• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Rossiyadagi hayot — kompyuter o‘yini. Odamlar reallikka qaytishi kerak”. Vladimir Zelenskiy Kiyev metrosida katta matbuot anjumani o‘tkazdi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 23-aprel, shanba kuni Kiyevdagi Kreshatik markaziy metro bekatida katta matbuot anjumani o‘tkazdi. Mahalliy va xalqaro jurnalistlar ishtirokidagi anjuman qariyb ikki soat davom etdi. Meduza Zelenskiyning bayonotlaridan asosiy ma’lumotlarni taqdim qildi.

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Odessaga raketa hujumi haqida

    Pasxa (nasroniylar bayrami) kunlarimiz mana qanday o‘tmoqda. Bugun (23-aprel kuni) Odessaga yettita raketa uchib keldi, ikkitasini urib tushirdik. Raketa ko‘p qavatli uyga urilgan. Sakkiz kishi halok bo‘ldi, 18 yoki 20 kishi yaralandi. Uch oylik bola halok bo‘lgan. O‘sha go‘dak bir oylik vaqtida urush boshlangandi. Razillikning qo‘lansa hidi. Ularni yana nima deb atash kerak? Boshqa so‘z yo‘q. Bular Pasxa kunlarida bo‘lyapti! Ular nima haqida, qanday qadriyatlar, qanday rus dunyosi, qanday nasroniy dunyosi haqida gapirishyapti? O‘rta asrlar. Sevikli Odessaga, ular o‘zlari yaxshi ko‘rib tashrif buyuradigan “ona-Odessa”ga yettita raketa.

    Urush va uning istiqbollari haqida

    Bu urushni XXI asr yoki 1990-yillardagi urushlarning birortasi bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Rossiya tomonidan boshqa mustaqil davlatlar hududida olib borilgan urushlarning hech birida bunday halokat bo‘lmagan. Hech qachon bunchalik ko‘p og‘ir texnikadan foydalanish va bunday harbiy qo‘pollik — qiynoqlar, zo‘ravonliklar, zo‘rlashlar bo‘lmagan. Kelajak yo‘q qilinishidan xudo asrasin. Buni to‘xtatishda Ukrainaning ham hissasi bor – afsuski, bu ukrainaliklarning hayoti evaziga. Sizlarning mamlakatingiz (Zelenskiy bu gaplarni ozarbayjonlik jurnalistning savoliga javoban gapirgan) yanada ko‘proq yordam berishi kerak. Bizdagi “operatsiya”ni tugatishsa, ular sizning payingizga tushadi.

    Mening prezident sifatidagi pozitsiyam shunday: ular egallab olayotgan hamma narsani qaytaramiz. Bu 10—20 yil masalasi bo‘lmaydi. Kerakli qurol-yarog‘ga ega bo‘lishimiz bilan biz okkupatsiya qilingan narsalarni qaytarib olamiz. Umid qilamanki, bosib olingan shaharlarni qamaldan chiqaramiz. Ammo hozir bunga tayyor emasmiz. Mariupoldagi “Azovstal”ni himoya qilayotgan yigitlar, ularning komandirlari buni tushunib turibdi.

    Ukrainani kuch va bunday g‘ayriinsoniylik bilan mag‘lub etib bo‘lmaydi. Ular bizni nima qilishadi? Ular Kiyev viloyatida nima qilgan bo‘lishi mumkin? Hamma ulardan nafratlanadi. Bir paytlar natsistlar Yevropani bosib olishgan. Ular nimaga erishdi? Odamlar ularni yaxshi ko‘rdimi? Yo‘q. Ular boyib ketishdimi? Yo‘q, vaholanki ular butun Yevropani talon-taroj qilgandi. Ular faqat bir narsaga erishdi: jinoyatlarda ishtirok etmagan nemislarning butun keyingi avlodlari o‘zlarini tarix uchun aybdor his qiladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xalqaro tribunal haqida

    Ishonchim komilki, odamlar va bolalarni yo‘q qilishga buyruq berganlarning hammasi sudga tortiladi. Bu yillarni talab qilishi mumkin, lekin biz kutamiz. Biz kutmasak, bolalarimiz kutishadi. Bu tribunal qanday nomlanishi muhim emas. Asosiysi, qancha odamga uzoq yillar panjara ortidan joy ajratilishi.

