• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ularni Qatarda ko‘rmaymiz. JCh—2022 ga bormaydigan yulduz futbolchilar (2-qism)

    Qatar mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatida ishtirok etadigan jamoalarning deyarli barchasi aniq bo‘lib ulgurdi (hozirda faqatgina 3 ta mundial chiptasi qolgan). Bu, shuningdek, har to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasini o‘tkazib yuboradiganlar ham ma’lum deganidir. Yanvar oyida ham Qatarga bormaydigan yulduzlar haqida so‘z yuritilgan va bahorga borib ularning soni yana kengayishi aytilgandi. Shunday ekan, hozir bu mavzuni davom ettirishning ayni fursatidir. “Daryo” Qatar—2022 ni uyida tomosha qiladigan taniqli futbolchilar to‘g‘risida hikoya qiladi.

    Xoqon Chalxono‘g‘lu, Turkiya

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    So‘nggi mavsumlarda “Milan” va “Inter” safidagi nafis o‘yinlari bilan ko‘pchilikda iliq taassurotlar uyg‘otayotgan turkiyalik futbolchi butun saralash sikli davomida yorqin harakatlar ko‘rsatdi. “Inter” yarim himoyachisi aksariyat hollarda jamoasining joniga ora kirdi. Yevropa mintaqasi saralashi guruh bosqichida jamoa Niderlandiyadan keyin 2-o‘rinni egalladi va pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Pley-off yarim finalida turklarni Krishtianu Ronaldu boshliq Portugaliya kutib turgandi. Kutilganidek, o‘yin Portugaliyaning ishonchli g‘alabasi (3:1) bilan yakunlandi. Xoqon esa bahsda jamoasiga yordam berishning uddasidan chiqa olmadi. Buning sababi uning yaxshi sport formasida emasligi bilan izohlandi. Chalxono‘g‘lu 2026-yilgi JChga borib, 32 yoshda bo‘ladi, futbolchilarning “umri” uzayayotgani hisobga olinib aytilsa, unda hali mundialda to‘p surish imkoniyati mavjud.

    Zlatan Ibrahimovich, Shvetsiya

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Qarishni bilmaydigan taniqli hujumchilardan bo‘lgan Ibrahimovich ham Qatardagi Jahon Chempionatini tomoshabin sifatida kuzatadi. Ma’lum muddatlik tanaffusdan keyin terma jamoadan chaqiruv olgan 41 yoshli Zlatan saralash bosqichida jarohati sabab barcha uchrashuvlarda ishtirok etolmadi, o‘z hisobiga gol ham yozdirib qo‘ymadi. Shunga qaramay u jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Bunday futbolchining borligi, avvalo, jamoaning qolgan a’zolariga o‘zgacha ishonch bag‘ishlaydi.

    To‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasiga ega chiqa olmagan Shvetsiya pley-offning so‘nggi bosqichidagi ilk (yarim final) o‘yinida Polsha bilan to‘qnash keldi. Bu, shuningdek, Robert Levandovski va Ibrahimovich o‘rtasidagi qarama-qarshilik ham edi. Jahon futbolining ikki super yulduzidan biri hech narsasiz qolishi oldindan aniq bo‘lgan. Yakunda esa uloqni Leva boshchiligidagi Polsha olib ketdi.

    Alohida qayd etish kerak, bu Ibrahimovichning faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘lishi mumkin edi. Ammo oxirgi marta 2006-yilda JChda to‘p tepgan hujumchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi emas. Zlatan Polshaga mag‘lub bo‘lganidan keyin shunday dedi:

    “Hafsalamiz pir bo‘ldi, tushkunlikka tushdik. Ammo mag‘lubiyatga uchraganingizda bunday bo‘lishi tabiiy. Hamma Jahon Chempionatida qatnashishni, o‘ziga xos hislarni boshdan kechirishni istaydi. Afsuski, hozir bizda bunday imkon yo‘q. Terma jamoada o‘ynashda davom etaman deb umid qilaman. Sog‘ bo‘lsam, jamoaga yordam bera olsam, terma jamoada o‘ynashni xohlayman”.

    2026-yilga borib, Ibrahimovich 45 yoshni qoralab qo‘ygan bo‘ladi...

