• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    50-yillarning Ferrari’sidan cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan Bugatti’gacha. Krishtianu Ronalduning garajidagi mashinalar

    “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning avtomobillarga bo‘lgan ishtiyoqi qanchalik darajada yuqori ekanligi barcha ma’lum. Fevral oyida futbolchining qaylig‘i Jorjina Rodriges haqidagi realiti-shouda Ronalduning garajiga ham sayohat qilindi.

    Foto: Instagram

    Zamonaviy superkarlar joylashgan avtopark istalgan “temir arava”lar shaydosini o‘ziga rom etishi aniq. U yerda umumiy qiymati 20 million yevrodan ko‘proq bo‘lgan 18 ta mashinadan iborat kolleksiyani ko‘rish mumkin.

    Kollaj: “Daryo” / “Sports.ru”

    Ronalduning eng qimmat superkari qiymati 10,1 million yevro bo‘lgan Bugatti Centodieci hisoblanadi. Krishtianu uni 2020-yilning yozida “Yuventus”ning A Seriyadagi g‘alabasi sharafiga xarid qilgan.

    Bugatti Centodieci — cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan rusumdir. Fransiya kompaniyasi brendning 110-yilligi munosabati bilan ushbu mashinalardan atigi 10 dona ishlab chiqargan. Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 380 kilometrni tashkil qiladi. U 2,4 soniya ichida 100 km/soat tezlikka chiqa oladi.

    Foto: Bugatti

    CR7 ning eng arzon aravasi esa atigi 40 ming yevro turadi. Krishtianu Chevrolet Camaro’da asosan onasi bilan sayr qilishni ma’qul ko‘radi.

    Foto: Instagram

    Uning sevimli avtomobili Rolls-Royce Cullinan. U bu haqida 2019-yilda bergan intervyusida aytib o‘tgan: “Bu mashinada qancha yursangiz ham belingiz og‘rib qolmaydi. Aksincha, bunday mashinada undan qutulasiz. Shunchaki ideal”.

    Foto: Instagram

    To‘plamdagi barcha mashinalar ham Krishtianuning shaxsiy xaridlari emas. Ular orasida sovg‘alar ham topiladi — masalan, Mercedes G-Wagon Brabus. Bu “toychoq”ni unga qaylig‘i Jorjina 2020-yilda suyuklisining 35 yoshga to‘lgani munosabati bilan sovg‘a qilgan. Ronaldu mashinalar borasida kamtarlik qilib o‘tirmaydi. O‘shanda u quvonchini Instagram’da baham ko‘rgandi: “Sevgilim, ajoyib syurpriz uchun rahmat”.

    Foto: Instagram

    Jorjina 2022-yilda ham qaylig‘ini e’tiborsiz qoldirmadi. U Krishning 37 yoshga to‘lishiga atab, Cadillac Escalade (150 ming funt) hadya qildi.

    Foto: Twitter

    Ronining parkidan uchta Ferrari o‘rin olgan, ulardan birini u 2021-yilning may oyida xarid qilgan va bu o‘ziga xos shov-shuvlarga ham sabab bo‘lgandi. Ronaldu “Yuventus”ning “Milan”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:3) darhol mashinani olib kelishga ketib qoladi. Krishning mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishi esa jamoadoshlarini g‘azablantiradi. Qizig‘i, Ferrari bazasiga parvozda unga “Yuve” prezidenti Andrea Anyelli hamrohlik qiladi.

    Foto: Instagram

    Ronaldu u yerda Formula-1 jamoasi rahbari va poygachilar bilan uchrashib, ularga o‘z nomi yozilgan futbolkalarni topshiradi. Shuningdek, futbolchi zavodga ham tashrif buyurib, Ferrari Monza SP1’ni qabul qilib oladi.

    Foto: East News

    Ushbu modelning seriyali ishlab chiqarilishi 500 nusxa bilan cheklangan. Aynan ushbu rusum Zlatan Ibrahimovichda ham mavjud.

    Ushbu Ferrari o‘tgan asrning 50-yillardagi 750 Monza va 860 Monza formulali avtomobillaridan ilhomlanib ishlab chiqarilgan. To‘plam odatda maxsus kiyimlar to‘plami bilan jihozlanadi: poyga kombinezoni, dubulg‘a, qo‘lqoplar, sharf va poyabzal. Barchasi — o‘sha davr poygachisi qiyofasini qayta tiklash uchun. Superkar 810 ot kuchi va kuchli V12 dvigateliga ega, biroq uning asosiy xususiyati — old oynasining (“lobovoy”) yo‘qligida.

