilgan va pishirilgan go‘sht (ayniqsa, cho‘chqa go‘shti), g‘ayridin xudolarning tasviri ishlangan suratlarni olib kirish taqiqlangan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    2016-yildan keyingi davrda O‘zbekistondagi aeroport va vokzallarda namozxonalar tashkil etilishi katta voqea bo‘ldi. Vaholanki, bundan 30 yil avval ham shunday amaliyot bo‘lgan — Toshkent Janubiy vokzalida 20 namozxonga mo‘ljallangan namozxona ochilgani haqidagi “Vokzalda namozxona” xabari bunga dalil.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasida “‘Mitti qochoqlar’ni kim ushlaydi?” sarlavhali maqola berilgan. Maqola Namangan viloyatida yetim qolgan chaqaloqlarni farzandlikka berish tartiblarining buzilishi — oddiy qilib aytganda, chaqaloqlar savdosi haqida. “Hali yorug‘ dunyoga kelmagan chaqaloqlar ‘chopqillab qochib’ ketishyapti: Sovet rayoni tug‘uruqxonasidagi uch qiz va bir o‘g‘il bola tug‘ildiyu, jo‘nab qoldi. Mana, bir yildirki, ularni hech kim topolmaydi”. Maqolada ta’kidlanishicha, “ba’zi odamlar farzandlikka bola olish uchun 7—10 yil navbat kutadilar. Bugungi kunda Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limida 300 kishi farzand uchun navbatda turibdi. Tug‘uruqxonalarda esa yiliga 8—9 chaqaloq ‘egasiz’ bo‘ladi. Aslida esa...”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    Yana ikki yarim oydan so‘ng Barselonada 25-Yozgi Olimpiada boshlanadi. Unda MDH olimpiyachilaridan iborat Birlashgan jamoa tarkibida o‘zbekistonlik sportchilar ham qatnashadi. “Xalq so‘zi” O‘zbekistonndan kimlar musobaqada ishtirok etishiga qiziqqan. “Kuni kecha (O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat) komiteti rahbariyati musobaqalarda erishilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olib, Barselonaga borishi mumkin bo‘lgan 21 nomzodni tavsiya qildi”, deydi qo‘mita ijroqo‘mi a’zosi Itskov. Nomlari keltirilgan sportchilar orasida keyinchalik O‘zbekiston iftixoriga aylangan Oksana Chusovitina va Artur Grigoryan kabilar bor. Ammo shu 21 kishining bari Olimpiadada qatnashishi hali to‘la kafolatlanmagan — Itskov buning sabablarini tushuntirgan (asosiysi, Chusovitina va Grigoryan Barselonaga borgan — ikkinchi bosqichda kurashdan chiqib ketgan Arturdan farqli o‘laroq, Oksana oltin medal egasiga aylangan).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    Oldinga o‘tib shuni aytish mumkinki, Oksana Chusovitina jamoadoshlari bilan birga qo‘lga kiritgan oltin MDH termasining 45 oltindan biri edi — Barselona Olimpiadasida hech qaysi jamoa bunchalik ko‘p oltin medalni qo‘lga kiritmagan. MDHlik sportchilarning Olimpiadadagi natijalariga, albatta, havas qilsa arziydi. Ammo Olimipada arafasida MDHning turli mintaqalaridagi siyosiy vaziyatga havas qilib bo‘lmasdi. Masalan, 5-may kuni Qrim o‘z mustaqilligini e’lon qilgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    Xuddi shu kuni Tojikiston prezidenti Rahmon Nabiyev “vaziyat g‘oyat keskinlashganligi munosabati bilan va jamoat tartibini ta’minlash maqsadida” Dushanbeda favqulodda holat e’lon qilib, komendantlik soatini joriy etgan; Dushanbe garnizonining barcha qismlari jangovar shay holatga keltirilgan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    Ammo favqulodda holat va komendantlik soatidan naf bo‘lmagan — muxolifat 5-mayning o‘zida televideniye va Prezident saroyini ishg‘ol qilgan, turli ma’lumotlarga ko‘ra, aeroport ham muxolifatchilar qo‘lida. “Tojikistonda oppozitsiya ham, hukumat tarafdorlari ham fuqaro urushi xavfi borligi haqida ogohlantirgan edilar. Chamasi, shu xavf yaqinlashib qoldi”, deb yozadi “Toshkent oqshomi” gazetasi “ITAR-TASS” axborotiga tayanib. Umuman olganda, o‘zbek gazetalari Tojikistondagi joriy vaziyatga katta e’tibor qaratgan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    Tojikistonga qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat ham dolzarb. Xabar berishlaricha, Pokiston Xalq milliy partiyasi Abdul Valixon Islomobod, Vashington va BMTga murojaat qilib, “mamlakatda qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqqan” Afg‘oniston sobiq prezidenti Najibulloning xavfsizligini ta’minlashga chaqirgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 7-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Musobaqa g‘olibiga bepul Haj yo‘llanmasi, O‘zbekistonni to‘liq radiolashtirish vazifasi, yolg‘on ma’lumot uchun ikki yilga kesilgan mudir. O‘zbek matbuoti 6-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Otuvga hukm qilingan novvoylar, Parkentga may oyida yog‘gan qor, amerikaliklar yordamisiz jilovlangan Mingbuloq. O‘zbek matbuoti 5-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Toshkentda 100 ming kishilik namoyish, ishsizlik nimaligini tushuna boshlagan O‘zbekiston, Los-Anjelesda isyon. O‘zbek matbuoti 4-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    07.05.2022, 07:30   Izoh (0)   53870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uyqudan avval smartfonga qaramay yotishni qanday o‘rganish mumkin?

    Maslahatlar | 17 iyun, 20:20

    Qonli qirg‘in. Shifokorlar Eron shifoxonalaridagi holatni tasvirlab berdi

    Dunyo | 17 iyun, 20:10

    O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi: Front orti buyrug‘i tomonidan ogohlantirish tartibi yangilandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 20:00

    “Nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qilish uchun kuch ishlatish vositalaridan foydalanish o‘zini oqlamaydi va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” – Sh...

    O‘zbekiston | 17 iyun, 19:58

    Harvi Vaynshteyn Gollivud yulduzlarining asl yuzini fosh etadigan kitob yozmoqchi

    Kino | 17 iyun, 19:45

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 19:30

    Instagram’dagi sahifasidan ham mo‘may pul ishlab topadigan hindistonlik mashhurlar

    Layfstayl | 17 iyun, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.