• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Tracker’dan Porsche Taycan’gacha: yaqinlariga mashina sovg‘a qilgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida oila a’zolari hamda yaqin do‘stlariga qimmatbaho sovg‘a — avtomobil sovg‘a qilganlari bisyor. Quyida ana shunday saxiy mashhurlar haqida so‘z boradi.

    Rashid Xoliqov

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov 2020-yili nabirasi Emin dunyoga kelishi munosabati bilan kelini Fayruzaga Malibu Turbo, rafiqasiga esa BMW X7 rusumli qimmatbaho avtomobillarni sovg‘a qilgan. Xonandaning rafiqasi va keliniga qilgan ushbu qimmatbaho sovg‘alari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

    Mansur Agaliyev

    O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 56 yoshga to‘lishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev BMW X7 qimmatbaho avtomobilini sovg‘a qilgan.

    Sevara Soliyeva

    Sevara Soliyeva “Shok.uz” YouTube-kanaliga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i sovg‘a qilgan avtomobilni qaynotasiga bergani haqida so‘zladi.

    — Turmush o‘rtog‘im Nexia-3 avtomobilini sovg‘a qilgandi. Ammo uni o‘z ixtiyorim bilan qaynotamga sovg‘a qildim. Men-ku hali yoshman, piyoda yurish menga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qaynotam esa keksayib qolgan. Mendan ko‘ra ularga mashina ko‘proq kerak, — deydi Sevara Soliyeva.

    Alisher Botirov

    “Million” jamoasi a’zosi Alisher Botirov 2021-yili otasining tavallud kuni munosabati bilan unga Tracker avtomobilini sovg‘a qilgan.

    Sharof Muqimov

    2021-yilning 19-dekabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgan Sharof Muqimov ayoliga minnatdorlik bildirish maqsadida unga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan.

    — Ayolim o‘g‘limni dunyoga keltirganida unga syurpriz qilib Tracker avtomobilini sovg‘a qildim. Undan avval Spark sovg‘a qilgandim. Ayolga qancha ko‘p e’tibor berilsa, oila yanada mustahkamlanadi, — deydi xonanda Sharof Muqimov.

    Mitti vine — Farhod Mannopov

    Instagram foydalanuvchilariga qiziqarli vaynlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Farhod Mannopov onasining tavallud kuniga kutilmagan sovg‘a taqdim etgan.

    — Onajonimning tug‘ilgan kuniga mashina sovg‘a qilishni niyat qilgandim. Avvalo, shu kunga yetkazganiga shukr. Onajonimga Tracker avtomobilini sovg‘a qildim. Bundan juda quvondilar, — deydi vayner.

    Jahongir Xo‘jayev

    2022-yilning 10-mart kuni poytaxtdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida Sariq bola taxallusi bilan tanilgan aktyor Jahongir Xo‘jayev hamda aktrisa Asal Abdullayevaning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Jahongir Xo‘jayev to‘yi kuni otasiga qimmatbaho avtomobilni hadya qilgan.

    — Boshlovchilik qilgan to‘ylarimning birida kuyov otasiga mashina sovg‘a qilgandi. O‘shanda to‘yim kuni men ham dadamga shunday syurpriz qilaman, deb niyat qilgandim. To‘yim kuni ana shu niyatim amalga oshdi, — deydi Jahongir Xo‘jayev.

    Yigitali Mamajonov

    2022-yilda aktyor Yigitali Mamajonov rafiqasi Muqaddas Sa’dullayevaning bir necha yillik orzusini amalga oshirib, unga avtomobil sovg‘a qildi.

    Muqaddas Sa’dullayeva Instagram kuzatuvchilari bilan xursandchiligini bo‘lishar ekan, anchadan buyon Hyundai Elantra avtomobiliga havas qilib yurganini aytib o‘tdi. “Endi uch bola bilan ko‘chaga chiqishga qiynalmayman”, — deydi aktrisa.

    Dilfuza Ismoilova

    “Toshkentning sho‘x qizi” deya e’tirof etiluvchi Dilfuza Ismoilova “Al media” YouTube-kanaliga bergan intervyusida shu kungacha 22 ta mashinani hadya qilib yuborganini aytib o‘tgandi. Intervyudan so‘ng kenja qudasining tavallud kuniga ham Spark avtomobilini sovg‘a qildi.

    — Ba’zi boylar begonalar tugul yaqinlariga ham yordam bermaydi. Mashina sovg‘a qilganimni maqtanish uchun aytmayman. Shunchaki, puli bor odamlarda boshqa insonlarning haqqi borligini bilishlarini xohlayman, — deydi xonanda Dilfuza Ismoilova.

    Dilso‘z

    Oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan xonanda Dilso‘z ham onasining tavallud kuniga kutilmagan sovg‘a tayyorlagan.

