O‘zbekistonga 2022-yilning 1-choragida 1,47 milliard dollar hajmida pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yanvar—mart oylarida amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga oshgan (1,42 milliard dollar).
Shu davrda tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan jami 2,11 milliard dollar miqdorida yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 38 foiz (585 million dollar) ko‘p xorijiy valyuta sotib olingan.
Tijorat banklari orqali jismoniy shaxslarga jami 1,73 milliard dollar miqdorida yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 69 foiz (709 million dollar) ko‘p xorijiy valyuta sotilgan.
Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda tijorat banklarida “Zolotaya Korona”, Western Union, Contact, MoneyGram, “Migom”, Unistream, RIA Money Transfer, “Aziya-Ekspress”, Intel Express, UPT kabi xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari xizmat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)