Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo “Kruzeyro” egasiga aylandi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi klub bilan bitim imzoladi va boshqaruv a’zosiga aylandi.
Ronaldo 2021-yilning dekabr oyida o‘zi tarbiya topgan klubning 90% aksiyasini sotib olgandi. Bu kelishuv sobiq futbolchiga 70 million dollarga tushgan.
“Kruzeyro” Ronaldoga tegishli ikkinchi klubga aylandi. Braziliyalik, shuningdek, Isapniyaning “Valyadolid” klubiga ham egalik qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)