• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yadroviy qurolli Qozog‘istonga murojaat, Buxoro amirining O‘zbekistondan surgun qilingan oqsoqoli, Pokistondagi harbiy asirlarni Toshkentga qaytarish masalasi. O‘zbek matbuoti 23-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 23-aprel, shanba

    “Qizil O‘zbekiston”ning bugungi bosh maqolasi — “Pravda” gazetasida bosilgan “Paxta ekishga zarbdor sur’at va sifat” sarlavhali material tarjimasidir. Moskva gazetasi O‘rta Osiyo respublikalarida yer haydash va chigit ekish kampaniyasi sust, rejadan ortda qolgan holda olib borilayotganini tanqid qilgan. Xususan, bunday muhim pallada yerlarni haydash uchun nafaqat traktor kabi “Ovro‘pa texnikalari”dan, balki an’anaviy omoch, ot va eshakdan ham foydalanish zarurligini uqtirgan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Masalan, Tojikistonda ekinga tayyorlanish vaqtida Ovro‘pa asboblarini kirgizish yo‘lida ommaviy ish butunlay olib borilmadi. Natijada so‘qa omborlarda va omoch dalalarda bo‘ldi. Hozir haydov qizigan chog‘da ‘Omochga qarshi kurashga’ degan quruq shior maydonga otilmoqda. ‘Kommunist Tojikiston’ gazetasi shunday sarlavha ostida bosh maqola yozib, omochning ishlatilishiga qarshi chiqadi. Omochning har holda haydov ishida katta rol o‘ynay turgani to‘g‘risida bir so‘z ham yo‘q. Shu sababli, bir tomondan, Ovro‘pa dehqonchilik asboblarini kirgizish uchun, ikkinchidan, ‘omochga qarshi kurashuvga!’ shiori singari butun zapaslarning paxta maydonida g‘alaba qilish uchun safarbarlik qilinishini qiyinlashdira turgan ‘so‘l’ qingg‘ayishlarga qarshi kurashuv kerak”, — deyiladi maqolada.

    1930-yillardagi sovet gazetalariga xos tarzda, “Qizil O‘zbekiston”ning bu soni ham tanqidiy chiqishlar hamda “sovet davlati dushmanlari”ni fosh etishga bag‘ishlangan xabar va materiallarga to‘la. “Xonobod selposini quzg‘un bosdi” sarlavhali xabarda Qurama rayonidagi “selpo bag‘ridan joy olgan Haydarov, Sulaymonqulov, Eshonqulovlar” quzg‘unlarga o‘xshatiladi, dehqonlar uchun ajratilgan mahsulotlar ularning qo‘lidan nariga o‘tmayotgani qoralanadi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Bularning uylariga borib qolsangiz, toza sanoat mollariga ko‘zingiz tushib, esingizdan ketasiz. Bu ahvol kechirilmaslikdir. Haydarov, Eshonqulovlar Yangiobod qishloqlaridagi mashhur boylarning arzandasi bo‘lishiga qaramasdan, bular kimlarning yordami bilan eng muhim idoralarga joylanib olganlar... Umuman aytganda, Xonobod selposidagi bir qator achinarli ahvollar, yo‘qotilishi bilan selpo boshidagi quzg‘unlarga tezdan chora ko‘rilishi lozim”, — deyiladi ismi oshkor etilmagan muallifning xabarida.