    Ukraina va ukrainaliklar haqida

    Menimcha, ko‘pchilik ukrainaliklar mudofaa nuqtai nazaridan Isroilga o‘xshash davlatda yashashga tayyor. Boshqa tanlovimiz yo‘q. Biz allaqachon shunday davlatga aylanganmiz. Bu jang qilishni anglatmaydi, bu bizda eng kuchli va tajribali armiya bo‘lishini anglatadi.

    Odatda bobo va buvilarga uzoq umr, sog‘lik tilardik. Farzandlarga ham uzoq umr va salomatlik tilaydigan vaqt keladi, deb o‘ylamagan ekanman. Men hammaga imkon qadar o‘z farzandiga g‘amxo‘rlik qilishini tilayman. Farzandlaridan ayrilgan har bir kishining dardiga sherikman.

    Ukraina urushda g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qildi, deb o‘ylayman. Biz birlashganmiz va asosiysi bu birlik urush tugaguniga qadar va urushdan keyin ham saqlanib qolishi kerak. “Kuch” so‘zi jamiyatda ko‘ngilni aynitadigan refleks keltirib chiqarmayapti. Men esa bundan faxrlanaman. Birlashish bizning asosiy qurolimizdir. Harbiylar, milliy gvardiyalar, chegara qo‘shinlari, turli darajadagi hokimiyatlarni birlashtirish. Media-resursni birlashtirish, ommaviy axborot vositalari bugungi kunda ikkinchi kuchdir. Yevropadagilar menga ularda hali hech qachon bunchalik birlik kuzatilmaganini aytmoqda.

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Xorijiy davlat rahbarlarining Kiyev va Moskvaga tashriflari haqida

    Biz ayanchli selfilar tushadigan mamlakat emasmiz. Biz urush domidamiz. Keling, lekin biz sizdan so‘ragan yordam bilan keling. Biz hech kimdan o‘zida yo‘q narsani so‘ramaymiz. Germaniyaga aytyapmiz: sizda hozir o‘zingizga zarur bo‘lmagan narsa bor, lekin u bizga kerak, chunki bizda urush ketyapti.

    (Xuddi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish kabi) avval Rossiyaga, keyin Ukrainaga kelishni xato deb bilaman. Nima uchun? Bizga Rossiyadan signal yuborish uchunmi? Ko‘radigan nima bor u yerda? Jasadlar Kutuzovskiy prospektida (Moskva) yotgani yo‘q. Menimcha, avval Ukrainaga kelib, bu yerni ko‘zdan kechirib, keyin Rossiyaga borish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

    Agar gap siyosiy turizm haqida emas, balki yordam haqida ketayotgan bo‘lsa, albatta.

    Rossiya bilan muzokaralar haqida

    Men Vladimir Putin bilan muzokaralar tarafdoriman, chunki urushni boshlagan kishi uni tugatishi mumkinligiga ishonaman. Men urushni tugatmoqchiman. Diplomatik yo‘l bor, harbiy yo‘l bor. Har qanday sog‘lom odam diplomatik yo‘lni tanlaydi, chunki u minglab, balki millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin. Rahbar o‘z xohishi bilan diplomatik yo‘ldan voz kechishga haqli emas.

    Mariupoldagi xalqimiz yo‘q qilinsa, soxta respublikalarda soxta referendum e’lon qilinsa, Ukraina muzokaralardan chiqadi. Bu muzokarachilarning barcha uchrashuvlari yolg‘onga asoslangani va juda yomon aktyorlar rol o‘ynagan teatr sahnasi ekanini anglatadi.

    Putinga faqat Ukraina prezidenti sifatida savollarim bor. Ular hududiy yaxlitlik masalalari haqida. Bizning Donbassimiz, Qrimimiz buyog‘iga qanday yashaydi. Suhbat mazmunli, deyarli emotsiyali bo‘lgan bo‘lardi, harqalay hozir meni ko‘rib turganingizdek — hamma narsa bo‘lishi mumkin.

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Foto: Ukraina prezidenti ofisi

    Rossiya haqida

    Mustaqilligimiz avval boshdanoq faqat biz uchun – sivilizatsiyalashgan dunyo uchun muhim edi. Bizni Rossiyada hukumat darajasida hurmat qilishmasdi, jamiyatning katta qismi esa bizni mustaqil davlat deb hisoblamaydi, ular bizning mustaqillikka, demak, yashashga haqqimiz borligiga ishonmaydi.

    Tarix kitoblarida yangi so‘z paydo bo‘lmoqda — “rashizm”. Bu so‘z yangi, ammo mazmuni 80 yil oldingi (Ikkinchi jahon urushi davridagi) kabi. Shu 80 yil davomida qit’amizda bunday vahshiyliklar bo‘lmagan. Maktablarda kichkina bolalar o‘rnidan turib, o‘qituvchilarga rashizm va bu dahshatli tushunchaga qarshi ozodlik uchun kurashda kim g‘alaba qozongani haqida dars aytib bermoqda.

    Rossiya Turkiyadagi muzokaralar ortidan bildirilgan bayonotga dastlab ijobiy munosabat bildirgandi, keyin esa mamlakat ichidan yuqori darajadagi tanqidlarni eshitgan. Ma’lum bo‘lishicha, u yerdagi rasmiylar odamlarning miyasini shunchalik yuvganki, Rossiyaning o‘zi ham buni kutmagan. O‘ylaymanki, Ukrainaga bo‘lgan nafrat darajasidan o‘zlari ham hayratda qolgan.

    Rossiya Federatsiyasidagi hayot — bu kompyuter o‘yini, bu virtual voqelik. Nima bo‘layotganini bilmoqchi bo‘lgan odamlar undan chiqishi, 3D ko‘zoynaklarni yechishi, reallikka, go‘zal sivilizatsiya dunyosiga qaytishi kerak. Aynan yadro quroli sohasida yetakchi bo‘lish shart emas – siz “aytishniklar” soni bo‘yicha yetakchi bo‘lishingiz mumkin. Saraton kasalligiga davo topishingiz mumkin. Ularda pullarini va salohiyatini sarflash zarur bo‘lgan joy bor. U yerda iqtidorli odamlar bor.

    Rossiyada (urushga) norozilik bildirganlar unchalik ko‘p emas, afsuski. Ammo shu ozchilik bir kun kelib ushbu informatsion devorni yorib o‘tishimizga hissa qo‘shadi. Biz ularning qadamlarini ko‘ryapmiz. Ular aytadigan so‘zlar katta ahamiyatga ega — so‘zlar kuchli ta’sir o‘tkaza oladi, shuning uchun hukumat ulardan qo‘rqadi. Men ularga faqat sihat-salomatlik tilayman, chunki panjara ortida ularning holi ne kechishini tasavvur qilaman. Ular — Rossiyani qutqarishga hissa qo‘shgan odamlar.

    Mavzuga doir:

    • “Bu shunchaki urush emas. Vaziyat undan ham battar”. Vladimir Zelenskiy rossiyalik jurnalistlarga intervyu berdi
    • “Bu hech kimga ravo ko‘rilmas kechmishdir…”. Ukrainaning birinchi xonimi Olena Zelenskaya urush sabab yetim bo‘lgan bolalar, beva qolgan juvonlar, farzand dog‘iga chidolmayotgan onalar haqida intervyu berdi

    24.04.2022, 17:21   Izoh (0)   31001
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaga jo‘natilayotgan 8 mingga yaqin lyuks avtomobil sanksiyalar sabab Belgiya portida qolib ketdi

    24.04.2022, 15:54

    Bitta salonda 11 kishi. Ukrainaliklar yengil avtomobillarda uylarini qanday tark etmoqda? (foto)

    24.04.2022, 13:10

    Nigeriyada noqonuniy neftni qayta ishlash zavodi portlab ketdi. Hodisa oqibatida 100 nafardan ziyod odam halok bo‘lgan

    24.04.2022, 11:54

    Germaniya Ukrainadagi urush ta’sirini kamaytirish uchun qo‘shimcha 40 mlrd yevro qarz oladi

    24.04.2022, 10:11

    The Telegraph: Yevropa ittifoqining 10 ta mamlakati embargoni aylanib o‘tgan holda Rossiyaga 350 mln yevrolik qurol-yarog‘ sotgan

    24.04.2022, 09:52

    Polsha Ukrainaga 1,6 mlrd dollarlik harbiy yordam yetkazib bergan

    24.04.2022, 09:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremni to‘g‘ri tanlash va ishlatish haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 5 muhim fakt

    Layfstayl | 9 may, 16:30

    O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi

    O‘zbekiston | 9 may, 16:15

    Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi (foto)

    O‘zbekiston | 9 may, 15:57

    Suratga olish maydonchasida janjallashib, dushmanga aylangan Gollivud aktyorlari

    Layfstayl | 9 may, 15:55

    O‘zbekistonda 1-iyundan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 9 may, 15:40

    Pokiston hind samolyotlarini Xitoyda ishlab chiqarilgan qiruvchilar bilan urib tushirgan

    Dunyo | 9 may, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.