    Jorjinyo va Marko Veratti, Italiya

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    2021-yilning yozida o‘tgan Yevro—2020 da ko‘rsatilgan dominant o‘yin va g‘oliblikdan so‘ng aksariyat muxlislar qatori ekspertlar ham Apenin yarim oroli vakillaridan mundialda ham qit’a chempionatidagidan kam bo‘lmagan natija kutishini yashirib o‘tirmagandi. Ammo kutilmaganda, barchasi sensatsion darajada o‘zgarib ketdi. Roberto Manchini shogirdlari guruh bosqichida Shveysariyani o‘tkazib yuborgani kamdek, pley-offda Shimoliy Makedoniyaga yutqazib qo‘ydi. Jamoa bu to‘siqdan o‘tganida, g‘alabaga tashna Portugaliya timsolidagi oson bo‘lmagan navbatdagi sinovga duch kelardi. Italiya terma jamoasi esa o‘zining ham, muxlislarining asabi bilan ortiqcha o‘ynashmay Shimoliy Makedoniya to‘sig‘ida to‘xtab qo‘ya qoldi.

    Italiyaning mag‘lubiyati ruhiyatning futboldagi o‘rni nechog‘lik ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi. Hech bir kemtigi bo‘lmagan italyanlar (o‘ta) kuchli bosim ostida xuddi o‘zlari o‘ziga yutqazib qo‘ygandek.

    Jamoa tarkibi haqida gap ketganda ham barchasini ideal darajada deyish mumkin. Mintaqaning eng zo‘r darvozaboni, bir necha ming yillardan beri futbol o‘ynayotgandek taassurot qoldiradigan “dinozavr” (tajribali, burungi, eski ma’nolarida) himoyachilar. Oldingi chiziq vakillari haqida esa umuman gapirmagan ma’qul. Shu fonda ikki futbolchi yaqqol ajralib turadi. Bular Jorjinyo va Marko Veratti. Jorjinyoning o‘tgan Yevrodagi xizmatlari beqiyosdir, shuningdek, “Chelsi” bilan Chempionlar Ligasidagi qahramonlik ham uni allaqachon jahon darajasiga olib chiqib bo‘lgan. Veratti esa terma jamoadagi “qora” ishlardan tashqari, qovushmagan “PSJ”da Kilian Mbappega jo‘ra bo‘layotgan kam sonlilardan. Shunday ekan, Italiya termasi, xususan, bu ikki oltin boshning Qatarga bormasligi futbol muxlisi sifatida kishi ko‘nglini xira qiladi.

    David Alaba, Avstriya

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Klub miqyosida havas qilishga arziydigan darajada natijalarga erishgan Alabaning oyog‘idan har doim terma jamoasi chalib keladi. Avstriya termasida unga hamrohlik qiladigan darajadagi o‘yinchilarni topish ancha mushkul. Biroq bu safar Alaba mundialga har qachongidan ham ko‘proq yaqinlashgandi. Saralash guruhidagi muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay jamoa Millatlar Ligasi doirasidagi natija tufayli o‘tish o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

    Biroq Avstriya Uels to‘sig‘idan o‘ta olmadi, yanada aniqroq aytilsa, bunga Garet Beylning dubli yo‘l qo‘ymadi. “Real”da zaxira o‘rindig‘idan turishni istamaydigan Beylning termada umuman boshqa odamga aylanishini ham ko‘pchilik qabul qilib ulgurgan.

    Jahon futbolida yaxshigina nom qozongan Alaba faoliyatida hali biror marta ham Jahon Chempionatida qatnashmagan. Shu ketishda davom etsa, 29 yoshli himoyachiga bu nasib etmaslik ehtimoli ham ancha yuqori.

    Aleksis Sanches va Arturo Vidal, Chili

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Chili terma jamoasi favorit bo‘lmasa-da, o‘zi qatnashgan musobaqalarning deyarli barchasida o‘rtamiyonadan yuqoriroqda joylashib kelgan. Jamoaning o‘yini bilan kishini o‘ziga rom etib qo‘yadi, bahslar oldidan taxmin qilish ham qariyb imkonsiz ishdek. Lotin Amerikasi mintaqasini o‘ziniki qilib olgan Braziliya va Argentinadan keyin Urugvay bilan bir qatorda aynan Chili turadi.

    Jamoa saralash musobaqasining guruh bosqichida 7-o‘ringa qadar tushib ketdi. Chili guruh bosqichidagi oxirgi uch o‘yinning barchasida mag‘lubiyatga uchradi: Ekvador (0:2), Braziliya (0:4) va Urugvay (0:2).

    Terma jamoaning asosiy yulduzlari qatorida esa Aleksis Sanches va Arturo Vidalni ko‘rsatish mumkin, bu ikki futbolchi so‘nggi o‘n yil davomida nafaqat terma jamoada, balki Yevropada ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelgan. Har narsa ham kun kelib so‘ngani kabi bu ikki futbolchi ham jamoasini mundial sari yetaklay olmadi, yosh avlodning esa o‘zlaridan oldingilar darajasiga chiqishiga hali ancha borligi isbotlandi. Shu tariqa Chili ketma-ket 2-mundialni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

    Vidal mamlakati termasining muvaffaqiyatsizligini quyidagicha izohladi:

    “Bizning avlod ko‘p cho‘qqilarni zabt etdi, faxrlanadigan narsamiz bor. Yangi o‘yinchilar paydo bo‘lishiga va ular bilan yanada kuchli bo‘lishimizga ishonchim komil”.

