• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent moxovzori o‘rnida qurila boshlagan kombinat, “Ozodlik” radiosi bilan ishlaydigan “Xalq so‘zi”, “Tashselmash”dan she’riy reportaj. O‘zbek matbuoti 1-mayda nimalar haqida yozgan?

    “Kun matbuoti tarixi” loyihasi 2 va 3-may kunlari chiqmaydi, sababi — 1932, 1962 va 1992-yillarning 2 va 3-may kunlari markaziy gazetalar chop etilmagan. Loyiha materiallari 4-maydan boshlab avvalgidek har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Toshkent to‘qimachilik kombinati oldidagi mitingga yig‘ilgan odamlar. 1934—1940-yillar oralig‘ida olingan surat.

    Toshkent to‘qimachilik kombinati oldidagi mitingga yig‘ilgan odamlar. 1934—1940-yillar oralig‘ida olingan surat.
    Foto: Maks Penson / Tashkent Retrospective

    90 yil avval. 1-may, yakshanba

    1-may — Mehnatkashlar kuni, Sovet davlatining eng asosiy bayramlaridan biri. An’ana bo‘yicha, yangi obyektlar, yangi tarixiy natijalar aynan shu sanada topshiriladi, taqdim etiladi, e’lon qilinadi. “Qizil O‘zbekiston”dagi “Birinchi mayga tortiqlar” rukni ham shunday xabarlarga bag‘ishlangan:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 1-may sonidan lavha

    Yuqoridagi lavhada “To‘qimachilik kombinati qurila boshladi” degan xabar ham bor. Gazetaning keyingi sahifalarida ushbu gigant korxonaning nafaqat O‘zbekiston, balki Sovet Ittifoqi uchun qanday ahamiyat kasb etishi haqida maqola berilgan. Unda ta’kidlanishicha, kombinat avvallari shahar moxovlari yashagan “Moxovzor” degan manzilda qurilmoqda (hozirda kombinat o‘rnida turar joy majmualari, biznes markazlar hamda texnoparklar qurilmoqda).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 1-may sonidan lavha

    Umuman olganda, 1-may sovetlar davlati qanday yaxshi-yu, G‘arb qanday yomonligi haqidagi tashviqotni yanada kuchaytirish uchun yaxshigina bahonayu sababdir. “Hujjatlar tilidan” ruknida G‘arb davlatlarida harbiy xarajatlarga qancha pul ajratilyapti-yu, qancha odam ishsizligi haqida turli statistik ma’lumotlar berilgan (kim bilsin, bu ma’lumotlar qanchalik haqqoniy).

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-may sonidan lavha

    G‘arb naqadar “chirib ketgani”ni ko‘rsatish uchun, masalan, “Yosh leninchi”da: “Polshada bir dehqon 18 yoshli bolasini sotish uchun bozorga chiqargan. Bitta mushtumzor bu bolani bizning pulga 11 so‘mga sotib olib, shuni ikki yilda bo‘lib berib to‘lashni otasi bila shart qilgan”, degan xabar ham berilgan.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-may sonidan lavha

    1932-yildan beri o‘zgarmay kelayotgan yana bir tashviqot bor — “biz faqat tinchlikni istaymiz, siyosatimiz — tinchlikparvar siyosat, ammo G‘arbdagilar qo‘ymayapti, atrofimizni o‘z harbiylariga to‘ldirib tashlayapti, bunga javob qaytarmaslikdan o‘zga ilojimiz yo‘q, urushga tayyorlanishimiz kerak”. “Yosh leninchi”da bosilgan “Urush xavfiga qarshi kurash — jahon komsomolining eng muhim vazifasi” sarlavhali maqola bunga yaqqol dalil:

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-may sonidan lavha

    “Kapitalist mamlakatlarning qurolli kuchlari (1914—1918 yillardagi jahon urushidan keyingi) 13 yil mobaynida juda o‘sib ketdi. Misol uchun, beshta katta imperialist mamlakatlari — Fransiya, Angliya, Shimoliy Amerika Qo‘shma Jumhuriyatlari, Italiya va Yaponiyani olsak, bu mamlakatlardagi armiyalarning soni hatto rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1914-yilga nisbatan 200 ming kishiga ko‘pdir. SSSRning faqat G‘arb chegaralaridagina biz bilan qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarning qo‘shinlari, ular bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 575 ming kishidan iboratdir. Holbuki, SSSRning barcha chegaralarini mudofaa qila turgan qizil qo‘shinning umumiy soni 562 mingga barobardir”, — deyiladi maqolada.

    60 yil avval. 1-may, seshanba

    An’analar o‘sha-o‘sha — 1-may arafasida yirik obyektlar foydalanishga topshiriladi. Masalan, 1962-yilgi bayram arafasida: “Kecha, mehnat va bahor bayrami arafasida, Toshkent dengizining ijodkorlari katta g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Toshkent suv ombori qurib bitkazildi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-may sonidan lavha

    Chilonzorda esa — hovli to‘ylari. “Qizil O‘zbekiston”dagi “Hovli to‘ylarining keti uzilmaydi” materiali muallifi Xolqosimovning ta’kidlashicha, “Chilonzor — Toshkentning Cheremushkasi bo‘lib qoldi”. Ayni vaqtda, “respublikamizda chilonzorlar oz emas”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-may sonidan lavha

