Bugungi kunda barcha sohalar qatori xizmat ko‘rsatish sohasi ham rivojlanib, insonlarning ehtiyoji uchun moslashtirib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabarida aytiladi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Jumladan, Chilonzor tumanidagi “Toshkent” avtovokzali ham rekonstruksiya qilindi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Vokzal eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, dispetcherlik xizmati, chiptaxona, kutish zali va VIP zalda yo‘lovchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, savdo do‘konlari ochildi.

Eng quvonarlisi esa, ayollar va erkaklar uchun alohida namozxona va tahoratxonalar yo‘lovchilarga xizmat qilmoqda. Shuningdek, namozxonalarda Islomiy adabiyotlar kutubxonasi ham mavjud.

Bugungi kunda Toshkentdan Yangiyer, Zomin, Samarqand, Zarafshon, Kattaqo‘rg‘on, Xatirchi, Uchquduq, Termiz, Denov, Buxoro, Qorako‘l va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kuniga 10 dan ortiq mahalliy reyslar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, avtovokzaldan 12 ta xalqaro yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati