• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonlik imom-xatiblar Pensilvaniyada istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan uchrashdi

    Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi tashabbuslari bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya va Filadelfiya shahri (Pensilvaniya shtati)ga tashrif buyurdi va Ramazon oyiga bag‘ishlangan bir qator marosimlarda, jumladan, 800 kishilik iftorlik, tarovih va xatm namozlarida qatnashdi.

    Xususan, mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, iftorlik marosimi Filadelfiya shahrida joylashgan “Isabet Islom o‘quv markazi” qoshidagi maxsus binoda 800 dan ortiq vatandoshlar bilan birgalikda bo‘lib o‘tdi. Marosim avvalida O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobovning Ramazon oyi munosabati vatandoshlarga yo‘llagan tabrigi elchixona xodimlari tomonidan o‘qib eshittirildi. Ushbu tabrikda vatandoshlarimizni muqaddas Ramazon oyi bilan alohida tabriklagan holda, so‘ngi yillarda yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish uchun tarixiy ishlar amalga oshirilayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Yangi O‘zbekistonda demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umum e’tirof etilgan prinsiplarga qat’iy amal qilgan holda, davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy ildizlari mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.

    Bundan tashqari, vatandosh uyushmalar bilan ko‘p qirrali ishlar olib borilayotganiga alohida to‘xtalib, ular O‘zbekistonning AQSHdagi mavqeyini oshirish, millatimizning urf-odatlari va an’analarini saqlab qolish hamda yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirishga qo‘shib kelayotgan hissalari uchun tashakkur bildirildi.

    Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari tomonidan yurtimizda so‘nggi yillarda diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarimiz diniy erkinlarini ta’minlash yo‘lida tashkil etilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berildi. Hukumatimiz rahbari tomonidan bu kabi o‘zbek delegatsiyalarining turli davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan birgalikda Ramazon oyi tadbirlari amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

    Tadbir davomida Pensilvaniya shtatidagi vatandosh tashkilot rahbar va faollari so‘zga chiqib, ushbu safarni tashkillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratgan yurtboshimizga ezgu tilaklar tilab, mamlakatimiz tomonidan xorijdagi vatandoshlarimizga qaratilayotgan katta e’tibor haqida ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi “Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etilgani vatandosh uyushmalar bilan faol muloqot olib borish, ularni qo‘llab-quvvatlash va tarixiy vatan atrofida jipslashtirish uchun yangi imkoniyat ekanligi haqida so‘zlandi.

    Jumladan, Skyline realter kompaniyasi asoschisi va rahbari Akmal Xolboyev va Mubin Transportation kompaniyasi rahbari Abdurashid Muminov fiklariga ko‘ra, bu kabi tadbirlar xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun katta e’tibor belgisi ekanligini e’tirof etgan holda ushbu marosimlarni amalga oshirishda qo‘llab quvvatlagan O‘zbekiston prezidenti va mas’ul idoralar rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Ularning fikricha, kelgusida ham shu kabi tadbirlarni amalga oshirish vatandoshlarimiz uchun juda muhim bo‘lib, Amerikadagi yurtdoshlarimizni jipslashtirish, O‘zbekiston va Amerika xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Tarovih namozi ham aynan shu “Isabet Islom o‘quv markazi”da 600 dan ortiq musulmonlar ishtirokida o‘tkazildi. Ushbu diniy marosimda ma’ruza bilan chiqish qilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimlari, AQSH hududida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning yod g‘oya va turli diniy ekstremistik tashkilot va oqimlarga tushib qolmasliklari, O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan an’anaviy islomning afzalliklari haqida so‘zlab berildi. Yangi O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlariga qarshi kurash “Jaholatga qarshi ma’rifat” ulug‘vor g‘oyasi ostida amalga oshirilayotgani to‘g‘risida aytib o‘tildi. Farzand tarbiyasi, milliylikni, o‘zbek urf-odat va an’analar, madaniyati va qadriyatlarni saqlab qolish, muqaddas Ramazon oyida imkon qadat savobli amallarni bajarish kerakligi haqida ham alohida so‘zlashildi.

