Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o‘yinida “Liverpul” “Benfika” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu o‘yindagi g‘alabadan so‘ng mersisaydliklar klub rekordini qayd etdi. “Liverpul” o‘z tarixida ilk bor barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 8 ta safar o‘yinida g‘alaba qozondi.
Jamoa 1984-yildan beri ilk bor Chempionlar Ligasida qatorasiga 5 ta safar o‘yinida g‘olib bo‘ldi. Bundan tashqari jamoa joriy mavsum YChL safar o‘yinlarining barchasida ikki va undan ortiq gol urdi.
“Qizillar”ning “Benfika”ga qarshi javob o‘yini 14-aprel sanasida “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)