    Bayram munosabati bilan “Xalqlar o‘rtasida tinchlikni mustahkamlash uchun” xalqaro Lenin mukofotining yangi sohiblari nomi e’lon qilingan. Ular orasida, masalan, rassom Pablo Pikasso ham bor:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-may sonidan lavha

    Kayfiyat zo‘r, bayram axir — katta gazetalarda katta shoirlarning katta bayramga bag‘ishlangan katta she’rlari ham bosilgan. Masalan, “Qizil O‘zbekiston”da G‘afur G‘ulomning she’ri:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-may sonidan lavha

    “Yosh leninchi”da Maqsud Shayxzoda ijodidan namuna:

    “Yosh leninchi” gazetasining 1962-yil 1-may sonidan lavha

    Darvoqe, 1962-yilgi o‘zbek sovet jurnalistikasida she’riy reportaj janri ham bo‘lgan ekan — Quddus Muhammadiyning “‘Tashselmash’ azamatlari” sarlavhali ishini boshqacha atab bo‘lmaydi:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-may sonidan lavha

    1962-yildan yana bir qiziq xabar: “Marsda suv bor!”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-may sonidan lavha

    30 yil avval. 1-may, juma

    Asosiy mavzu — aprelning oxirida butun mamlakat bo‘ylab kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik, shamol va sel oqibatlarini bartaraf etish. Shu maqsadda prezident Islom Karimov Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bo‘lgan, gazetalar ushbu safar tafsilotlarini qisqacha bayon qilgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    Turkiya bosh vaziri Sulaymon Demirelning O‘zbekistonga, shuningdek, O‘rta Osiyoning boshqa respublikalariga tashrifi hamon e’tibordagi mavzulardan biri. “Xalq so‘zi” gazetasida “Jahon matbuoti Sulaymon Demirelning O‘rta Osiyoga safari haqida” sarlavhasi ostida sharh bergan. Qizig‘i, bu sharh “Ozodlik” radiosidan olingan — gazeta izohiga ko‘ra, materialni “radioning O‘zbekistondagi muxbiri Tohir Umarov taqdim etgan”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    Davlat tili haqidagi qonunni amalga oshirish bo‘yicha hukumat komissiyasi yig‘ilishida qonun talablarining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasida bajaralishi ko‘rib chiqilgan. Ta’kidlanishicha, “aviakompaniya boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Tarsukov o‘zbek tilini bilmagani holda aviakompaniyadagi til komissiyasining raisi qilib tayinlangan. O‘zbek tiliga va milliy kadrlarga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lish aviakompaniyaning ish uslubiga aylanib qolganligi, umuman, davlat tiliga e’tiborsizlik har qadamda uchrab turganligi jiddiy tashvish bilnan qayd qilindi. Majlisda aviakompaniya bosh direktori Rafiqov davlat tilini joriy qilish bo‘yicha... rus tilida axborot berganligining o‘ziyoq ko‘p narsani oydinlashtiradi” (oradan yillar, 30 yil o‘tsa-da, vaziyat jiddiy o‘zgargan deyish qiyin — xalq shoiri Erkin Vohidov 1998-yilda yozgan she’r hamon dolzarb).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    So‘nggi yangiliklardan biri, masalan, Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishidagi “SSSR 50 yilligi” bekatining nomi “Ulug‘bek” deb o‘zgartirildi — muxbirning yozishicha, nom o‘zgarishi bo‘yicha navbatda “Komsomol”, “Pushkin”, Maksim Gorkiy” stansiyalar turibdi (keyinchalik “Komsomol” “Milliy bog‘”ga (orada bir necha yil “Yoshlik” deb atalgan), “Maksim Gorkiy” esa “Buyuk Ipak yo‘li”ga aylandi).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    Yana bir xabar — Buxoro Rossiyaning Bratsk shahri bilan birodarlashgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    Bugun 1-may — Mehnatkashlar kuni-ku! Ha, shunday, lekin endi uni O‘zbekiston kommunistlarining sobiq gazetasi “O‘zbekiston ovozi”dan boshqa birov eslamagan:

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 1-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Sel va bo‘ronlar ichida qolgan O‘zbekiston, davlat tilini o‘rgatish — “milliy burchimiz”, Toshkentga elchi qilib jo‘natilgan Filipp Filippovich. O‘zbek matbuoti 30-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Toshkentda “Afg‘onistonga urush ochilarmish” degan vahima, O‘zbekistonni “chaqaloq” deb atagan Karimov, poytaxt aeroportini Chinozga ko‘chirish qarori. O‘zbek matbuoti 29-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Sharof Rashidov AQSH va NATOga qarshi, nomusga tekkanlik uchun o‘lim jazosi, Toshkentning “o‘lik suvi”. O‘zbek matbuoti 28-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    01.05.2022, 07:30   Izoh (0)   54165
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kilolik osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kilolik osmon jismi qanday topilgan edi?

    Dunyo | 19 iyun, 13:31

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22

    Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:11

    “Hech kim men nima qilishimni bilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 iyun, 13:09

    “AQSH qurollari Eron yerosti yadroviy obyektlarini yo‘q qila olmaydi” — amerikalik ekspert

    Dunyo | 19 iyun, 12:59

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    Magnum supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etmoqda

    O‘zbekiston | 19 iyun, 12:54

    Futbol mantiqlariga qarshi chiqqan Krishtianu Ronaldu

    Sport | 19 iyun, 12:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.