    Vidal hozirda 34, Sanches esa 33 yoshda. Shunday ekan, ularni kelasi JChda kutmasa ham bo‘laveradi deyish adolatsizlik bo‘lmaydi.

    Muhammad Saloh, Misr

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    So‘nggi mavsumlar davomida nomi Messi va Ronaldudan kam tilga olinmagan futbolchilardan biri Muhammad Saloh ham Qatardagi mundialni tomoshabin sifatida kuzatadi. “Liverpul” yulduzi boshchiligidagi “fir’avnlar” ikki oy ichida Senegalga ikki marotaba penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Alam hissini ikki hissa oshiradigan jihat, har ikkala bahs bahosini ham hech nima bilan o‘lchab bo‘lmasdi. Birinchisida, Afrika Millatlar Kubogi bosh sovrini turgan bo‘lsa, ikkinchisida, mundial chiptasi.

    Pley-off bosqichi ikki o‘yindan iborat edi. Qohiradagi bahsda Misr minimal hisobdagi g‘alabani tantana qiladi. Javob bellashuvida xuddi shu ssenariy takrorlandi, faqat bu safar Senegal foydasiga. Shundan so‘ng jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qiladi. O‘tgan o‘yinda navbat yetib kelmagan Saloh omad lotereyasini boshlab beradi. Urinish muvaffaqiyatsiz amalga oshirildi. Bunda butun o‘yin va penalti tepilayotgan vaqtda ham futbolchilarning yuziga lazer nurlarini tushirgan muxlislarning ham “hissa”si katta, albatta. O‘yindan keyin ushbu masalalarda Misr terma jamoasi tegishli tashkilotlarga shikoyat ham qildi. Ammo bu narsa hech narsani o‘zgartirmasligini ularning o‘zi ham yaxshi biladi.

    Bundan oldingi mundial yo‘llanmasini vataniga sovg‘a qilgan Saloh bu safar qaysidir ma’noda antiqahramon rolida. Alamli juda.

    Hatto uning o‘yindan keyingi kiyim almashtirish xonasidagi nutqini xayrlashuvga yo‘yganlar ham topildi. “Kelajakda bu yerda bo‘lish yo bo‘lmasligimdan qat’i nazar sizlar bilan birga o‘ynaganimdan faxrlanaman. Bu men uchun sharaf edi”.

    Ro‘yxat kengayadi, yana

    Yuqorida qayd etilganidek, hali barcha ishtirokchilar nomi aniq bo‘lib ulgurgani yo‘q. Notinch vaziyat tufayli Ukraina pley-off yarim finalidagi o‘yinini o‘tkaza olgani yo‘q. Shotlandiya qarshi bahs iyun oyiga qoldirilgan. Ushbu bahs g‘olibi finalda Uels bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, biroz tushkunroq kayfiyatda bo‘lgan ro‘yxatdan Garet Beyl, Aaron Remzi (ikkisi ham Uels), Endryu Robertson, Skot Maktominey (ikkisi ham Shotlandiya), Ruslan Malinovskiy, Oleksandr Zinchenko (ikkisi ham Ukraina) o‘rin olishi mumkin.

    Mavzuga doir: Ularni Qatarda ko‘rmaymiz. JCh—2022 ga bormasligi aniq bo‘lgan yulduz futbolchilar

    13.04.2022, 23:50   Izoh (0)   83324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” “Xorazm”ga javobsiz 3 ta gol urdi, “Mash’al” Buxoro jamoasini yenga olmadi, “Qizilqum” “Neftchi” ustidan qiyin g‘alabaga erishdi

    13.04.2022, 20:01

    Timo Verner “Real”ga qarshi o‘yin haqida: “Mo‘jiza sodir bo‘lishiga 10 daqiqa qolgandi”

    13.04.2022, 19:18

    Marselo, Karim Benzema va yana uch futbolchi “Sevilya”ga qarshi o‘yinda “Real”ga yordam berolmasligi mumkin

    13.04.2022, 18:09

    Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasida Gvardiola va Mourinyoning rekordini takrorladi

    13.04.2022, 17:06

    “Yuventus” prezidenti 1 yilga, “Napoli” rahbari esa 11 oyga futboldan chetlatilishi mumkin

    13.04.2022, 15:28

    “Chelsi” Yevrokuboklarda “Real” maydonida 3 ta gol urgan ikkinchi ingliz klubiga aylandi

    13.04.2022, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.