    Ronaldu faoliyatining boshida mashinalar ishqibozi bo‘lmagan

    Ronalduning hayotidagi birinchi mashina, albatta, o‘yinchoq bo‘lgan, biroq portugaliyalikni bunday narsalar bilan aldash mushkul edi. Futbolchining yaqinlari shunday eslaydi: “Bayramlarning birida unga pult bilan boshqariladigan mashina sovg‘a qildik, ammo bu uni xursand qilish uchun yetarli bo‘lmadi. U hech qanday munosabat bildirmadi, butun vujudi futbol bilan to‘la edi”.

    2017-yilda ispan ommaviy axborot vositalari Krishtianuning Portugaliya televideniyesiga bergan birinchi intervyusini topishning uddasidan chiqadi. O‘shanda uning qo‘lida “Oltin to‘p” o‘rniga ko‘p martalik metro chiptasi bor edi, xolos, boisi bor pulini onasiga jo‘natardi. Mashinalardagi uni qiziqtiradigan yagona jihat, qizil chiroqdan qo‘zg‘algan vaqtda ular bilan tezlik borasida raqobatlashish edi. Shuning uchun 2008-yilda, reklama roligi uchun Ronaldu Bugatti bilan musobaqalashganida, futbolchi uchun ssenariyni oldindan o‘qish shart emasdi.

    Biroq Ronaldu 2003-yilda “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishi bilan hammasi o‘zgarib ketdi. Krishtianu faoliyatini minilgan Audi A3 mashinasidan boshlagan, keyinroq paparatssilar uni shahar bo‘ylab Porsche Cayenne va BMW M6’da (o‘shanda 86 ming funt sterlingga baholangan) yurganini payqab qoladi. U vaqtlar Ronaldu endigina garajini to‘ldirishni boshlagandi. Ko‘p o‘tmay “Yunayted” bazasidagi avtoturargohda Roniga tegishli 140 ming funtlik yangi Bentley GT Speed ​​paydo bo‘ladi.

    Foto: Abacapress

    Shundan keyin esa Krish mashinalarga tamomila mukkasidan ketdi: yangidan yangi nusxalar deyarli har yili, ba’zida esa bundan ham tez muddatda qo‘shilishda davom etmoqda.

    Ronaldu Lamborghini Aventador LP 700-4 avtomobili bilan

    Ronaldu Lamborghini Aventador LP 700-4 avtomobili bilan
    Foto: Instagram
    12.04.2022, 23:42   Izoh (0)   45775
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Italiyada Alisher Usmonovning 670 ming dollarlik zirhli Mercedes-Maybach mashinasi musodara qilindi

    31.03.2022, 21:14

    O‘zbekistonda oyiga nechta “inomarka” sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

    17.03.2022, 18:14

    O‘zbekistonda avtomobillar sotuvi keskin ko‘tarildi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

    17.03.2022, 17:13

    UzAuto Motors avtomobillarining yangi narxlari e’lon qilindi

    03.03.2022, 17:22

    UzAuto Motors ommabop modellarining shartnomalarini yangilaydi

    03.03.2022, 16:41

    Minglab Ford yo‘ltanlamas mashinalari ochiq osmon ostida mikrosxemalar kelishini kutmoqda

    28.02.2022, 18:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ulug‘bek Qodirov 42 yoshda: aktyor mashhurlik cho‘qqisida nega AQSHga ketgandi?

    Shou-biznes | 4 avgust, 17:35

    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

    Reklama | 4 avgust, 16:30

    Davlat byudjetiga qaysi soliq turi eng ko‘p daromad keltirayotgani ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 17:25

    “Chelsi” “Barselona”ga Fermin Lopes uchun Kristofer Nkunkuni taklif qildi

    Sport | 4 avgust, 17:17

    Toshkentda 2 nafar shaxs tashkilot idorasidan ichida 560 ming AQSH dollari bo‘lgan seyfni o‘marib ketdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 17:15

    600 nafar isroillik sobiq amaldor Trampdan G‘azo urushini to‘xtatishda yordam so‘radi

    Dunyo | 4 avgust, 17:00

    O‘zbekiston AQSHdan paxta sotib olishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 avgust, 16:45

    “Onkologik bemorlarda palliativ yordam ko‘rsatishni yanada kengaytirishimiz lozim” — mutaxassis

    Salomatlik | 4 avgust, 16:38

    “Real” Makallister va Fernandesh transferi uchun 100 mln yevro sarflaydi

    Sport | 4 avgust, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.