• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Otuvga hukm qilingan novvoylar, Parkentga may oyida yog‘gan qor, amerikaliklar yordamisiz jilovlangan Mingbuloq. O‘zbek matbuoti 5-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 5-may, payshanba

    5-may — “Pravda”dan boshqa sovet gazetalari Sovetlar mamlakatining bosh gazetasi — “Pravda” sharafiga madhiyalar e’lon qiladigan kun. Mamlakatda “Pravda”ning “tug‘ilgan kuni” Sovet matbuoti kuni deb ham e’lon qilingan. 1932-yilda ahvol hali unchalik yomon emas — to‘rt sahifalik “Qizil O‘zbekiston”ning atigi yarmi 20 yoshga to‘lgan “Pravda” va umuman sovet matbuoti madhiga bag‘ishlangan, xolos.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 5-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 5-may sonidan lavha

    Qolgan sahifalarda, har doimgidek, paxta ekish va pilla yetishtirishning borishi, bu boradagi “o‘pirilishlar va ko‘zbo‘yamachiliklar”, qaysidir bir kolxozlarni yot unsurlar bosgani haqidagi shikoyatnomalar va yana boshqa sovxozlar shunday yot unsurlardan tozalangani haqida tantanavor hisobotlardan iborat. Ayni vaqtda, mana bunday qisqa axborotlar ham uchraydi (Badriddinov ishi bo‘yicha sud boshlanish arafasida ekani haqida avval yozilgan edi):

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 5-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 5-may sonidan lavha

    Gazetaning keyingi sahifalarida “Osiyoxleb”ning “iqtisodiy aksilinqilobda ayblangan” sobiq xodimlariga nisbatan sud tomonidan chiqarilgan hukmlar haqida qisqa axborot berilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu ish bo‘yicha ayblangan 10 kishi (ularning familiyasi xabarda birma-bir sanab o‘tilgan) “sotsial himoyaning eng oliy chorasi — otilishga hukm qilingan”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 5-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 5-may sonidan lavha

    60 yil avval. 5-may, shanba

    Yuqoridagi “1932-yilda ahvol hali unchalik yomon emas” degan gap — bu 1962-yilgi sovet gazetalariga taqqoslab aytilgan gap. “Qizil O‘zbekiston”ning 1962-yil 5-may sonini 95 foizga “Pravdanoma” deb atasa bo‘ladi. Gazeta muqovasida O‘zbekiston xalq rassomi Kaydalov 50 yoshga to‘lgan “Pravda”ga atab chizgan chizgan plakat:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-may sonidan lavha

    Surat ostida esa “qadrdon gazetamiz — ‘Pravda’ni, hayotimizning shonli yo‘ldoshini uning shonli yubileyi bilan quvona-quvona tabriklagan” O‘zbekiston yozuvchilarining tabriknomasi (yozuvchilar ro‘yxatida Oybek, G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Maqsud Shayxzoda, Asqad Muxtor, Izzat Sulton, Ramz Bobojon kabilar bor):

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-may sonidan lavha

    “Pravda”ga aloqador bo‘lmagan ikki xabardan biri — AQSh prezidenti Jon Kennedi Oq uyda sovet kosmonavti German Titovni qabul qilgani haqida. “Mayor Titov, — dedi Jon Kennedi. — Amerika xalqi kabi men ham Sizni Qo‘shma Shtatlarda tabriklashim bilan juda xursandman. Men Sizning jasoratingizga qoyil qoldim”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-may sonidan lavha

    30 yil avval. 5-may, seshanba

    Agar Mustaqillik bo‘lmaganida, shubha yo‘qki, 1992-yilgi O‘zbekiston gazetalari “Pravda”ning 80 yilligiga bag‘ishlangan qasidalar bilan to‘lgan bo‘lardi. Baxtimizga, “Xalq so‘zi” va “O‘zbekiston ovozi” kabi markaziy gazetalarning 1992-yil 5-may sonidagi bosh material — Mingbuloqdagi neft favvorasi bo‘ysundirilgani va prezident Karimov neftchilarni bu muvaffaqiyat bilan tabriklagani haqidagi axborot.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    Avval yozilganidek, 1992-yil aprel oyining oxiri — may oyining boshlari O‘zbekiston uchun og‘ir kelgan — tinimsiz va kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida mamlakatning ko‘plab hududlarida toshqinlar yuz bergan. Prezident Islom Karimov tabiiy ofatlardan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlar — Qashqadaryo va Buxoroga o‘zi borib, vaziyatni o‘rgangani haqida xabarlar berilgan. Gazetalar bu safar davlat rahbarining Jizzaxga qilgan shunday safari haqida axborot bergan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    Tabiat injiqliklari esa davom etmoqda — 2-may kuni Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida qor yoqqan, Xorazm viloyatida esa havo harorati 0 darajadan ham pasayib ketgan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi”ning xabar berishicha, aprel oyining oxiri — may oyining boshida Toshkent shahrida kamida 16 kishi qo‘ziqorindan zaharlangan, ulardan kamida bir nafari vafot etgan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    Jurnalist Jaloliddin Safoning “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan “Afg‘on irodasi” maqolasidagi ba’zi tafsilotlar, xususan, 1979-yili sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga bostirib kirishi uchun e’lon qilingan rasmiy asoslar 2022-yil fevralida boshlangan qurolli mojaroning boshlanishi uchun ilgari surilgan rasmiy asoslarni eslatib yuboradi:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    Sharof Rashidov hayot bo‘lganida, 1992-yili 75 yoshga to‘lgan bo‘lardi. “O‘zbekiston ovozi” gazetasi yubileyga bag‘ishlab, bir sahifalik “Sharofnoma” nomli rukn tashkil qilgan. Unda Sharof Rashidovich bilan birga ishlagan kishilarning xotiralari, oddiy o‘zbekistonliklarning O‘zbekiston marhum rahbari haqidagi fikrlari berib boriladi. Masalan, Toshkent shahridan Xayrulla Nuriddinovning fikrlari:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    Gazetaning tojikistonlik mushtariylaridan biri esa Qashqadaryodagi tumanlardan biriga Sharof Rashidov nomini berishni taklif qilgan (oradan salkam 30 yil o‘tib, Rashidovning nomi u tug‘ilgan Jizzax viloyatidagi tumanlardan biriga berildi):

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 5-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda 100 ming kishilik namoyish, ishsizlik nimaligini tushuna boshlagan O‘zbekiston, Los-Anjelesda isyon. O‘zbek matbuoti 4-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Toshkent moxovzori o‘rnida qurila boshlagan kombinat, “Ozodlik” radiosi bilan ishlaydigan “Xalq so‘zi”, “Tashselmash”dan she’riy reportaj. O‘zbek matbuoti 1-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Sel va bo‘ronlar ichida qolgan O‘zbekiston, davlat tilini o‘rgatish — “milliy burchimiz”, Toshkentga elchi qilib jo‘natilgan Filipp Filippovich. O‘zbek matbuoti 30-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    05.05.2022, 07:30   Izoh (0)   59292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.