    Xonanda Dilso‘z onasining 56 yoshga to‘lishi munosabati bilan  “Navro‘z” bog‘ida kichik marosim o‘tkazgan. Onasiga qora rangdagi  Spark avtomobilini sovg‘a qilib, “Ona, sizni yaxshi ko‘raman” qo‘shig‘ini kuylagandi.

    Kaniza

    Hamisha muhokamalar markazida bo‘ladigan xonanda Kaniza bir necha yildan buyon uning jamoasida faoliyat yuritayotgan Sevara ismli ma’muriga kutilmagan hadya berdi. Ammo ba’zi Instagram kuzatuvchilari uni navbatdagi piar deb hisoblashdi.

    Xonanda Kaniza ma’muri Sevaraga Ramazon oyi munosabati bilan Gentra avtomobilini hadya qildi.

    Nodir Zoitov

    Sozanda va xonanda Nodir Zoitov otasini avtosalonga olib borib, unga kutilmagan tuhfani taqdim etgan.

    O‘sha kuni Nodir Zoitovning otasi tug‘ilgan kunini nishonlayotgan edi. Xonanda shu kunning o‘zidayoq otasiga atalgan yangi qo‘shig‘ini ham premyera qilgan.

    Azamat Ahrorov

    Azamat Ahrorov esa Tashkent City’da otasiga yangi mashina kalitini topshirgan.

    Aktyor va rejissor Azamat Ahrorov otasining 65 yoshni qarshilashi munosabati bilan unga Gentra avtomobilini sovg‘a qildi.— Bu kunni uzoq kutganman. Har bir erkakka otasiga mashina sovg‘a qilish nasib etsin. Bu otamga kichik o‘g‘lidan, kichik tuhfa bo‘ldi, — deydi Azamat Ahrorov.

    Munisa Rizayeva

    Xonanda Munisa Rizayeva esa singlisining tug‘ilgan kuniga qimmatbaho oq “toychoq” taqdim etgan.

    U dadasi bilan birga singlisi Karima Rizayevaning tug‘ilgan kuniga Porsche Taycan avtomobilini sovg‘a qilgan. Bu qimmatbaho avtomobilning narxi 80 000 ming dollardan boshlanadi.

    Mavzuga doir:

    • BMW X7, Toyota Prado, Hongqi: O‘zbek shou-biznesi vakillari qanday avtomobillarni boshqaradi? (foto)
    • Xonanda Madina Mumtozga Malibu avtomobilini sovg‘a qilishdi (video)
    • Shahzoda Muhammedovaga turmush o‘rtog‘i Equinox avtomobilini sovg‘a qildi (video)
    • Mercedes, Lamborghini va Range Rover: Rossiyalik mashhurlarning qimmatbaho avtomobillari (foto)
    • Rossiya estradasi qiroli Filipp Kirkorovning garajiga ko‘z yugurtiramiz: Xonanda qanday mashinalarni xush ko‘radi? (foto)

    13.04.2022, 15:46   Izoh (0)   45494
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Devid Bekhem o‘g‘lining to‘yiga Jaguar XK120 elektromobilini sovg‘a qildi (foto)

    13.04.2022, 13:58

    50-yillarning Ferrari’sidan cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan Bugatti’gacha. Krishtianu Ronalduning garajidagi mashinalar

    12.04.2022, 23:42

    Italiyada Alisher Usmonovning 670 ming dollarlik zirhli Mercedes-Maybach mashinasi musodara qilindi

    31.03.2022, 21:14

    O‘zbekistonda oyiga nechta “inomarka” sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

    17.03.2022, 18:14

    O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi keskin ko‘tarildi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

    17.03.2022, 17:13

    UzAuto Motors avtomobillarining yangi narxlari e’lon qilindi

    03.03.2022, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Laylo, Rahmatilla Mirzayev va qotillik qurboni bo‘lgan boshqa o‘zbekistonlik mashhurlar

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:55

    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

    Reklama | 4 avgust, 16:30

    Dubayda birinchi virtual oila yaratildi (video)

    Dunyo | 4 avgust, 17:45

    Ulug‘bek Qodirov 42 yoshda: aktyor mashhurlik cho‘qqisida nega AQSHga ketgandi?

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:35

    Davlat byudjetiga qaysi soliq turi eng ko‘p daromad keltirayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 17:25

    “Chelsi” “Barselona”ga Fermin Lopes uchun Kristofer Nkunkuni taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 17:17

    Toshkentda 2 nafar shaxs tashkilot idorasidan ichida 560 ming AQSH dollari bo‘lgan seyfni o‘marib ketdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 17:15

    600 nafar isroillik sobiq amaldor Trampdan G‘azo urushini to‘xtatishda yordam so‘radi

    Dunyo | 4 avgust, 17:00

    O‘zbekiston AQSHdan paxta sotib olishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.