    Shuningdek, ushbu tadbirlarda qatnashayotgan vatandoshlarimizning xohish va istaklarini inobatga olgan holda savol va javob tariqasida davra suhbati ham tashkil etildi. Ushbu davra suhbati jarayonida Islom dini va boshqa dinlarning turli firqa, yo‘nalish va oqimlari AQSHda keng tarqalgan holda faoliyat olib borishini inobatga olgan holda, vatandoshlarimizga an’anaviy va fanatik Islomning farqlari, shuningdek, bizning yurtimizda mavjud bo‘lgan va buyuk allomalarimiz tomonidan mukammalashtirib kelingan an’anaviy Islomning asosiy urf odatlari va boshqa belgilari haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.

    22-aprel kuni marosimlarni tashkillashtirgan o‘zbek vatandosh jamiyatlari rahbarlari va a’zolari, Pensilvaniya shahridagi yurtdoshlar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi va diplomatik vakolatxona xodimlari ishtirokida saharlikka bag‘ishlangan alohida tadbir uyushtirilib, ushbu tadbir davomida vatandoshlarning yashash shart-sharoitlari, ehtiyojlari, ularni qiynayotgan muammolar va ularni birgalikda bartaraf qilish yo‘llari va boshqa mavzular yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

    Amaliy ruhda o‘tgan tadbirlar AQSHdagi diasporal tashkilotlari rahbarlari va faol vatandoshlar bilan hamkorlikdagi ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tarish, vatandoshlar o‘rtasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillarini jalb qilgan holda turli xil tadbirlarni tashkil qilish masalalari bo‘yicha fikrlar almashinib olindi.

    Shundan so‘ng vatandoshlarimiz, “Yurtdosh o‘zbek — Amerika assotsiatsiyasi”, “Pittsburgdagi o‘zbeklar jamiyati” tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan uchrashuvlar Filadelfiya shahrida bunyod etilayotgan yangi “Masjid Al-Buxori” islom markazi va masjidiga tashrif buyurildi. Hamyurtlarimiz iltimoslariga binoan imom xatiblarimiz masjid mehrobining tamal toshlarini qo‘yish marosimida ham qatnashishdi.

    Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra ushbu majmua nafaqat vatandoshlarimizning diniy ehtiyojlari qondiruvchi, xususan, nikoh o‘qish, janoza va boshqa diniy tadbirlarni o‘tkaziladigan maskan, balki Pensilvaniya shtatida og‘ir ahvolda qolgan hamyurtlarimiz uchun yordam beruvchi ijtimoiy tashkilot bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, vatandosh tashkilotlar vakillari ushbu markaz O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi va mahalliy politsiya, hukumat vakillari bilan aloqalarni o‘rnatib, vatandoshlarimiz duch kelayotgan muammolarni hal etishda tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimlari masjid barpo etish bilan bog‘liq o‘zlarining tegishli maslahatlarini berishdi va ushbu Islom markazi faoliyatini o‘zaro hamkorlikda olib borishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

    23.04.2022, 09:05   Izoh (0)   16893
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

    23.04.2022, 08:51

    Samarqandda fuqaroga hokimlik zaxirasidagi 0,4 gektar yerni olib berish uchun 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    23.04.2022, 08:30

    Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘liga rul boshqaruvini bergan ota jarimaga tortildi

    23.04.2022, 08:09

    O‘zbekistonga yilning birinchi choragida qariyb 1,5 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirildi

    23.04.2022, 07:50

    Yadroviy qurolli Qozog‘istonga murojaat, Buxoro amirining O‘zbekistondan surgun qilingan oqsoqoli, Pokistondagi harbiy asirlarni Toshkentga qaytarish masalasi. O‘z...

    23.04.2022, 07:30

    O‘zbekistonda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya va kafillik beriladi

    23.04.2022, 07:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Diyora Keldiyorova, suv tubiga sho‘ng‘igan Yulduz Usmonova, Murod Yo‘ldoshev bilan munosabatiga oydinlik kiritgan Manzur...

    Madaniyat | 15 iyul, 10:51

    Sudandagi reydda 300 ga yaqin odam o‘ldirildi

    Dunyo | 15 iyul, 10:44

    Moskva va Pxenyan o‘rtasida ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

    Dunyo | 15 iyul, 10:21

    “O‘zgidromet” 4 kun juda issiq havo bo‘lishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 10:08

    “Barselona” Luis Dias transferi bo‘yicha “Liverpul”dan chegirma kutmoqda

    Sport | 15 iyul, 10:06

    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

    Reklama | 15 iyul, 10:02

    Ishga bog‘liq emas: dushanba kuni insonlarda stressning kuchayishi ilmiy tasdiqlandi

    Ilm-fan | 15 iyul, 09:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.