    “Ko‘z bo‘yavchilar surgunga” sarlavhali xabar Buxoroning Losha qishlog‘ida 2-kolxoz raisi Madali Choriyev va sarkotib Juma Qurbonov ustidan o‘tkazilgan ochiq sud majlisi haqida. Ularning aybi — “yer haydash 100 foiz tamom bo‘ldi”, deb yolg‘on ma’lumot bergani. Sudda ularning boshqa qilmishlari ham sanab o‘tilgan. Masalan, “Choriyev... mushtumzor, ilgarida Buxoro amirining oqsoqoli bo‘lib kelgan. 10 yil bo‘yi batrak kuchidan foydalanib, ish haqi to‘lamagan Choriyev Muhamedov degan batrakning xotinini tortib olib, batrakning o‘zini o‘ldirgan... Choriyev ayblarining hammasini sud oldida kambag‘allar ochib berdilar... 154-uchastka xalq sudining sayyor sessiyasi Choriyevni 3 yil qamoqqa va undan keyin 2 yil muddat bilan O‘zbekistondan surgunga hukm qildi” (Choriyev, aftidan, faqat yolg‘oni uchun jazolangan — “qotil” deyilgan odam faqat surgun bilan qutulmas? Ehtimol, qotillik haqidagi ayblov tuhmatdir).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    Gazetada O‘zbekiston poytaxti uchun muhim e’lon berilgan. Unda Toshkentda 20-aprpeldan 20-mayga qadar uy-joylar ro‘yxatdan o‘tkazilishi aytiladi. Ta’kidlanishicha, “ro‘yxat natijasida olingan butun ma’lumotlar, jumladan, xalqning ayrim gruppalarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash masalasi Toshkent shahrining uy-joy qurilishi bo‘yicha besh yillik planini tuzish uchun asos bo‘lib, vodoprovod va kanalizatsiya qurilishi (ularni uylarga qo‘shuv) bobidagi vazifalarni yengillatajak”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    E’tiborga molik yana bir e’lon (afisha) bor, uning “Birinchi tovushli kinoning ochilishi” degan chorlovi yanada qiziq (ta’kidlash joiz, “Oltin tog‘lar” — sovet kinematografiyasidagi ovozli birinchi badiiy filmi hisoblanmaydi):

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-aprel sonidan lavha

    60 yil avval. 23-aprel, dushanba

    “Qizil O‘zbekiston” va “Yosh leninchi” kabi markaziy gazetalar 1962-yil 23-aprel, dushanba kuni chop etilmagan.

    30 yil avval. 23-aprel, payshanba

    “Xalq so‘zi” gazetasi xabariga ko‘ra, Oliy Kengashning Millatlararo munosabatlar, til va madaniyat qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekistonning yangi gerbi va madhiyasiga doir masalalar muhokama qilingan: “Qo‘mita raisi muovini Zinin O‘zbekistonning yangi davlat tamg‘asi loyihasi bo‘yicha fuqarolar fikrini o‘rganish natijalari haqida ma’lumot berdi... Maktub yozganlarning 91 foizi yangi davlat tamg‘asidagi musamman (sakkiz qirrali yulduz) ichidagi oy va yulduz tasvirini qoldirish fikrini bildirgan, 8 foizi esa musamman yulduz va oy tasvirisiz berilishi tarafdorlaridir”. Ta’kidlanishicha, qo‘mita yig‘ilishida “davlat tamg‘asining birinchi nusxasi bir ovozdan ma’qullandi,.. yangi madhiyaning musiqasini tayyorlash bo‘yicha tanlovni esa davom ettirish tavsiya qilindi”.

    Mavzuga doir:O‘zbekiston gimni “Serquyosh” deb boshlanmasligi ham mumkin edi. “Dohiyona musiqa”ning yaratilish tarixi va raqobatchi madhiyalar haqida

