Xonanda Madina Mumtozga Malibu avtomobilini sovg‘a qilishdi (video)
U kutilmagan sovg‘adan yig‘lab yubordi
1 daqiqa o‘qish332 396 ko‘rishlar0 izoh0
Yaqinda uchinchi marta ona bo‘lgan xonanda va aktrisa Madina Mumtozga turmush o‘rtog‘i Malibu avtomobilini sovg‘a qildi.
“Ko‘chamizga ‘sirena’lar bilan avtomobillar kirib kela boshlaganida, mahallaga kelin-kuyov kelyapti deb o‘yladim. Ko‘chaga chiqsak, evakuatorda yangi bantikli oppoq mashina turibdi. Qaysidir qo‘shnimizga kimdir sovg‘a qilibdi, deb o‘yladim. Qarasam, atrofda hamma meni videoga olyapti. Hech narsaga tushunmasdan sekin yurib bordim. Xo‘jayinim bu mashina sizga, dedilar va o‘zlari boshqa joyga o‘tib ketdilar. Ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay qoldim, ko‘zlarim yoshlandi. Doim shunaqa kutilmagan sovg‘a qilib yuradilar. Allohning menga bergan inoyati — bu turmush o‘rtog‘im”, — deya hissiyotlarini izhor etadi Madina Mumtoz.
Mavzuga doir: