“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh shu vaqtga qadar uchratgan eng kuchli darvozabonlar haqida fikr bildirdi.
Bittasini tanlay olmayman, shuning uchun to‘rt darvozabon nomini aytaman. Kasilyas, Buffon, Alisson va Noyer. Yana ko‘plab ajoyib posbonlar bor, bunga ishonaman, lekin ayni damda ularni yodga olomadim.Muhammad Saloh 2021/22-yilgi mavsum APLda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.Eng kuchlisini ajratib olish qiyin. Italiyada Buffonga qarshi o‘ynaganimda, u juda qoyilmaqom edi. Unga qarshi o‘ynaganingda aqlbovar qilmas hislarni tuyasan. Jiji futbolda erishish mumkin bo‘lgan barcha narsani qo‘lga kiritgan, uning faoliyati havas qilarli darajada.
Muhammad Saloh, “Liverpul” futbolchisi
Izoh (0)