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    O‘zbekiston nafaqat gerbi va madhiyasini, balki alifbosini ham almashtirish ostonasida (aksiga olib, bu jarayon oradan 30 yil o‘tib ham to‘liq yakunlanmaydi). Yozuv masalasidagi muhokamalar qizigandan qizigan — mustaqil O‘zbekistonning mustaqil harflari qaysi alifboga asoslanishi kerak: lotinmi yo arab? (kirill qolaversin, degan gap yo‘q). Bir guruh faollar lotin deydi. Boshqa bir guruh esa arab imlosiga qaytish kerak, “axir bu Davlat tili to‘g‘risidagi qonunda ham ko‘zda tutilgandi-ku”, deb qarshi fikr bildiradi.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasida Oliy Kengashning Xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi, xalq deputati, akademik Po‘lat Habibullayev bilan intervyu berilgan. Suhbat asosan xorijdagi o‘zbek vatandoshlar bilan munosabatlar, shuningdek, turli sabablarga ko‘ra chet ellarda qolib ketgan vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida. Suhbatning e’tiborga loyiq birinchi jihati — qo‘shfuqarolik masalasiga doir (ushbu suhbat arafasida “turli yillarda o‘z Vatanini tark etgan vatandoshlarimiz afv etilib, ularga Vatanlariga kelish uchun keng yo‘l ochib beruvchi” Oliy Kengash qarori qabul qilingan, “ular xohlagan paytda paytlarida kindik qonlari to‘kilgan ona yurtlariga kelish huquqiga ega bo‘lishgan”).

    Muxbirning: “Huquqlaridan foydalanishlari bilan birga ular fuqarolikni ham qabul qilsalar kerak. Ya’ni, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishlari ham mumkin, to‘g‘rimi?”, degan savoliga, akademik Habibullayev shunday javob bergan: “Albatta. Yana bir tomoni shundaki, ular xorijiy mamlakatlarning qaysi birida fuqarolikni qabul qilgan bo‘lsalar, u saqlanib qoladi. Kelib bizda ikkinchi fuqarolikni olishlari mumkin”. Hozir, albatta, bunday emas — amaldagi qonunchilikka muvofiq, shaxs, jumladan, “ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa”, bu uning O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishi uchun asos bo‘ladi.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    Suhbatning ikkinchi qismi asosan 1979—1989-yillardagi Afg‘on urushi davrida asir olingan yoki bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarni (ularning soni ham kam bo‘lmagan va ular, boshqa safdoshlari bilan birga, saqlash joylarida isyonlar ham ko‘tarishgan) Vatanga qaytarish masalalariga qaratilgan:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    Afg‘onistonning o‘zida esa vaziyat hamon tushunarsiz, prezident Najibullo mamlakatdan qochganmi yo Kobulda yashiringanmi, bu haqda 1992-yil 23-aprelida ham aniq ma’lumot yo‘q. Ayni vaqtda, “Pokiston bilan Erondan olingan xabarlarga qaraganda, shu mamlakatlarning siyosiy rahbariyati Najibullo tuzumi ag‘darib tashlanib, Afg‘onistonda islom hukumati tuzilishini qo‘llab-quvvatlamoqda” (bu maqsadlar keyinchalik ham kuchda qolgan bo‘lsa, oradan salkam 30 yil o‘tib, ular ro‘yobga chiqibdi).

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    Xorijdan yana bir qiziq xabar: “NATO rahbariyati Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi respublikalarini yadro qurol-yarog‘larini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishga da’vat etdi. Bu, birinchi navbatda, Ukraina, Belarus va Qozog‘iston rahbarlariga qaratilganligi aniq. Chunki Hamdo‘stlikning xuddi shu respublikalaridagina hozir yadro qurol-yarog‘lari mavjuddir”. Ma’lumot uchun, bu uch respublika, xususan, Qozog‘iston 1992-yili Lissabon protokoliga qo‘shilgan va 1994—1996-yillar davomida barcha yadroviy qurol-yarog‘larini Rossiyaga topshirgan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 23-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Leninning tug‘ilgan kuni, Lenin haqida she’rlar, “Lenin sizga mushayt qilayaptimi?”. O‘zbek matbuoti 22-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Mirabror Usmonovning raddiyasi, Mirziyoyevning 1992-yilgi Turkiya safari, “ishlamagan tishlamaydi” tamoyilini olg‘a surgan Xrushchyov. O‘zbek matbuoti 21-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Oqdaryoni musobaqaga chaqirgan Qoradaryo, yana bir bor fosh qilingan Amerika razvedkasi, hotamtoy “Anvar-bank”. O‘zbek matbuoti 20-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    23.04.2022, 07:30   Izoh (0)   64542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.